Sezgilari psixik faollikka ega bo'lgan, atrofda bo'layotgan vazifalarga tez munosabatini bildiruvchi, taassurotlarni hadeb o'zgartirishga intiluvchi, ko'ngilsizliklarni engil o'tkazib yuboruvchi, jonli, harakatchan, ifodali mimikasi va harakatlari bo'lgan insonlarga sangvinik deyiladi.
M elanxolik temperament (g`amgin, ta'sirchan)-hissiyotning sekin, lekin kuchli qo'zg`aluvchanligi va barqaror bo'lishi bilan farqlanadi. Melanxoliklar barqaror, davomli kayfiyatga moyil bo'lib, bu tur odamlar sustkash bo'ladilar. Bu temperament egalari ishga birdan kirishmasligi mumkin, lekin kirishganda ham boshlagan ishini ohiriga etkazadi. Ular bir narsadan hafa bo'lsalar bu hafalik uzoq vaqt davom etadi, barqaror bo'ladi. Melanxolik tipidagi insonlarning asab jarayonlari kuchsiz bo'lib, tormozlanish jarayoni qo'zg`alish jarayonlaridan ustun turadi. Tez hayajonlanadigan, ta'sirchan, yoqimli yoki yoqimsiz hislarni chuqur qabul qiladigan va muloqot davomida sekin gapiradigan insonlardir. Ularning asab tizimlari zaif, har narsaga e'tiborli va ehtiyotkor bo'lishadi.
MЕLANXOLIK
Ta'sirchan, chuqur kechinmali, gap ko'tara olmaydigan, ammo atrofdagi voqealarga unchali e'tibor bermaydigan, o'zini to'htata oladigan va sekin ovoz chiqaradigan insonlar melanholiklar deb ataladi .