“TEMURNOMA” ASARINING GENDEROLINGVISTIK XUSUSIYATLARI Til kishilar o‘rtasida eng muhim aloqa vositasi sifatida ijtimoiy mohiyat kasb etadi. Demak, u boshqa ijtimoiy hodisalar bilan uzviy aloqadadir. Shu bois ham u xalqning dunyoqarashi, o‘tmishi, madaniyati, ruhiyati kabi masalalarni o‘rganuvchi falsafa, tarix, etnografiya, sotsiologiya, psixologiya, etika kabi fanlar bilan bog‘liq. Bu bog‘liqlik natijasida tilshunoslikda bir qator oraliq yo‘nalishlar – mentalingvistika, etnolingvistika, sotsiolingvistika, psixolingvistika, neyrolingvistika kabi yangi fan sohalari vujudga keldi. O‘zbek tilshunosligida ham bunday yondashuvlarning kurtaklari mavjud bo‘lsa-da, gender lingvistikasi yo‘nalishi bo‘yicha jiddiy tadqiqot ishlari amalga oshirilmagan. Gender lingvistikasi nafaqat sotsiolingvistika, psixolingvistika, balki tilshunoslikning barcha yo‘nalishlari bilan bir qatorda inson, kishilik jamiyatini o‘rganadigan boshqa fanlar uchun ham qiziqish kasb etadi. xotin-qizlarni tom ma’noda yangi, demokratik tamoyillarga asoslangan fuqarolik jamiyatining teng huquqli bunyodkoriga aylantirish yo‘lida insoniyat ma’naviyati xazinasiga, aniqrog‘i, G‘arbdagi xotin-qizlarning harakati natijasida gender nazariyasi vujudga keldi. Amalda jinsiylikka qarshi kurash BMTning “Xotin-qizlarni kamsitishning barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi konvensiya”sida (1979) ham e’lon qilingan [26, 282]. Gender – inglizcha “gender” – “zot” so‘zidan olingan bo‘lib, jins tushunchasini fiziologik voqelik ustqurmasi bo‘lgan ijtimoiy qurilma sifatida belgilaydi[12,155]. Gender tushunchasining kiritilishi eng umumiy ma’noda ikki tushuncha – biologik va ijtimoiy jins tushunchalarini farqlashga yordam beradi. Kundalik hayotimizda jins bilan bog‘lanmagan ko‘plab tushunchalar “erkaklarga xos” yoki “ayollarga xos” deb hisoblanadi. “Erkaklarga xos” yoki “ayollarga” xos tushunchalarni aniqroq farqlash uchun “feminlik” (ayollik) va “maskulinlik” (erkaklik) tushunchalari qabul qilingan. Sofiya Babayan bu haqda: “Gender ijtimoiy tushuncha. Ayol yoki erkakning benuqson timsoli berilgan, xronologik va geografik muhit rang-barangligi, milliy an’analari, etnopsixologiyasi, dini, tarixi va milliy mentaliteti va boshqalarda ifodalanadi” – deb yozadi. Gender lingvistikasi sohasidagi ilmiy tadqiqot ishlarida kattalar nutqi, o‘smirlar nutqi, bolalar nutqiga e’tibor qaratilgani holda, ayol va erkaklar nutqi, o‘g‘il bolalar va qiz bolalar nutqi, badiiy asarlardagi gender munosabat borasidagi farqlanishlar; ijtimoiy rollar, faoliyat shakllarining bo‘linishi, xatti-harakat va individlarning psixologik tavsiflaridagi farqlar nazarda tutiladi. Erkak va ayollar nutqining yuzaga kelishida ularning psixologik xususiyati, yoshi, kasb-kori, ijtimoiy kelib chiqishi va oilaviy muhiti alohida ahamiyat kasb etadi. Shu jihatdan gender lingvistikasi doirasida neyrolingvistik tadqiqot yo‘nalishini belgilash hozirgi davr tilshunosligining dolzarb muammosi hisoblanadi. Tilshunoslikda an’anviy tahlil usullarida kuzatishlar olib borilishi bilan birgalikda, uni sotsiologiya, psixologiya hamda boshqa fanlar bilan bog‘lovchi yangi tahlil usullariga qiziqish kuchaymoqda. Bu tahlil usullari bilan bog‘liq tilshunoslikda yangi zamonaviy yo‘nalishlar paydo bo‘lmoqda. Ana shunday yo‘nalishlardan biri – lingvogenderologiyadir. Bu fanning tadqiq manbai – tilning gender xususiyatlarini o‘rganish bo‘lib, bunda ikkita masala: ayollar va erkaklar nutqining tafovutlari hamda o‘ziga xos xususiyatlari; til tizimida erkaklik va ayollik belgilari bilan bog‘liq tushunchalarni ifodalovchi til birliklariga e’tibor qaratiladi. Diskursning gender xususiyatlari haqida gap ketganda ayollar va erkaklar nutqida qo‘llaniluvchi leksemalarni qiyoslash ham alohida ahamiyat kasb etadi. Tilshunoslarning kuzatishlaricha, tildagi yangilanish jarayonlari ayollarga nisbatan erkaklar tomonidan tez qabul qilinib, ilmiy va kasb-hunarga oid yangi leksemalar erkaklar nutqida ko‘proq va faolroq qo‘llanilar ekan[3,103-130]. Ayol kishi tabiatan nozik yaratilganligi sababli, suhbat jarayonida ham jozibador va bo‘yoqdor leksemalarni, shaxsiy munosabat ifodalovchi so‘zlarni, ayniqsa, ijobiylik semasiga ega bo‘lgan leksemalarni ko‘p qo‘llaydi. Masalan, Tegina begim aydi: “bu o’lg’an kishi erim bo’lur... man qo’rqqanimdan quduqqa tushub kettim”. (Temurnoma 48-bet) Odatda suhbat predmeti bir oz bo‘rttirilgan holda ko‘rsatiladi. So‘zlashuv jarayonida ayollarda emotsionallik kuchliroq bo‘ladi: hayratlanish,o’tinish”(yalinish), sevinish, hafa bo‘lish, qo‘rqish kabi ruhiyfiziologik holatlar yorqinroq aks etadi.Tegina begim moh ko’b zori qilib aydi: “Ey bobo, mani o’ldurmoqni qanday xohlayursan, manda gunoh bo’lsa, qornimdagi bolaning nima gunohi bor?” (Temurnoma 48-bet) yuqoridagi misolda ham ruhiy fiziologik holat yaqqol namoyon bo’lmoqda. Tilimizda shunday so‘z va iboralar borki, ular faqat erkaklar yoki ayollar tomonidangina qo‘llanilishi mumkin. Garchi o‘zbek erkaklari va ayollari nutqida qo‘llanadigan til birliklari yapon erkaklari va ayollari nutqida ishlatiladigan til birliklari kabi keskin farqlanib turmasa ham [4 , 15], bu haqda fikr yuritishga arzigulik farqlar topiladi. Ayollar nutqi erkaklar nutqidan fonetik, leksik va grammatik jihatdan ancha farq qiladi. Ammo bundan maxsus ayollar tili yoki erkaklar tili mavjud degan xulosa chiqarib bo‘lmaydi. Xotin-qizlar xarakteri uchun xos bo‘lgan xususiyatlardan biri his-hayajonlarining, holatlarining tez yuzaga chiqishida ko‘rinadi. Bu xususiyat ko‘proq nutqiy vositalar bilan ifodalanadi. Yana aydi: Amr qilurmankim, bu zihof biz uchun xo’b xayrli bo’lur. (Temurnomadan 56-bet) bunda hukmdor ya’ni xon (erkak ) nutqiga xos birlik mavjud.
Tilshunoslikda gender masalalarini o‘rganishda nutqiy faoliyatning barcha ko‘rinishlari: yozma va og‘zaki matnlar tadqiqot ob’ekti bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Dunyo tilshunosligida bu masalalarga bag‘ishlangan ishlar anchagina. Til va gender muammosi tadqiqida diskursga alohida ahamiyat berilishiga sabab aynan so‘zlashuvda ayollik va erkaklik belgilari bilan shartlangan ko‘plab hodisalar, jumladan, nutqning ayol yoki erkaklarga xos xususiyatlari voqelanadi. Shu jihatdan diskursning gender xususiyatlarini ochib berish juda qiziqarli ma’lumotlarni beradi. Tilshunoslikda an’anviy tahlil usullarida kuzatishlar olib borilishi bilan birgalikda, uni sotsiologiya, psixologiya hamda boshqa fanlar bilan bog‘lovchi yangi tahlil usullariga qiziqish kuchaymoqda. Bu tahlil usullari bilan bog‘liq tilshunoslikda yangi zamonaviy yo‘nalishlar paydo bo‘lmoqda. Ana shunday yo‘nalishlardan biri – lingvogenderologiyadir. Bu fanning tadqiq manbai – tilning gender xususiyatlarini o‘rganish bo‘lib, bunda ikkita masala: ayollar va erkaklar nutqining tafovutlari hamda o‘ziga xos xususiyatlari; til tizimida erkaklik va ayollik belgilari bilan bog‘liq tushunchalarni ifodalovchi til birliklariga e’tibor qaratiladi.
Tilshunoslikda gender masalalarini o‘rganishda nutqiy faoliyatning barcha ko‘rinishlari: yozma va og‘zaki matnlar tadqiqot obyekti bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Dunyo tilshunosligida bu masalalarga bag‘ishlangan ishlar anchagina. Til va gender muammosi tadqiqida diskursga alohida ahamiyat berilishiga sabab aynan so‘zlashuvda ayollik va erkaklik belgilari bilan shartlangan ko‘plab hodisalar, jumladan, nutqning ayol yoki erkaklarga xos xususiyatlari voqelanadi. Shu jihatdan diskursning gender xususiyatlarini ochib berish juda qiziqarli ma’lumotlarni beradi. “Diskurs” atamasi fransuz tilidan olingan bo‘lib (discours), matnning og‘zaki so‘zlashuv shakli, dialog, bir-biriga ma’no jihatidan bog‘langan mulohazalar yig‘indisi, nutqiy asar ma’nolarini bildiradi. O‘zbek tilida amalga oshirilgan tadqiqotlarda diskurs atamasi ko‘proq og‘zaki matn ma’nosini bildiradi. Har qanday talqinda ham diskurs matn tushunchasi bilan uzviy aloqador. Ta’kidlash joizki, tilshunoslikda diskurs va matn tushunchalarining o‘zaro munosabati masalasi ilmiy munozaraga ham sabab bo‘lgan. Shu o‘rinda tilshunos Sh.Safarovning quyidagi fikrlari asoslidir: “Ma’quli, qiyoslanayotgan bu ikki hodisani “giperonim” – “giponim” munosabatida o‘rganishdir. Diskurs inson ongli faoliyatining ma’lum bir turi, turkumi bo‘lsa, matn uning bir ko‘rinishidir. Diskurs kategoriyasining bu xildagi keng ma’noda, umumlashtiruvchi mazmunda talqin qilinishi muloqot tizimi, inson ongli faoliyati bilan qiziquvchi boshqa fan sohalari – falsafa, sotsiologiya, psixologiya, kibernetika kabilar uchun allaqachonlar e’tirof etilgan qoidadir”.Temurnomada personajlar nutqida genderga xos xususiyatlarning namoyon bo’lish o’rinlari ko’p.
Ma’lumki, ayollarning o‘zaro gaplashadigan “mahram gaplari” (Cho‘lpon), asosan, ular nutqida qo‘llanadigan leksik va frazeologik birliklar bilan alohida ajralib turadi. Chunki tilimizda shunday so‘z va iboralar borki, ular faqat erkaklar yoki ayollar tomonidangina qo‘llanilishi mumkin. Garchi o‘zbek erkaklari va ayollari nutqida qo‘llanadigan til birliklari yapon erkaklari va ayollari nutqida ishlatiladigan til birliklari kabi keskin farqlanib turmasa ham2, bu haqda fikr yuritishga arzigulik farqlar topiladi.
Ayollar nutqi erkaklar nutqidan fonetik, leksik va grammatik jihatdan ancha farq qiladi. Ammo bundan maxsus ayollar tili yoki erkaklar tili mavjud degan xulosa chiqarib bo‘lmaydi.
Kuzatishlardan aniqlanishicha, erkaklar va ayollar nutqida biologik va psixologik jihatdan qarama-qarshilik yaqqol ko‘zga tashlanadi. Biolog olimlarning ta’kidlashicha qizlarning tili o‘g‘il bolalarga nisbatan ancha tez chiqar ekan. Ular dastlab turli tovushlarni talaffuz etib, shu asosda so‘zlarni, jumlalarni talaffuz qila boshlar, o‘g‘il bolalar esa butun-butun tayyor jumlalar talaffuz qilar ekanlar. Sakkiz yoshga qadar qizlar o‘g‘il bolalarga qaraganda sezilarli darajada me’yordagi nutqqa ega bo‘ladilar.Xotin-qizlar nutqidagi fonetik o‘ziga xoslik nutqiy odatning turli vaziyatlarida aniq yuzaga chiqadi. Erkak kishining ovozi yo‘g‘on, kuchli, bir oz dag‘allik aralashgan bo‘ladi: “ – ovoz tembri, pauzalarning harakteri, nutq tempi bilan farqlanadi. Ayollar ancha mayin, ingichka ovozda, urg‘uni yanada cho‘zib so‘zlaydilar. “ - Shunaqa ekanmi? Voy, tovvo-ey! Xalfa eshonning qizi chaqirtirgan ekanmi? Voy, tovvo-oy... – deb uning eng qitig‘i keladigan joylariga chang solishardi”. “Hoy kim bilan gaplashyapsan, bolam?”. Xotin-qizlar xarakteri uchun xos bo‘lgan xususiyatlardan biri xis-hayajonlarining, holatlarining tez yuzaga chiqishida ko‘rinadi. Bu xususiyat ko‘proq nutqiy vositalar bilan ifodalanadi. Xotin-qizlar nutqining individual xususiyatlarini “voy” undovining qo‘llanilishi asosida ham oydinlashtirish mumkin: “ma’lum bo‘lishicha, “voy” undovi o‘ndan ortiq ma’no nozikliklarini ifodalaydi. Sevinish, erkalash, achinish, qo‘rqish, havas, sarosimalanish, koyish, alam kabi qator ichki holatlarning yuzaga chiqishida, bu so‘z ma’lum darajada ahamiyatga ega...”.
Erkaklar nutqida “birodar”, “bahodir”, “xonim” kabi undalmalar uchrasa, ayollar nutqida “xonimi bekam”, “xonzodam”, shuningdek turmush o‘rtog‘iga qarata “amirim” kabi murojaat shakllari mavjud. Amir Choku aydi: “Ey birodar, qay yurtdinsan?” (Temurnoma 49-bet). Oblo bahodir, cheriklaring munga qochti. (Temurnoma103-bet). Mazkur o’rinda bahodir so’zi undalma sifatida ajratilgani uchun gender murojaat shakllarini namoyon qilmoqda. Ammo shuni unutmaslik kerakki, Temur davrida “Bahodir” ham ism, ham mansab (harbiy jangovar bo’linmada), ham murojaat shakli sifatida namoyon bo’ladi.
Ayollar nutqi hudud jihatdan ham o‘ziga xoslikka ega bo‘lib, qishloqlarda yashovchi ayollar nutqida “o‘lsin”, “men o‘lay”, “voy o‘lay”, “jonini olsin” kabi so‘zlar ancha faol qo‘llanadi: “Voy o‘lay, qanaqa dadangiz?”, “...o‘lsin, tush ham yomon narsa ekan....” (T.Jo‘raev). Temurnomada qishloq hududida istiqomat qilgan ayollarning nutqi ko’zga tashlanmaydi. Asardagi ayollarning aksariyati malikalar bo’lganligi bois ularning nutqlari badiiy, jozibali, ifoda shakli ravon tasvirlangan.
O‘zbek tilida hozirgi kunda shunday iboralar borki, ular faqat erkaklar nutqidagina qo‘llanadi. Jumladan, “Burnini yerga ishqamoq”, “Baqbaqangdan akang”, “Dabdalasini chiqarmoq”, “Jig‘ini ezib qo‘ymoq”, “Otimni (nomimni) boshqa qo‘yaman”, “Quling o‘rgilsin” (yigit-yalang nutqida ishlatiladi) kabi iboralar asosan erkaklar nutqida qo‘llanishi bilan o‘ziga xoslik kasb etadi. Temurnomada esa davr nuqtayi nazaridan quyidagicha misollarni keltirish mumkin: Bizlarg`a maydonni xosh qilsa, biz alar birla chiqub, maydonda muqobil bo`lsak, agar alar kuchliroq qilub, bizlarni zo`rimiz yetmasa, anga itoat qilub tobe bo`lsak, deb nomani yubordi. (“Temurnoma”dan) maydonni xo’sh qilmoq, maydonda muqobil bo’lmoq, zo’ri yetmoq kabi leksemalarda faqat erkaklar nutqiga xosdir. Mironshoh bahodir jangda arg’umoqlarg’a chang soldi, mundin so’ng Temurbek ortidan cheriklariga qo’shulib aydi: dushman boshin xam qilmag’uncha tin olmaylik.(Temurnomadan 134-bet) “Nazar qildikim, bir malikam davron, jamoli misoli xurshidi tobon, qomati sarvi xiromon yuzi to`lgan oydek, ko`zi cho`lpondek bir nodiram xo`bondurki, andin cho`pon so`rdi. (“Temurnoma”dan) Yuqoridagi so’nggi misolda ayol kishining xususiyatlarini adib tomonidan badiiy ravishda faqat erkaklar nutqi uchun o’ziga xos o’rinda qo’llangan. Lekin bu birikmalar faqat erkaklar nutqi uchun xos deb bo’lmaydi. Nodira, Uvaysiy, Dilshodi Barno va boshqa ayol ijodkorlarning g’azallarida ayrim o’rinlarda ayollarga xos, ayrim o’rinlarda erkaklar nutqiga xos o’rinlarda qo’llangan. Bunday me’yor buzilgan hollarda esa adresant o‘z nutqida jinsiga nomunosib til birligini qo‘llagan bo‘ladi. Shuning uchun ham shoir va yozuvchilar badiiy asarlarda personajlar nutqini individuallashtirish, uning o‘ziga xos qiyofasini ochish maqsadida erkaklar nutqi uchun xos bo‘lgan iboralarni ataylab ayollar nutqida keltirishgan.
Asarda genderga xos bo’lgan xususiyatlardan insonning unvoni, yoshi va ijtimoiy kelib chiqishi personajlar ismlarida o‘z aksini topadi. Masalan: Masalan, Alqissa, Tarag‘ay Bahodir nokli Qorayur nuyondin edi. (Temurnoma 43-bet) Qozonxon andog‘ zolim erdiki, kishini talab qilsa, avval xotin va bolalariga vasiyat qilib, keyin Qozonxonni oldiga borur erdi. Amir Choku barlosda davlatmand erdi. (Temurnomadan) Ammo Malikshox bahodir ko‘p g‘ani boy kishi erdi. Har ijnos mollari bor erdi. Yuqoridagi misollardan ma’lum bo‘ldiki, Tarag’ay “bahodir” (harbiy sarkardalarga beriladigan unvon), Qozonxon “xon” leksemasi uning xon unvoniga egaligi va boshqa ko’plab uslubiy ma’no qirralari mavjud ekanligini dalillaydi.
Gender tadqiqotlari – ayollarning xulq-atvori va ayollik xususiyatlarini, ularning ijtimoiy hayotdagi roli va ruhiy omillarini hisobga olmaganda, ayollar ijtimoiy tadqiqotlariga yaqin turadi. G.Sillaste ayollarni ishchi kuchi yoki ona va tarbiyachi sifatida o’rganishdan, ularning ijtimoiy roli va ruhiyatini hamma ko’p tomonlarini ijtimoiy tadqiqot qilishga o’tish kerak deb hisoblaydi.
Bunday yondashuvda ayollarning shaxs sifatida shakllanishi, ijtimoiy-madaniy faktorlarini taqqoslash, ayollar psixologiyasi va ayollarga xos jamiyat fikrlarining o’sib borishini yanada chuqurroq o’rganish katta ahamiyat kasb etadi. Albatta, bunda iqtisodiy va siyosiy aspektlari, ayollarning jamiyatdagi o’rni va ularning oiladagi rolini inkor etib bo’lmaydi.
Bizning qarashimizcha, erkaklarning ustunligi va ayollarning cheklanganligi, ijtimoiy shart-sharoitlarini o’rganish, hozircha gender nazariy tushunchalarini tuzilishida asosiy bo’lib qolmoqda. Kelajakda genderga yondashuv faqat ushbu aspektlarnigina emas, andrologik muammolarni ham hal etish va qo’yish, erkaklar qiyofasini, ijtimoiy shart- sharoitlar tushunchasini, o’tmishda va hozirda erkaklarning ijtimoiy roli va bu qiyofaning tuzilishi, erkaklar psixologiyasi hamda jamiyat fikrini taqqoslash kabi umuminsoniy muammolarni qo’yishi va hal etishi zarur. Temurnomada ayollarning mavqeyi, Amir Temurning har sohada maslahatini oladigan insoni ham ayol bo'lganligi, asarning genderlingvistik jihatlarini o'rganish muhim ahamiyat kasb etadi.
Bir so’z bilan aytganda, Temurnoma ulug' shaxsning ulug'ligi ortida Ona (ayol), rafiqa (ayol) , kabi dono maslahatgo'ylarning mushtarak kuchlari mavjudligini ko'rsatadi. "Temurnoma" asarida gender masalasi alohida o'rin tutadi. Amir Temur qaysi yurtga yurish qilsa, ne imoratni qurishga jazm etsa, qandaydir nizolarnini yechish uchun albatta Saroymulkxonimning maslahatlarini tinglagan. Asarda ismlarda ham gender jihatlar namoyon bo'ladi:
1. O'ljoy Turkon og'o amir qarorgohiga yuzlandi. (Temurnoma 52-bet) Mazkur o'rinda qo'llangan og'o leksemasi davr nuqtayi nazaridan ayollarga nisbatan qo'llangan. Hozirda esa Xorazm shevasida og'o, og'a aka ma'nosida qo'llanadi. M.Koshg'ariyning Devon-u lug'otit turk asarida og'o so'zi katta, ulug' deb izohlangan. Demak, asarda Uljoy Turkon og'o katta yoki ulug' xonim ma'nosida qo'llangan. Chindan ham Uljoy Turkon og'o Amir Temurning ilk xonimi, shuningdek, Amir Qazog'onning nabirasi xon avlodidan edi.
2. Amir Temur Dilshod og'o birla zihof qildi. Bu o'rinda Dilshod so'zi bugungi kunda ham ism ma'nosida qo'llanadi. Biroq, ayollar uchun Dilshoda, Erkaklar uchun Dilshod ismi qo'llanilmoqda. Bundan ko'rinadiki, o'tmishda Dilshod ismi ayollar uchun ko'proq qo'llangan. Dilshod og'o, Dilshodi Barno va hok. Bu hodisa genderoenantesimik jarayon hisoblanadi.
Yuqorida keltirilgan misollardan ko‘rinib turibdiki, erkak va ayol o‘rtasidagi genderologik farqlarni tarixiy- badiiy asarlarda, personajlar nutqida ham kuzatish mumkin.