II BOB. BOSHLANGICH SINF O‘QUVCHILARIGA TENGSIZLIK TUSHUNCHASINIO‘RGATISH METODIKASI .
Boshlang`ich sinf matematika darslarida sonli ifodalar va ularni taqqoslashni o‘rgatish metodikasi .
Boshlang`ich sinf matematika darslarida tenglik va tengsizlik tushunchalarini shakllantirish metodikasi.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati .
KIRISH
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi.
Ta‘lim jarayoniga yangi axborot kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalarni, elektron darsliklar, multimedia vositalarini keng joriy etish orqali mamlakatimiz maktablarida, kasb-hunar kolejlari, litseylari va oliy o‘quv yurtlarida o‘qitish sifatini tubdan yaxshilashning samarali tizimini yanada rivojlantirishni ko‘zda tutilayotganligi dolzarb vazifalarimizdan biridir.
Kurs ishining maqsadi: o‘quvchilarni tengsizlik tushunchasi bilan tanishtirish metodikasi mavzusini o‘rganishda ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish va ularni o‘quv jarayoniga tatbiq etish.
Kurs ishining ob`ekti; Umumiy o‘rta ta‘lim boshlang‘ich sinflarda matematika darslari.
Kurs ishining predmeti: Umumiy o‘rta ta‘lim boshlang‘ich sinflarda matematikani o‘rganishda algebraik materiallarni o‘rgatish shakllari, vositalari, usullari hamda pedagogik shart-sharoitlari.
I.1-SINF MATEMATIKA DARSLARIDA SONNI O`RGATISHGACHA BO`LGAN DAVRDA TENGSIZLIK
I.1-SINF MATEMATIKA DARSLARIDA SONNI O`RGATISHGACHA BO`LGAN DAVRDA TENGSIZLIK
TUSHUNCHASINI O’RGANISHNING NAZARIY ASOSLARI
Boshlang'ich sinf matematika kursiga algebraik elementlarni kiritishning maqsadi, o'quvchilarni son haqidagi,arifmetik amal haqidagi, matematik munosabat haqidagi ma'lumotlarni bolalar tasavvurida uyg'otish va ularga algebra elementlarini o'ganish uchun asos hosil qilishdir.
Boshlang'ich sinflarda matematik ifodalar ya'ni sonli ifoda va o'zgaruvchili ifodalar haqidagi tushunchalarni shakllantirish bo'yicha reja asosida ish olib boriladi. Harfdan o'zgaruvchini ifodalovchi belgi sifatida foydalanish boshlang'ich sinf matematika kursida qaraladigan arifmetika nazariyasi masalalarini ongli, chuqur va umumlashgan holda o'zlashtirish maqsadlariga xizmat qiladi, keyinchalik o'quvchilarga o'zgaruvchi funksiya tushunchalari bilan tanishtirish uchun yaxshi tayyorgarlik bo'ladi. Boshlang'ich sinflarda algebraik misollarni yechish uchun algebra qonun va qonuniyatlariga emas balki arifmetik qoidalarga asoslanadi.