Koʻrsatkichli tenglamalar[
Koʻrsatkichli tenglama yoki darajali tenglama matematik darajasi koʻphaddan iborat tenglamadir. Koʻrsatkichli tenglamani odatda
(bu yerda a>0, a≠1) koʻrinishga keltirish mumkin.
Logarifmik tenglamalar Logarifmik tenglama deb tarkibida logarifmlar boʻlgan tenglamaga aytiladi. Logarifmik tenglama odatda
(Bu yerda a >0, a≠1) koʻrinishga keltiriladi. Parametrli tenglamalar
Parametrli tenglama deb biron-bir bogʻlanishni parametrlar yordamida ifodalagan tenglamaga aytiladi. Parametrli tenglamaga sodda misol sifatida kinematikadan vaqt parametri bilan harakatdagi jismning joyini, tezlanishini va boshqa xususiyatlarini ifodalovchi tenglamani keltirish mumkin. Abstrakt maʼnoda parametrli tenglama deb tenglamalar toʻplamini aytish mumkin.
Differensial tenglamalar[
Differensial tenglama nomaʼlum funksiyalar, ularning turli tartibli hosilalari va erkli oʻzgaruvchilar ishtirok etgan tenglamalardir. Bu tenglamalarda nomaʼlum funksiya i orqali belgilangan boʻlib, birinchi ikkitasida i bitta erkli oʻzgaruvchi t ga, keyingilarida esa mos ravishda x, t va x, y, z erkli oʻzgaruvchilarga bogʻliqdir.
Integral tenglamalar
Integral tenglama nomaʼlum funksiya integral belgisi ostida boʻlgan tenglamadir. Integral tenglamalar bilan differensial tenglamalar chambarchas bogʻlangan boʻlib, koʻp hollarda ularni bir-biri bilan almashtirish mumkin.
http://fayllar.org
Dostları ilə paylaş: |