Alohida qiymatlarni konsol qatoriga joylashtirish uchun figurali qavslardan foydaniladi. Bu o'zgaruvchining qiymati ({name}) yoki murakkabroq ifoda bo'lishi mumkin (masalan, {4 + 7} qo'shish amali). Va butun satr oldida dollar belgisi $ qo’yiladi.
Konsolga chiqayotganda, figurali qavs ichiga olingan ifodalar o'rniga ularning qiymatlari chiqadi. :
Ismi: Ali Yoshi: 34 Bo’yi: 1,7м
Konsolga kiritish-chiqarish
Bir vaqtning o'zida konsolga bir nechta qiymatlarni chiqarishning yana bitta usuli mavjud:
Bu usul Console.WriteLine metodidagi birinchi parametr chiqish satrini ifodalaydi ("Ismi: {0} Yoshi: {2} Bo’yi: {1} m"). Qolgan barcha parametrlar bu satrga joylashtiriladigan qiymatlar (name, height, age) ni ifodalaydi. Bunda, parametrlarning tartibi muhim ahamiyatga ega. Masalan, ushbu holatda birinchi navbatda name keladi, keyin height, va keyin age keladi. Shuning uchun ham name ga 0-chi index (e’tabor bering tartib nolda boshlanadi), height 1 indexga ega, age ning tartib raqami 2 ga teng. Shuning uchun ham satrda “Ismi: {0} Yoshi: {2} Bo’yi: {1}м" joy egalarini joylashtirish uchun {0}, {2}, {1} parametrlarning qiymatlari kiritiladi.