Terapevtik kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda hamshiralik parvarishi



Yüklə 265,85 Kb.
səhifə43/100
tarix02.06.2022
ölçüsü265,85 Kb.
#60391
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   100
Terapevtik kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda hamshiralik par

Klinik holat va simptomlar. Jigar va o‘t yo‘llari kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarda quyidagi simptomlar paydo bo‘ladi: 1) og‘riq; 2)badan qichishuvi; 3) badan terisi va shilliq pardalarning sarg‘ish bo‘lib qolishi; 4) dispepsik o‘zgarishlar; 5) markaziy nerv tizimiga aloqador buzilishlar. Bundan tashqari, mana shu kasalliklar paytida quyidagi sindromlar (simptomokomplekslar) yuzaga keladi: 1) sariqlik; 2) portal gipertoniya; 3) gepatoliyenal sindrom; 4) jigar yetishmovchiligi sindromi.
Jigar va o‘t yo‘llari kasalliklari vaqtida bo‘ladigan og‘riqlar jigar tez kattalashib borishi munosabati bilan glisson kapsulasining cho‘zilib ketishi, jigarni qoplab turgan qorin pardasining yallig‘lanishi, o‘t pufagi yoki o‘t yo‘llarining ancha cho‘zilishi, shuningdek spastik ravishda tortishib (qisqarib) turishidan kelib chiqishi mumkin. Og‘riqlar odatda o‘ng qovurg‘alar ostida seziladi va har xil darajada bo‘lishi – og‘irlik sezilib turishidan tortib juda og‘ir sanchiq xurujlarigacha bo‘lishi mumkin.
Badan terisi va ko‘zga ko‘rinib turadigan shilliq pardalarning sarg‘ish tusga kirib qolishi, shuningdek badan terisining qichishib turishi jigar kasalliklarida ancha ko‘p kuzatiladi. Badanning qichishib turishi qonda o‘t kislotalari to‘planib qolishiga bog‘liq, bu kislotalar teriga o‘tib, sezuvchi nervlarni ta’sirlantiradi.
Gepatobiliar tizimi kasallangan bemorlar ko‘pincha ko‘ngli aynab, havo bilan va achchiq kekiradi, og‘zi taxir bo‘lib, qurib turadi, ishtahasi pasayib ketadi. Qorinning dam bo‘lib turishi va kattalashib ketishi (istisqo-assit) muhim simptom bo‘lib hisoblanadi.
Markaziy nerv tizimining buzilishiga xos simptomlar (bosh og‘rig‘i, qo‘zg‘alish, uyqusizlik, alahlash) ko‘pincha og‘ir intoksikatsiya (gepatargiya) mahalida paydo bo‘ladi. Shu darajadagi intoksikatsiya ko‘pincha jigar komasiga aylanib ketadi.
Sariqlik jigar va o‘t yo‘llari kasalliklarida uchraydigan xarakterli sindromdir. U qon va to‘qimalarda bilirubin ortiqcha miqdorda bo‘lishi tufayli paydo bo‘ladi. Sariqlikda badan terisining rangi limon tusidan to unniqib ketgan zahil-sariq tusgacha boradi. Sariqlikning yengil formasida faqat ko‘z oqi (skleralar) sarg‘ish bo‘lib turadi, subikteriklik deb shuni aytiladi. Sariqlikning uch tipi tafovut qilinadi: 1) jigardan pastga (mexanik); 2) jigarga (parenximatoz); 3) jigardan yuqoriga aloqador (gemolitik) sariqlik. Sariqlik tipini aniqlash diagnostik jihatdan katta ahamiyatga ega.
Jigardan pastga aloqador (mexanik) sariqlik umumiy o‘t yo‘lini o‘sma bosib qo‘yishi; o‘sha yo‘lni tosh, kattalashib ketgan limfa bezi bekitib qo‘yishi tufayli paydo bo‘ladi va hokazo. O‘t odatdagicha ishlanib chiqaveradi-yu, lekin o‘n ikki barmoqli ichakka odatdagicha tusholmay qoladi. U jigar yo‘llarida to‘planib boradi, o‘t kapillarlari yorilib, o‘t qon bilan limfaga o‘tadi. Qondagi konyugatsiyalangan bilirubin miqdori tez ko‘payib, skleralar, yumshoq tanglay va badan terisi sarg‘ish tusga kiradi. Siydik rangi to‘qlashib, qora pivo rangidek bo‘lib qoladi. Ichakka o‘t tushmay qo‘yganligidan axlat rangi yo‘qolib, gilvata tusiga kiradi. Bemorlarni badan qichishuvi behalovat qiladi.
Qonda o‘t kislotalari anchagina to‘planib qolganida puls siyraklashib, arterial bosim pasayib ketadi, ekstrasistoliya paydo bo‘ladi. Xolemiya uzoq davom etganida odam ozib ketadi, bu – ichakka o‘t tushmay qo‘yganiga bog‘liq bo‘ladi. Ichakka o‘t tushmay qo‘yishi ichak va me’da osti bezi fermentativ faoliyati hamda ovqat so‘rilishining buzilishiga olib keladi. Mexanik sariqlik uzoq davom etganida xolestaz jigarda organik kasalliklar (biliar sirroz) boshlanib, jigar funksiyalari buzilishiga sabab bo‘ladi.
Jigarga aloqador (parenximatoz)sariqlik shuning natijasida paydo bo‘ladiki, zararlangan jigar hujayralari, ular bilan birgalikda esa o‘t kapillarlari ham bilirubinni o‘t yo‘llariga emas, balki to‘g‘ridan to‘g‘ri qonga chiqarib turadi. Parenximatoz sariqlik Botkin kasalligi, aktiv surunkali gepatitlar, jigar sirrozlarida ko‘riladi. Qondagi konyugatsiyalangan va erkin bilirubin miqdori ko‘payib ketadi. Axlat kasallik avjiga chiqqan mahaldagina rangsizlanadi; jigar funksiyalari asliga kela boshlagan sari o‘n ikki barmoq ichakka o‘t o‘tib, axlatga rang kira boshlaydi.
Jigarga aloqador sariqlik jigarning almashinuv funksiyalari (uglevodlar, yog‘lar, oqsillar almashinuvidagi funksiyalari), shuningdek antitoksik funksiyasi buzilishi bilan birga davom etib boradi.
Gemolitik sariqlik eritrotsitlar parchalanishi va ko‘p miqdorda erkin bilirubin hosil bo‘lishi tufayli yuzaga keladi. Bilirubin anchagina hosil bo‘lib turishiga qaramay, qondagi miqdori uncha ko‘p bo‘lmaydi. Sababi shuki, bilirubinning deyarli hammasi ichakka o‘tib turadi (jigar va o‘t yo‘llari shikastlanmagan bo‘ladi). Pufakdan chiqadigan o‘t qora rangli bo‘ladi. Axlat rangi to‘q. Siydikda bilirubin bo‘lmaydi. Shunday qilib, gemolitik sariqlikda o‘t kislotalari ushlanib qolmaydi, badan qichishuvi va bradikardiya bo‘lmaydi, siydikda bilirubin miqdori ko‘paymaydi, o‘n ikki barmoq ichak suyuqligi va axlat rangsizlanmaydi, badan terisining sarg‘ayishi esa unchalik ko‘p bo‘lmaydi.
Portal gipertoniya – qopqa vena tizimida qon bosimining ko‘tarilib ketishidir. Bunday hodisa mexanik to‘siqlar (jigarda yallig‘lanish yoki degenerativ o‘zgarishlar, qopqa venasida tromblar, jigarda o‘sma yoki metastazlar) borligi tufayli qopqa venadan qon oqib ketishi qiyinlashib qolgan mahallarda yuzaga keladi. Qopqa venasida qon bosimi shu qadar ko‘tarilib ketadiki, bu narsa venoz kollaterallar va assit (istisqo) paydo bo‘lishiga olib keladi. Kollaterallar (anastomozlar) qopqa venasi tizimining o‘zi bilan ustki va pastki kovak vena tarmoqlari o‘rtasida vujudga keladi. Anastomozlar ko‘pincha: 1) me’da va qizilo‘ngach venalari orqali; 2) kindik venalari tizimi orqali; 3) gemorroidal venalar orqali yuzaga keladi. Portal gipertoniya qorin bo‘shlig‘i organlarida qon dimlanib qolishiga olib boradi, shu munosabat bilan taloq kattalashib ketadi. Me’da bilan ichakda qon dimlanib qolishi shu organlar sekretor va so‘rish funksiyalarining buzilishiga olib keladi.

Yüklə 265,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin