Terapevtik kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda hamshiralik parvarishi



Yüklə 265,85 Kb.
səhifə16/100
tarix02.06.2022
ölçüsü265,85 Kb.
#60391
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   100
Terapevtik kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda hamshiralik par

Quvvatlovchi davo: qon, plazma quyish, vitaminlar, anabolik gormonlar, antioksidantlar keng qo‘llaniladi. Ovqat baquvvat, yuqori kaloriyali bo‘lishi kerak.
Profilaktikasi: yiringli kasalliklarni vaqtida aniqlab, ularga qarshi kurashish. Chekishga qarshi kurashish. Organizmni chiniqtirish, sovqotishga yo‘l qo‘ymaslik, mehnat gigiyenasi qoidalariga amal qilish, infeksiya o‘choqlarini sanatsiya qilish kerak.
hamshiralik parvarishi. Bemorlarni yaxshilab parvarish qilin-
ganda asoratlarsiz bir oyda sog‘ayib ketadi. Bemorlar o‘rnidan turmay yotishi tavsiya etiladi. Bemor yotadigan xona yaxshi shamollab turadigan va yetarlicha issiq bo‘lishi kerak. Bemorning ovqatlari yuqori kaloriyali, oson singadigan, suyuq va vitaminlarga boy bo‘lishi kerak. Hamshira bemorga balg‘amni yutib yubormasligi (bunda o‘tkir gastrit va ichki a’zolar kasalliklariga olib kelishi)ni va og‘zi yopiladigan idishga yig‘ishi kerakligini o‘rgatadi. Hamshira bemorlarni doimiy, kecha-yu kunduz kuzatib turishi, nafas olishi qiyinlashsa, bemor boshini yon tomonga burib qo‘yishi kerakligini bilishi kerak.
2.2.3. Plevrit kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda hamshiralik par varishi
Plevrit bu plevraning yallig‘lanishidir. Plevrit quruq va ekssudatli turlarga bo‘linadi.
etiologiyasi: Plevritlar deyarli barcha o‘pka kassalliklarida hamda boshqa organ va tizimlarning talaygina kasalliklarida kuzatiladi. O‘pkaning biror joyi kasal bo‘lib turganida bir talay to‘qima suyuqligi plevra tomon yo‘naladi. Suyuqlik oqimi bilan mikroflora, jumladan sil bakteriyalari va ularning toksinlari ham o‘tib boradi, natijada plevraning reaktiv tarzda yallig‘lanishi (quruq plevritga) yoki ekssudat (3000 ml gacha suyuqlik to‘planib o‘pka to‘qimasini bosib qoladi, ko‘ks oralig‘i organlarini va diafragmani bir chetga surib qo‘yadi) yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi.
Klinikasi va kechishi. Quruq plevrit. Bemorlar nafas olganda, yo‘talganda ko‘krak qafasi og‘rib turishi, isitmasi borligidan noliydilar. Odam chuqur nafas olganda, yo‘talganda, harakat qilganda og‘riqlar zo‘rayadi. Darmon qurib, ishtaha yo‘qoladi. Tana harorati 37–38°C gacha o‘zgarib turadi.
Ko‘zdan kechirilganda kasal tomoni nafas aktidan orqada qolayotganligini ko‘ramiz (bemor kasal tomonini avaylab turadi va shu tomonini bosib yotadi).
Auskultatsiyada plevraning ishqalanish shovqini eshitiladi. Bemor yo‘talganda plevraning ishqalanish shovqini yo‘qolib ketmaydi.
Rentgenologik yo‘l bilan tekshirilganda kasal tomonda diafragma yuqori turgani, harakatchanligi kamayganligi seziladi.
Qonda o‘rtacha leykotsitoz, EChT biroz kuchaygan bo‘lib chiqadi. ekssudativ plevrit. Bemorlar nafas olganda og‘riq turishidan, quruq yo‘tal, isitma, hansirash, darmonsizlikdan noliydilar. Tana harorati 38–39,5°C gacha o‘zgarib turadi, hansirash, darmonsizlik zo‘rayib boradi. Odam minutiga 30 marta va undan ko‘proq nafas oladi.
Ko‘zdan kechirilganda badan terisi rangpar. Qovurg‘alararo kamgaklar bilinmay qoladi, nafas paytida kasal tomonning orqada qolishi seziladi. Ovoz titrashi va bronxofoniya kasal tomonda susayadi.
Perkussiyada perkutor tovush bo‘g‘iqlashgan. Bo‘g‘iq tovush eshi tiladigan joyda nafas eshitilmaydi. Bir talay suyuqlik to‘planib qolganida ko‘ks oralig‘i organlari, jumladan yurak qarama-qarshi tomonga surilib turadi.
Rentgenologik yo‘l bilan tekshirilganda suyuqlik bor joyda gomogen quyuq soya topiladi. Bir talay suyuqlik to‘planib qolganida ko‘ks oralig‘idagi a’zolar qarama-qarshi (sog‘) tomonga siljiydi.
Qonda o‘rtacha leykotsitoz, EChT soatiga 30–60 mm gacha kuchaygan. Siydikda oqsil, 1–2 ta eritrotsitlar topiladi.
Ekssudativ plevritning diagnostikasida va davosida plevral punksiyaning ahamiyati katta. Plevral punksiya qilish yo‘li bilan tekshirish uchun plevra suyuqligi olinadi va ekssudatni tortib olib, u yerga dori moddalari yuboriladi. Plevral punksiyani shifokor bajaradi, hamshira kerakli jihozlarni tayyorlab beradi va muolaja paytida shifokorga yordam beradi. Ekssudat 4–6 haftadan so‘ng batamom so‘rilib, o‘tkir hodisalar 2–3 haftadan keyin yo‘qolib ketadi. Yoshi qaytgan va darmoni qurib zaiflashgan odamlarda kasallik uzoqroq davom etadi.
Davosi: quruq plevrit og‘riqlarni kamaytirish maqsadida kompresslar, bosib turadigan bog‘lam, xantallar buyuriladi. Yo‘talga, yallig‘lanishga, og‘riqqa antiallergik vositalar tavsiya qilinadi. Ekssudativ plevrit sil plevritida silga qarshi davo qilinadi. Kokk florasi mahalida antibiotikoterapiya, desensibillovchi va yallig‘lanishga qarshi vositalar tavsiya qilinadi. Ekssudat Poten apparati bilan olib tashlanadi. 1/2–1 soat davomida 1000–2000 ml suyuqlik so‘rib olinadi.

Yüklə 265,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin