TERDU ARXITEKTURA VA QURILISH FAKULTETI BIQ 420-GURUH TALABASI TOJIYEV ABDIMURODNING YUK TASHISH MASHINALARI FANIDAN TAYYORLAGAN TAQDIMOTI
Konveyer (ing. conveyer — tashuvchi) — toʻkma, donali, boʻlak-boʻlak yuk yoki buyumlarni, asosan, qisqa, baʼzan uzoq, masofaga uzluksiz va bir xil maromda tashiydigan mashina. Vazifasiga koʻra, transport (yuk tashiydigan) va texnologik (texnologik operatsiyalarni oʻzaro bogʻlaydigan) xillarga boʻlinadi. Tortish organi boʻlgan va tortish organi boʻlmagan turlari bor. Elektrik yuritma bilan harakatlanadigan mexanik Konveyer keng tarqalgan. Bunday Konveyerlarning tortish organlari lenta, zanjir va kanatdan iborat boʻlib, ular yordamida buyum yoki yuklar tashiladi. Yuk tashish organlarining turiga koʻra, dasturli boshqariladigan lentali, koʻraqli, plastinkali, osma, shuningdek, kovshli, aravachali va boshqa turlarga; tortish organi boʻlmagan vintli (shnekli), inersion (chayqaluvchi, tebranma), rolikli (rolgang), odimlovchi (quymachilik, yigʻuvchi) va boshqa turlarga boʻlinadi. Lentali K. bilan, asosan, donali yuklar tashiladi.

Zanjirga biriktiriladigan moslamaning tuzilishiga qarab, zanjirli K. lar plastinkali, koʻrakchali, ksvshli va aravachali boʻladi. Plastinkali K. lar, asosan, boʻlak-boʻlak materiallarga moʻljallangan boʻlib, yukni qiya yunalishda tashishga imkon beradi, mayda koʻmir va rudalarni surish uchun ishlatiladi. Kovshli va aravachali K.lar ayrim korxonalarda (metallurgiya va kimyo kombinatlarida), asosan, toʻkma yuklarni tashish uchun ishlatiladi. Bugʻdoy, un, sement, shagʻal, qum, mayda koʻmir qabilarni yaqin masofaga tashish uchun vintli Konveyerlar qoʻllaniladi. Toʻp qilib yigʻilgan yoki yashiklarga joylangan yuklarni pastga tushirish uchun rolikli (gravitatsion) K. dan foydalaniladi. Bunday K.larda yuk oʻz ogʻirligi bilan pastga toʻshadi. Inersion Konveyer toʻkma kjni gorizontal va qiya yoʻnalishda qisqa masofaga tashish uchun moʻljallanadi. Bunday K. da yuk inersiya kuchi hisobiga harakatlanadi.