Proceedings of International Scientific Conference on Multidisciplinary Studies Hosted online from Moscow, Russia Date: 11
th
January, 2023
ISSN: 2835-5733
Website: econferenceseries.com
298 | P a g e
bo’lib hisoblanadi, individuum yo’qolib ketishi mumkin, lekin uning genlari esa
keyingi avlodlarga o’tadi. (1) O’lim mohiyati
1.
Qon aylanishining muqarrar to’xtashi Yurakdan otilayotgan qon qon tomirlari
orqali butun organizm bo’yicha aylanib, organlar va to’qimalarni kislorod hamda
glyukoza ko’rinishidagi ozuqa moddalari bilan tahminlaydi. Qon aylanishi to’xtagan
taqdirda darhol kislorod yetishmovchiligi yuzaga keladi va bu holat to’qima
hujayralari ishlashining to’xtashiga olib keladi. Agar bu holat belgilangan vaqtdan
uzoqroq davom etsa, hujayralar ishlashining tiklanishi qaytmas bo’lib, o’limga olib
keladi.
2.
Ruhning tanadan chiqib ketishi Qadimgi vaqtlarda odamlar o’lim kelishi bilan
ruh tanadan umrbod chiqib ketishiga ishonganlar. Ruh psixologik va emotsional
funktsiyalar sifatida ko’rilgan (ruh insonning fikr va hatti–harakatlari asosiy omili
bo’lib hisoblangan). Bemor xususida qon aylanish to’xtashi bilan ruhi tanadan
chiqib ketadi deb hisoblashgan, biroq o’sha vaqtlarda o’limning asosida qon
aylanishi to’xtashini emas, balki ruh chiqib ketishini ko’rishgan.
3.
Organizmning yagonalik qobiliyatining qaytmas yo’qolishi Inson
organizmining ishlashi uchun markaziy asab tizimi tananing har bir qismi harakatini
boshqarishi va tana bir–biriga mos bo’lib harakatlanmog’i zarur. Tibbiy texnologiya
sohasidagi taraqqiyot insonning yurak, buyrak va boshqa muhim organlarini sunhiy
organlarga almashtirishga imkon berdi, bu holat hatto organlar bo’lmaganda ham
inson hayotini tahminlashga yordam bergan. Biroq inson organiga o’xshagan bir
narsa borki, uni almashtirib bo’lmaydi va insonning hayot faoliyati uchun ahamiyatli
hisoblanadi. Bu organlar funktsiyasini boshqarishning yagonalik qobiliyatidir.
Ushbu yagona qobiliyat markaziy nerv tizimi, xususan bosh miyaning asab tizimi
bilan boshqariladi, shuning uchun miya funktsiyalarining yagonalik qobiliyati inson
uchun eng muhim hisoblanadi.
4.
Ijtimoiy hamkorlikka bo’lgan qobiliyatning qaytarib bo’lmaydigan
yo’qolishi. Insonning boshqa jonzotlardan farqi shundaki, insonda ong bor va u
ijtimoiy hayotni yuritadi. Agar inson ongini va shu bilan birgalikda ijtimoiy
hamkorlik ko’nikmalarini yo’qotsa, shaxsning nuqtai–nazariga ko’ra bu holat o’lim
sifatida ko’riladi.