Bemorni parvarish qilish - bemor (kasal)larga har tomonlama yordam berish va vrach koʻrsatmalarini bekamu kust amalga oshirishni taʼminlaydigan tadbirlar majmui; davoning muhim tarkibiy qismi. Turli kasalliklarda bemorni parvarish qilishning oʻziga xos xususiyatlari bor. Shu bilan birga barcha bemorlarga tegishli umumiy parvarish qoidalari mavjud. Bemorning maʼlum bir tartibga amal qilishi, toʻgʻri ovqatlanishi, vrach buyurganlarini toʻlatoʻkis bajo keltirishi, bemor ahvolini uzluksiz kuzatib borish, shuningdek dard tufayli zaiflashib qolgan organizmni boshqa kasalliklardan himoya qilish ham Bemorni parvarish qilish q.ga kiradi Bemorni parvarish qilish q. tadbirlari bemorning umumiy ahvoliga qarab belgilanadi.