Gidroenergetika xalq xo‘jaligining zamonaviy rivojlanayotgan, ishlab chiqarish ehtiyoji yuqori, shuningdek, xalqaro hamkorliklar uchun keng imkoniyatlarga ega bo‘lgan sohasi. Shu boisdan ham bu tizimda faoliyat taqozosiga ko‘ra, o‘zlashma, xususan, rus tili va rus tili orqali kirib kelgan so‘zlar nisbatan faol qo‘llanadi: gidrogenerator, gidrodinamika, gidrograf, gidroinshoot, gidrometrik, gidromexanika, gidromodul, gidrotexnika, gidrotrubina, elektromontyor, elektroskop, elektrotexnik, energetik, energosistema kabilar. - Gidroenergetika xalq xo‘jaligining zamonaviy rivojlanayotgan, ishlab chiqarish ehtiyoji yuqori, shuningdek, xalqaro hamkorliklar uchun keng imkoniyatlarga ega bo‘lgan sohasi. Shu boisdan ham bu tizimda faoliyat taqozosiga ko‘ra, o‘zlashma, xususan, rus tili va rus tili orqali kirib kelgan so‘zlar nisbatan faol qo‘llanadi: gidrogenerator, gidrodinamika, gidrograf, gidroinshoot, gidrometrik, gidromexanika, gidromodul, gidrotexnika, gidrotrubina, elektromontyor, elektroskop, elektrotexnik, energetik, energosistema kabilar.
Gidroenergetika tizimida suv zahiralaridan oqilona foydalanish orqali elektr energiyasi olinishini e’tiborga olsak, ushbu soha atamalari “suv”, “energetika”, “elektr”, “qurilish”, “mexanika” tushunchalari bilan bog‘liq so‘zlar asosiga shakllanganligi oydinlashadi. Jamiyat hayotiga gidroenergetik tushuncha va hodisalar, narsa-buyumlar, qurilmalar va inshootlarning kirib kelishi bilan o‘zbek tili lug‘at tarkibida ham o‘sish va o‘zgarishlar sodir bo‘lib borayotganligi, ushbu so‘zlar hisobiga til boyligi kengayganligini ko‘rishimiz mumkin. - Gidroenergetika tizimida suv zahiralaridan oqilona foydalanish orqali elektr energiyasi olinishini e’tiborga olsak, ushbu soha atamalari “suv”, “energetika”, “elektr”, “qurilish”, “mexanika” tushunchalari bilan bog‘liq so‘zlar asosiga shakllanganligi oydinlashadi. Jamiyat hayotiga gidroenergetik tushuncha va hodisalar, narsa-buyumlar, qurilmalar va inshootlarning kirib kelishi bilan o‘zbek tili lug‘at tarkibida ham o‘sish va o‘zgarishlar sodir bo‘lib borayotganligi, ushbu so‘zlar hisobiga til boyligi kengayganligini ko‘rishimiz mumkin.
Dostları ilə paylaş: |