Termiz davlat pedagogika instituti 5A110902-Pedagogika va psixologiya mutaxassisligi 2-kurs talabasi Boyqarayeva Navro‘zgul Allaberdi qizining “Kichik maktab
Termiz davlat pedagogika instituti 5A110902-Pedagogika va psixologiya mutaxassisligi 2-kurs talabasi Boyqarayeva Navro‘zgul Allaberdi qizining “Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar tafakkurining shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar” mavzusidagi dissertatsiya ishiga ANNOTATSIYA Tayanch so‘zlar: tafakkur, mantiqiy fikrlash, tanqidiy fikrlash, konkret tafakkur, abstrakt - nazariy tafakkur, aqliy qobiliyat, tafakkur, mantiqiy fikrlash texnikasi, ta’lim-tarbiya, barkamol shaxs, fikrlashning tanqidiyligi, intellekt, intellektualizatsiya, majoziy tafakkur, aqliy rivojlanish, tafakkur, kichik maktab o’quvchilari, mantiqiy fikrlash texnikasi, ta’lim-tarbiya, barkamol shaxs, intellekt, intellektualizatsiya, majoziy tafakkur, aqliy rivojlanish.
Tadqiqotning obyekti: kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda tafakkurini rivojlantirish jarayoni.
Tadqiqotning maqsadi: kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda tafakkurni shakllantirishga ta’sir etuvchi omillarini nazariy va amaliy jihatdan o‘rganish.
Tadqiqot metodlari: Suhbat, kuzatuv va so‘rovnoma metodi yordamida o‘quvchilarda tafakkurni shakllantirishning psixologik asoslari to‘g‘risida ma’lumot to‘plash, shaxs tafakkurini shakllanganlik xususiyatlarini aniqlash usulini qo‘llash, psixologik trening usullarini qo‘llash, tajriba-sinov ishlari natijalarini matematik statistik usullar yordamida tahlil etish.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi: kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar tafakkurini shakllantirish modelining yaratilganligi, tafakkurning shakllanish diagnostikasini tadqiq etish bo‘yicha qo‘llanilgan psixologik metodikalar asosida amaliyotchi psixologlar uchun ilmiy-amaliy tavsiyalar tayyorlanadi.
Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati: Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar tafakkurini shakllanish diagnostikasini tadqiq etishda qo‘llanilgan psixologik metodikalar, tahliliy ma’lumotlar, psixologik treninglarni qo‘llash yuzasidan ishlab chiqiladigan ma’lumotlar, amalga oshiriladigan tadqiqot natijalari ijtimoiy psixologiya, psixologik xizmat, amaliy psixologiya kabi psixologiya sohalarini nazariy jihatdan boyitishga xizmat qiladi
Tadqiqot ishida kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar tafakkurini shakllanishining diagnostikasini tadqiq etishda qo‘llanilgan psixologik metodikalar, ishlab chiqiladigan tahliliy ma’lumotlarni tarkib toptirish bo‘yicha umumiy psixologiya, ijtimoiy psixologiya bilan shug‘ullanuvchi tadqiqotchilar amaliy faoliyatida keng foydalanishlari mumkin.
Tadqiqot ishining ommalashtirilishi:Tadqiqot mavzu bo‘yicha respublika ilmiy jurnalida 2 ta, konferensiyada 4 ta, xorijiy jurnallarda 2 ta maqola chop etildi.