Ishning uchinchi bobi “Tajriba-sinov ishlarini natijalari va tahlili” deyilib, unda pedagogik tajriba - sinovni otkazishning maqsad va vazifalari; pedagogik tajriba - sinov natijalari va tahlili bayon etilgan.
Boshlangich sinf oquvchilarining ekologik tarbiyasi rivojlantirishga oid tayyorlangan didaktik, tarqatma materiallarni va ularning oziga xos jihatlari hamda oqitish metodlarini zamonaviy talim texnologiyalaridan foydalanib, pedagogik tajriba - sinov jarayonida sinab korish maqullangan. Tanlangan materiallarni pedagogik tajriba - sinov jarayonida amaliyotga tadbiq etish tadqiqot ishining asosiy maqsadi bolib xizmat qilgan.
Tajriba - sinov jarayonida boshlangich sinf oqituvchilari va boshlangich sinf oquvchilari ishtirok etgan. Mazkur sinf oquvchilari tajriba va nazorat sinflariga ajratilgan. Unda jami 180 dan ortiq boshlangich sinf oquvchilari qatnashgan. Tajriba ish boyicha toplangan manbalarni tabiat ekologikasini rivojlantirishga doir oquv materiallarini sinab ko’rish uchun yolga qoyilgan bolib, unda 2-“b” va 3-“d tajriba sinflari, oquv reja boyicha ananaviy tarzda olib boriladigan 2-“a” va 3-“g nazorat sinflariga ajratilgan. Ularning hammasi 2 - 3 - sinf oquvchilari qilib belgilangan.
Pedagogik tajriba - sinov ishlari asosan boshlangich sinf tabiiy fan darslari misolida amalga oshirilgan. Unda olib borilgan pedagogik tajriba - sinov jarayonida suhbat, savol-javob, kuzatish, tajriba, anketa sorovnomalari, zamonaviy ta’lim texnologiyalariga asoslangan metodlardan foydalanilgan.
Magistr Ochildiyeva Gulnoza Baxriddin qizining Boshlangich sinf oquvchilarida atrof-muhitga bolgan ijobiy munosabatni shakllantirish texnologiyasimavzusidagi dissertatsiyasi ishi Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining magistirlik dissertatsiyalariga qoyilgan Nizom talablariga javob beradi. Tadqiqot ishinikeyingi bosqichga tavsiya etish mumkin.
Toshkent davlat pedagogika universiteti Pedagogika fanlari boyicha falsafa doktori (PhD), dotsent N. Normurodova