Termiz davlat pedagogika instituti jismoniy madaniyat fakulteti jismoniy madaniyat yo’nalishi 2-kurs 21-01-guruh talabasi boymurodov shahzodning jismoniy tarbiya gigienasi va sportning fiziologik asoslari fanidan tayyorlagan taqdimoti



Yüklə 22,47 Kb.
tarix13.04.2023
ölçüsü22,47 Kb.
#97182
2SHAX




[Название организации] | [Адрес организации]

TERMIZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI JISMONIY MADANIYAT FAKULTETI JISMONIY MADANIYAT YO’NALISHI 2-KURS 21-01-GURUH TALABASI BOYMURODOV SHAHZODNING JISMONIY TARBIYA GIGIENASI VA SPORTNING FIZIOLOGIK ASOSLARI FANIDAN TAYYORLAGAN TAQDIMOTI
JISMONIY TARBIYA JARAYONIDA MUSKULLAR ISHINI
VEGETATIV TA’MINLASH

REJA:



  1. Tashqi muhutning alohida sharoitlarining sportchi ish qobilyatiga ta’siri




  1. Yuqori haroratli sharoitlarda ish qobilyati,suv va tuzga bo’lgan talabini qoniqtirish.



  1. Sportchining yuqori haroratli sharoitga moslashishi

Sport musobaqalari va mashq qilish jarayonlari hamma vaqt ham organizm hayot uchun qulay sharoitlarda o`tkazavermaydi. Organizmning hayot faoliyati uchun noqulay bo`lgan sharoit fiziologik jarayonlarni o`zgartirish bilan birga fiziologik jarayonlarni ham o`zgartiradi. Atrof muhitning harorat, namligi, gaz tarkibi va boshqalar optimal darajada bo`lganida organizm tarkibidagi organ va sistemalar funktsiyasi o`z me`yorida bo`ladi, kishi o`zining yaxshi xis qiladi, ish qobiliyati ko`tariladi, ishga tez kirishadi, unda charchash kech rivojlanadi, ish unumi ortadi. Yuqori haroratli tashqi muhitning organizmga ta`sirida Yuzaga keladigan jarayonlar faqat harorat oqibatigina bo`lmay, harorat bilan bir qatorda quyosh nuri ta`sirida Yuzaga keladi. Hozirgi zamon tasavvuri bo`yicha quyoshga, o`z-o`zidan boshqariladigan termoyadroli reaktor deb qarash mumkin, unda har soniyada 570 mln. tonna vodorod geliyga aylanadi. Bu jarayon natijasida nihoyatda ko`p nurli energiya hosil bo`lib, uning 0,5 milliard qismi erga etib keladi. Bu energiya ul’trabinafsha (kimyoviy nurlar) va infraqizil (issiqlik nurlari) nurlardan iborat bo`ladi. Quyosh nurlari ko`rish analizatoriga va teri qoplamiga bevosita ta`sir etadi. Bu nurlar kvantlar shaklida o`zlashtiriladi va fotokimyoviy reaktsiyalarni rivojlantiradi. Quyosh nuri ta`sirida terida fizik – kimyoviy va biofizik turdagi o`zgarishlar sodir bo`ladi. Fotoelektr hodisalari shaklidagi jarayonlardan biri – teri sirtining bir yo`la ikkilamchi nurlanish berishi, boshqalar esa, masalan fiziologik funktsiyalarga keyinchalik ta`sir etadigan biokimyoviy moddalari organizmda hosil bo`lishi demakdir. Fotonlar energiyasi oqsil molekulalaridagi atom va molekula bog`lamlariga ta`sir etishdan boshlanadi. Bunday holda yo molekulaning tuzilishi o`zgaradi, yo u qandaydir qismlarga parchalanadi. Yuqori sharoitga moslashuvi reaktsiyasining rivojlanish darajasi, turgan gapki, kishining bunday sharoitda qancha vaqt bo`lishiga bog`liq, bu vaqt qanchalik uzoq bo`lsa, reaktsiya shunchalik takomillashgan bo`ladi. Bundan tashqari moslashish reaktsiyasi sportchining individual hususiyatlariga, jismoniy chiniqqanligiga, shuningdek sportchida oldin shakllangan moslashish reaktsiyalariga ma`lum darajada bog`liq bo`ladi. Har xil balandlikdagi tog` sharoitlarida organizm funktsiyalarinig o`zgarishi. Dengiz satxidan 750 m dan- 1000 m gacha balandlikdagi joylarni past tog`lik, 1000 m – 2500-3000 m gacha balandlik o`rta tog`lik 3000 m dan Yuqorisini baland tog`lik deyiladi. Dengiz satxidan 1000 m gacha balandlikka ko`tarilishda odam organizmida sezilarli o`zgarishlar kuzatilmaydi, bunday balandliklarda al’veola havosi tarkibida kislordning porttsial bosimi dengiz sathidagi darajadan ancha ko`p farq qilmaydi.




Organizm haroratining normal holatdan ortishi a`zolarning va fiziologik sistemalar ishining kuchayishiga, harakat aktivligiga, ish qobiliyatining ortishiga olib keladi. Masalan: razminka mashqlari ta`sirida tana haroratini normadagiga nisbatan 1-1,50 S ga ortishi, Yuqorida ko`rsatilganidaek ijobiy ta`sir ko`rsatadi. Tana haroratining ancha sezilarli ortishi esa fiziologik buzilishga olib keladi. Shiddatli muskul ishi Yuqori haroratdli sharoitlarda bajariladigan oliy asab faoliyati buziladi, bu holatda inson xotirasi va irodasining pasayishida, lanjlik Yuzaga keladi, asab jarayonlari muozanatining, harakat reaktsiyalarining buzilishda va boshqa hollarda namoyon bo`ladi. Tashqi muhitning Yuqori haroratli sharoitida muskulning shiddatli va uzoq muddatli faoliyatidan keyin po`stloq funktsiyalarining tiklanish davri ancha uzoq davom etadi. Tashqi muhit harorati Yuqori bo`lganida, tana haroratining normal bo`lishi organizmda terlash oqibatida amalga oshadi. Teri Yuzasidan 1 gr suvni parchalanishida 580 kalloriya issiqlik sarflanadi. Sport mashqlarida sportchilar 2-3 hatto undan ham ko`p litrgacha ter ajratadilar. Bu mashqdan oldin va mashqdan keyin vaznni o`lchash orqali bilish mumkin. Yuqori haroratli sharoitlarda mashq bajarish orqali sportchi tanasidan bunday miqdorda suv ajratilishini to`qimalarda suvning kamayishiga olib keladi. Muskullarda suvning kamayishi ularning qisqarishi va bo`shashishini yomonlashtiradi.
Yüklə 22,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin