Termiz davlat pedagogika instituti magistranti Salimova Norbodom Muxtorxon qizining 70110501-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi



Yüklə 51 Kb.
səhifə2/2
tarix20.09.2023
ölçüsü51 Kb.
#145463
1   2
tAQRIZ (3)

Tadqiqotning predmeti sifatida boshlang’ich sinf o’quvchilarida orfografik bilimlarni shakllantirish mazmuni, shakl, metod va vositalari belgilangan. Tadqiqotda umumnazariy (analiz, sintez, qiyoslash, solishtirish, umumlashtirish, tasniflash, tizimlashtirish, modellashtirish va boshq.); umumpedagogik (me’yoriy hujjatlar va manbalarni o’rganish, tahlil etish, kuzatish, suhbat, so’rovnoma, test, faoliyat natijalarini o’rganish, pedagogik eksperiment); va natijalarni qiyosiy tahlil etish metodlaridan unumli foydalanilgan.
Dissertasiyaning ,,Ona tili va o’qish savodhonligi darslariga qo’yiladigan talablar va orfogeafik mashqlar o’tkazish’’deb nomlangan birinchi bobida boshlang’ich sinf o’quvchilarida yozuvga oid bilimlarni shakllantirish muammosining ilmiy tadqiqot ishlarida o’rganilganligi hamda o’quvchilarda iqtisodiy tushunchalarni shakllantirishning mavjud holati tahliliga oid ma’lumotlar keltirilgan.
Dissertatsiyaning birinchi bobida yoshlarni kasb-hunarga o’rgatish, ularda iqtisodiy madaniyatni shakllantirish va tadbirkorlik sifatlarini tarbiyalash masalalariga oid Sharq mutafakkirlaridan Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Yusuf Xos Xojib, Alisher Navoiy hamda A.Avloniy kabi jadid mutafakkirlarining pedagogik qarashlari qiyosiy tahlil qilingan. Shuningdek, o’quvchilarning iqtisodiy bilimlarini rivojlantirish, yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga tayyorlash, iqtisodiy ta’limda xalq pedagogikasi namunalaridan foydalanish, o’quvchilarda tejamkorlik sifatlarini shakllantirish, boshlang’ich sinf o’quvchilarida iqtisodiy tushunchalarni shakllantirish, iqtisodiy ta’lim jarayonida modulli ta’lim texnologiyalaridan foydalanish, umumta’lim maktabi va oila hamkorligi asosida o’quvchilarda tadbirkorlik ko’nikmalarini rivojlantirish masalalariga bag’ishlangan Respublikamiz olimlaridan N.Kamolova, M.Artiqova, D.Djurayev, S.Musayeva, X.Umarova, X.Xudoyqulov, G.X.Eshmurovadovalarni ilmiy tadqiqot ishlariga doir ma’lumotlar ham o’z aksini topgan. Interfaol metodlar mazmuni, turlari, o’qitish jarayonida ulardan foydalanish xususiyatlariga doir R.Ishmuhamedov, A.Hayitov, O’.Tolipov, M.Usmonboyeva, D.Ro’ziyevalar muallifligida nashr etilgan darslik va o’quv adabiyotlari mazmuni ham o’rganilgan. Xullas dissertant tomonidan yuqorida nomlari keltirilgan olimlarning ilmiy ishlari o’rganilib tahlil qilingan. Qolaversa, ushbu jihatni foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatida 100 ga yaqin ilmiy manbalar nomi keltirilganligi bilan asoslash mumkin.
Shuningdek, boshlang’ich ta’lim ona tili va o’qish savodxonligi darslarida o’quvchilarda iqtisodiy bilimlarni shakllantirishning mavjud holati tahlil qilinib, boshlang’ich sinf o’quvchilarida iqtisodiy tushunchalarni shakllantirish bosqichlari aniqlashtirilgan.
Dissertatsiyaning ikkinchi bobi “Orfografik mashqlarni tahlil qilishda interfaol metodlardan foydalanish” deb nomlanib, ushbu bobda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida iqtisodiy bilimlarni shakllantirishning o’quv-metodik imkoniyatlari, ona tili va o’qish savodxonligi darslarida o’quvchilarda iqtisodiy tushunchalarni shakllantirish metodikasi hamda darsdan tashqari mashg’ulotlar orqali o’quvchilarda iqtisodiy tushunchalarni shakllantirishning usul va vositalari mazmuni yoritilgan.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining boshlang‘ich sinfida ta’lim oluvchilar yosh xususiyati o‘rganilishi, bolalarda ilk iqtisodiy bilimlarning shakllanishiga turtki bo‘ladigan iqtisodiy atamalar va ular o‘zlashtira oladigan tushunchalarni aniqlash, iqtisodiy ta’lim-tarbiyani pedagogik hamkorlikda, uzviy tashkil etishning samarali shakl, usul, vositalari belgilanishi talab etiladi. Shu maqsadda, avvalo boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yosh xususiyatlari hamda bu yoshda ularda ilk iqtisodiy bilimlarni shakllantirish imkoniyatlarini yoritish o‘rinlidir.
Kuzatishlar natijasida tadqiqotchi quyidagi xulosaga kelgan: umumiy o‘rta ta’lim maktablari boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining jismoniy, ruhiy rivojlanish jarayoni, nutq faolligi, yangi atamalarni qabul qilishdagi o‘xshashliklarini tasdiqlaydi. Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ilk iqtisodiy bilimlarni shakllantirishda ta’lim-tarbiya uzviyligining ta’minlanishi, uning samaradorligini oshiradi, degan xulosaning kelib chiqishiga zamin yaratdi.
Dissertatsiyaning ,,Pedagogik tajriba sinov ishlari’’ deb nomlagan uchinchi bobida tajriba sinov ishlarini tashkil etish va o‘tkazish metodikasi hamda tajriba-sinov ishlari natijalarining tahlili yoritib berilgan. Nazariy qoidalarni tasdiqlash uchun muallif tomonidan eksperimental tadqiqotlar o‘tkazilgan, tadqiqotdan ko‘zlangan maqsad ona tili va o’qish savodxonligi darslarida o’quvchilarda iqtisodiy tushunchalarni shakllantirish samaradorligini aniqlashdan iborat etib belgilangan. Tajriba-sinov ishlarida olingan natijalar qiyosiy tahlil qilinib, maxsus ta’limiy amaliyotning samardorligi asoslangan. Tadqiqot yakunida olingan natijalarga tayangan holda umumiy xulosa va tavsiyalar sihlab chiqilgan.
Umumiy xulosalari va berilayotgan tavsiyalari tadqiqot ishining belgilangan vazifalariga muvofiq bo‘lib, ish mustaqil bajarilgan hamda dissertatsiya tadqiqoti yakunlangan.
Yuqorida bildirilgan tadqiqot ishining ijobiy yutuqlarini inobatga olgan holda dissertatsiya ishi yuzasidan quyidagi mulohazalar bildiriladi:
1. Ishning 1.2-paragrafida boshlang’ich sinf o’quvchilarida to’g’ri yozuvga oid tushunchalarni shakllantirishning pedagogik hamda psixologik xususiyatlari alohida-alohida ajratilib tahlil qilingan, maqsadga muvofiq bo’lar edi.
2. Ishning nazariy qismida iqtisodiy tarbiya bilan bog’liq Islom dini ta’limoti hamda hadislarda qayd etilgan fikr-mulohazalar ham kengroq tahlil qilingan, ishning ilmiy-nazariy ahamiyati yanada oshgan bo’lar edi.
3. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining iqtisodiy tushunchalar mazmuniga doir ma’lumotlarni o’zlashtirganlik darajasini baholash mezonlari qo’shimcha izoh talab etadi.
4. Dissertatsiya matnining ayrim qismlarida tugallanmagan jumlalarning mavjudligini ham qayd etish lozim.
5. Dissertatsiya mazmunida “iqtisodiy tarbiya” va “iqtisodiy ta’lim” tushunchalariga mualliflik ta’riflari ham shakllantirilganda, ishning ilmiy ahamiyati yanada oshgan bo’lar edi
Dissertatsiya ishi yuzasidan ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklar ishning sifati va olingan amaliy natijalar mazmuniga salbiy ta’sir etmaydi, aksincha ularning bartaraf etilishi ishning ilmiy-amaliy qiymatini oshishiga xizmat qiladi.
Xullas, Salimova Norbodom Muxtorxon qizining ,,Ona tili va oʻqish savodxonlik darslarini takomillashtirishda Orfografik mashqlar oʻtkazish’’ mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi mustaqil bajarilgan hamda tugallangan tadqiqot ishi bo’lib, dissertatsiya “Magistrlik dissertatsiya ishlarini rasmiylashtirish to’g’risidagi” Nizom talablari asosida tayyorlangan bo’lib, dissertasiya ishi mazmunan 70110501-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang’ich ta’lim) magistratura mutaxassisligiga mos keladi.
Yuqoridagi mulohazalarni hisobga olib, Salimova Norbodom Muxtorxon qizining ,,Ona tili va oʻqish savodxonlik darslarini takomillashtirishda Orfografik mashqlar oʻtkazish mavzusidagi dissertatsiya ishini ijobiy baholab, tadqiqotchining o’zini 70110501-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang’ich ta’lim) magistratura mutaxassisligi bo’yicha magistr akademik darajasini olish uchun loyiq, deb hisoblayman.


Taqrizchi:
Termiz davlat pedagogika instituti
Dots.v.b.p.f.f.d (PhD): N.Saloxitdinova
Yüklə 51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin