Tadqiqotda qo’llanilgan metodikaning tavsifi: nazariy tahlil, kuzatish, suhbat, bahs-munozara, savol-javob, so’rovnoma anketalari, matematik-statistik tahlil qilish.
Таdqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. Mazkur tadqiqot ishi o’quvchi-yoshlarda xalq og’zaki ijodi na’munalari vositasida mehnatsevarlikni tarbiyalashga bag’ishlanadi. Shuningdek, tadqiqot jarayonida o’quvchi-yoshlarda xalq og’zaki ijodi na’munalari vositasida mehnatsevarlikni tarbiyalashning didaktik ta’minoti ishlab chiqiladi. Ushbu tadqiqot o’quvchi-yoshlarda xalq og’zaki ijodi na’munalari vositasida mehnatsevarlikni tarbiyalashning mazmuni, metodi, shakl va vositalari to’g’risidagi mavjud tasavvurlarini kengaytiradi.