Termiz davlat universi



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə17/19
tarix22.05.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#119711
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
nnnnnnnnnnnnnnnnnnnnnn

Amaliy ahamiyati. Ko‘lvor ilon zahari dorivor vositalar tarkibiga kiradi. Tijorat preparatlari AO’O, fosfodiesteraza va L-aminokislotalar oksidazasi olish manbaidir, shuningdek, qon ivish bilan bog‘liq kasalliklarda diagnostik preparatlar sifatida ishlatiladi.

30
2.2 Ilonlar zaharlarining qiyosiy tavsifi



Ilonlar zaharlari - biologik faol birikmalar: fermentlar (asosan gidrolazalar), toksik polipeptidlar bo‘lib, o‘ziga xos biologik xossaga ega qator oqsillar (asablaming o‘sish faktori - AO‘F, antikomplementar faktorlar), shuningdek anorganik komponentlarning murakkab kompleksidir. Ko‘pchilik fermentlar turli oilaga mansub ilonlar zahri uchun umumiy bo‘ladi, masalan, fosfolipaza D2, gialuronidaza, L - aminokislotalar oksidazasi, fosfodiesteraza, 5-nukleotidaza va boshqalar, bu esa zaharli bezlaming ovqat hazm qilish tizimi ekzokrin bezlari bilan filogenetik bog‘liq ekanini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, u yoki bu sistematik gumh ilonlar zaharlarining farqlari ham mavjud. Masalan, aspid va dengiz ilonlari zahri tarkibiga asab-mushak sinapslarida qo‘zg‘alishni uzatishni buzuvchi, shu bilan skelet va nafas olish muskulaturasining kuchsiz falajini keltimvchi toksik polipeptidlar (neyrotoksinlar) bo‘ladi. Zaharlangan hayvonlar va odamlar o‘limi odatda nafas olishning to‘xtashi natijasida sodir bo‘ladi. Ushbu zaharlarda, shuningdek, asetilxolinesteraza bo‘lib, u asetilxolinni parchalaydi va falajni kuchaytiradi.
Aksincha, qorailonlar va chuqurchaboshi ilonlarda asetilxolinesteraza bo‘lmaydi, ammo tripsino, trombino va kallikreinosimon ta’sirga ega proteolitik fermentlar ko‘p uchraydi. Ushbu zaharlar bilan zaharlanganda tomirlar o‘tkazuvchanligining oshishi va qon ivishining kamayishi hisobiga gemorragik shishlar rivojlanadi. Bizning faunadagi ilonlar (ko‘lvorilon, charxilon, qalqontumshuq) zaharlari keltirib chiqaradigan koagulopatiyaning og‘ir shakllaridan biri sifatida qonning tomir ichida disseminirlangan ivishini (DVS-sindrom) misol qilib olish mumkin. Zahar enzimlari ta’sirida to‘qimalardan biologik faol moddalar (gistamin, bradikinin, endor-fin) ajralishi natijasida AB pasayishi, tomirlar o‘tkazuvchanligi oshishi, mikrotsirkulyatsiya buzilishi natijasida to‘qimalar trofikasi buzilishi kuzatiladi. Zaharlaming to‘qima va a’zolarga bevosita ta’siri autofarmakologik reaksiyalar bilan birgalikda boradigan va o‘zaro bog‘liq patologik jarayonlar zanjirining rivojlanishiga olib keladi, bu ilon zahri bilan zaharlanishning o‘ziga xosligini tavsiflaydi.

31



Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin