Nazorat savollar. Axborot- ma'lumotnomali tizimlar haqida gapirib bering.
Axborotni izlash tizimlari haqida gapirib bering.
Ma'lumotlarni tezkor qayta ishlash tizimlari haqida gapirib bering.
A d a b i yo t l a r В. П. Косарёв, Л. В. Ерёмин, О. В. Машникова, Е. Л. Шуремов, Н. Н. Голубева и др. Экономическая информатика. Учебник. Москва. Финансы и статистика, 2001, с. 523.
Milliy iqtisodda axborot tizimlari va texnologiyalari. Oliy o`quv yurtlari talabalari uchun qo`llanma. (Mualliflar: R.X.Alimov, B.Yu.Xodiev, K.A.Alimov va boshqalar; S.S. G`ulomovning umumiy tahriri ostida.) - T. «Sharq», 2004. – 320 b.
II-BO’LIM. MUSTAQIL TA’LIM
KIRISH
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida chuqur nazariy va amaliy bilimlar bilan bir qatorda tanlagan sohasi bo’yicha mustaqil faoliyat ko’rsata oladigan, o’z bilimi va malakasini mustaqil ravishda oshirib boradigan, masalaga ijodiy yondoshgan holda muammoli vaziyatlarni to’g’ri aniqlab, tahlil qilib, sharoitga tez moslasha oladigan mutaxassislarni tayyorlash asosiy vazifalardan biri sifatida belgilangan.
Tajribalar shuni ko’rsatadiki, talaba mustaqil ravishda shug’ullansa va o’z ustida tinimsiz ishlasagina bilimlarni chuqur o’zlashtirishi mumkin. Talabalarning asosiy bilim, ko’nikma va malakalari mustaqil ta’lim jarayonidagina shakllanadi, mustaqil faoliyat ko’rsatish qobiliyati rivojlanadi va ularda ijodiy ishlashga qiziqish paydo bo’ladi.
Talabamustaqilishi– muayyan fandan o’quv dasturida belgilangan bilim, ko’nikma va malakaning ma’lum bir qismini talaba tomonidan fan o’qituvchisi maslahatlari va tavsiyalari asosida auditoriyada va auditoriyadan tashqarida o’zlashtirilishiga yo’naltirilgan tizimli faoliyatdir.
Mustaqil ta’limning asosiymaqsadipedagog-xodimning rahbarligi va nazorati ostida talabada muayyan o’quv ishlarini mustaqil ravishda bajarish uchun zarur bo’lgan bilim va ko’nikmalarni shakllantirish va rivojlantirishdir.
Mustaqil ta’limning vazifalariquyidagilardan iborat:
kerakli ma’lumotlarni izlab topish, bilim olish va uni mustahkamlashning qulay usullari va vositalarini aniqlash;
axborot manbalari va manzillaridan samarali foydalanish;
an’anaviy o’quv va ilmiy adabiyotlar, me’yoriy hujjatlar bilan ishlash;
elektron o’quv adabiyotlar va ma’lumotlar banki bilan ishlash;
yangi bilimlarni mustaqil tarzda puxta o’zlashtirish ko’nikmalariga ega bo’lish;
Internet tarmog’idan maqsadli foydalanish, berilgan topshiriqningratsional yechimini belgilash;
ma’lumotlar bazasini tahlil etish;
ish natijalarini ekspertizaga tayyorlash va ekspert xulosasi asosida qayta ishlash, topshiriqlarni bajarishda tizimli va ijodiy yondoshish;
ishlab chiqilgan yechim, loyiha yoki g’oyani asoslash va mutaxassislar jamoasida himoya qilish.
“Axborot tizimlari va texnologiyalari ” fanidan mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarish bo’yicha ushbu uslubiy ko’rsatma Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2009-yil 14- avgustdagi 286-sonli buyrug’iga ilova qilingan “Talabalar mustaqil ishini tashkil etish va nazorat qilish bo’yicha yo’riqnoma” va boshqa huquqiy hujjatlar va adabiyotlar asosida tayyorlandi.