Termiz Davlat Universiteti Arxitektura va Qurilish fakulteti


Keramzit ishlab chiqarish texnologiyasi



Yüklə 107,25 Kb.
səhifə3/4
tarix22.05.2023
ölçüsü107,25 Kb.
#119618
1   2   3   4
Keramzit ishlab chiqarish usullari

Asosiy bulim

Keramzit ishlab chiqarish texnologiyasi


Keramzit ishlab chiqarish texnologiyasi quyidagi asosiy jarayonlardan iborat:

  • xomashyoni kondan qazib olish va korxonaning zahira omboriga jo‘natish;

  • xomashyoni qayta ishlash va kerakli o‘lcham, bir jinsli keramik massaga ega xom granulalarni tayyorlash;

  • xom granulalarga termik ishlov berish, ya’ni isitish, kuydirish va sovitish natijasida tayyor mahsulot olish;

  • olingan mahsulotni navlarga ajratish yoki zichligi bo‘yicha taqsimlash;

  • g‘ovak to‘ldiruvchi (keramzit shag‘ali)ni omborlarga joylash.

Gil xomashyosini qazib olishda bir cho‘michli va ko‘p cho‘michli ekskavatorlar ishlatiladi. Yumshoq gilli jinslar kondan mavsumiy qazib olinadi, toshsimon gilli jinslar esa yil bo‘yi qazib olinadi. Gil xomashyosi gil saqlagichlarda yoki maxsus konuslarda saqlanadi.
Xomashyoni qayta ishlash usuli xomashyoning xususiyatlaridan kelib chiqiladi, g‘ovak to‘ldiruvchilarning sifati esa termik ishlov berish rejimiga bog‘liq. Keramzit shag‘ali ishlab chiqarishning to‘rtta asosiy texnologiyasi mavjud: quruq, plastik, poroshok-plastik va ho‘l(shliker).
Quruq usul-toshsimon gilsimon xomashyolar (zich quruq gilsimon jinslar, gilsimon slanslar) bo‘lganda qo‘llaniladi. Bu usul juda oddiy bo‘lib, xomashyo mahsulot maydalanadi va aylanma pechga kuydirish uchun yuboriladi. Dastlab juda mayda donalar elab olinadi va o‘ta yirik bo‘laklar esa qo‘shimcha maydalanadi. Bu usul agar xomashyo bir jnsli bo‘lsa, xavfli qo‘shimchalar bo‘lmasa va yuqori ko‘pchish koeffitsientiga ega bo‘lsagina o‘zini oqlaydi. Xom donalarning namligi 9% dan oshmasligi kerak.



Keramzit olishning keng tarqalgan usuli bu plastik usulidir. Yumshoq gilli xomashyo bu usulda nam holatda valslarda, gil aralashtirgichlarda va boshqa agregatlarda qayta ishlanadi (g‘isht ishlab chiqarish kabi). Plastik gilli massadan lentali shnekli pressda yoki teshikli valslarda silindr shaklidagi xom granulalar tayyorlanadi, bu granulalar keyingi transportyorda uzatishda va qayta ishlov berishda yumaloq shaklga ega bo‘ladi. Xom granulalarning sifati tayyor keramzit shag‘alining sifatini belgilaydi. Shu sababli gilli xomashyoni yetarlicha qayta ishlash, bir xil o‘lchamli zich granulalarni olish zarur. Granulalarning o‘lchami berilgan xomashyoning ko‘pchish koeffitsienti va


keramzit shag‘alining talab etilgan yirikligi bo‘yicha o‘rnatiladi. Gilning fiziko-mexanik namligi va dispresligi xususiyatlaridan kelib chiqib qayta ishlovchi uskunalar tanlanadi. Xomashyoni qayta ishlashdagi energiya sarfi uning dispresligini ortishi va namligining kamaytirishga qarab oshadi. Asosan gilni ishlov berishda namligi 18-28% ni tashkil etadi. Namligi 20% bo‘lgan granulalar to‘g‘ri aylanma pechga yuborilishi mumkin yoki aylanma pechdan chiqadigan issiq gazlarni qabul qiluvchi issiqlik almashuvi agregatlarda va quritish barabanida dastlabki quritiladi. Pechning ishlab chiqarish mahsuldorligi granulalarni oldindan quritish natijasida oshadi. Plastik usulda keramzit ishlab chiqarish quruq usulga nisbatan ko‘proq sarmoyani va energiya sarfini talab etadi. Biroq gilli xomashyoning tabiiy strukturasining buzilishi, gomogenizatsiyasi va qo‘shimchalar kiritilishi uning ko‘pchish koeffitsientini oshishiga olib keladi.
Keramzit ishlab chiqarishning poroshok (kukun) -plastik usuli yuqorida keltirilgan plastik usulidan farqi shundaki, gil xomashyodan tuyib kukun olinadi so‘ngra suv qo‘shib plastik gilli massadan granulalar ishlab chiqariladi. Gilni to‘yish qo‘shimcha mablag‘ni talab etadi. Bundan tashqari agar xomashyo yetarlicha quruq bo‘lmasa, u holda uni to‘yishdan oldin quritiladi.
Quyidagi bir nechta holatlarda xomashyo tayyorlashning bu usuli o‘zini oqlaydi: agar xomashyo tarkibi bo‘yicha bir jinsli bo‘lmasa, u holda uni kukun holatida aralashtirish va so‘ndirish oson kechadi; agar qo‘shimcha kiritiladigan bo‘lsa, u holda to‘yish vaqtida kiritish bir tekis taqsimlanadi; agar xomashyoda xavfli qo‘shimchalar bo‘lgan ohak va gips donalari mavjud bo‘lsa, unda tuyilgan holatda butun hajm bo‘yicha ular xavf tug‘dirmaydi; xomashyoni bunday puxta qayta ishlash uning ko‘pchishini yaxshilasa, u holatda chiqadigan yuqori sifatli keramzit sarflangan xarajatlarni oqlaydi.
Xo‘l (shliker) usulida gillar maxsus katta sig‘imlar- gilaralashtirgichlarda suv bilan qayta ishlanadi. Olingan loysimon massaning namligi taxminan 50% ni tashkil etadi. Bu massa nasos yordamida shlambasseynga va undan aylanma pechga uzatiladi.
Bu holatda aylanma pech qismiga osma zanjirli parda o‘rnatiladi. Bu zanjirlar issiqlik almashinuvini ta’minlaydi: ular pechdan chiqayotgan issiq gazlar tasirida qiziydi va loy massani quritadi, undan so‘ng quriyotgan “bo‘tqani” granulalarga aylantiradi, shundan so‘ng bu granulalar
quriydi, qiziydi va kupchiydi. Bu usulning asosiy kamchiligi bu ko‘p yoqilg‘i sarfi, ya’ni shlikerning dastlabki yuqori namligi hisobiga. Afzalligi xomashyoni bir jinslilikka keltirish, qo‘shimchalarni oson va bir tekisda kiritish, xomashyodan oxak donalarini va toshsimon qo‘shimchalarni yo‘qotishning soddaligi hisoblanadi. Bu usul gilning kondagi namligi yuqori bo‘lganda tafsiya etiladi. Ho‘l usul gilning gidromexanizatsiyalashgan qazib olishda va keramzit ishlab chiqarish korxonasiga suyuq loy shakldatrubalarda uzatishda ham qo‘llaniladi.

    1. Yüklə 107,25 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin