Termiz davlat universiteti botanika kafedrasi



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/30
tarix21.07.2022
ölçüsü0,9 Mb.
#62857
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Botanikadan Amaliy mashg\'ulotlar

Ishni bajarish tartibi. G‘o‘za gulidan yetilgan changchi pinset yordamida uzib olinadi
uni marjon daraxti o‘zagi orasiga olib, ustarada changdondan ko‘ndalang kesmalar olinadi. Bu 
kesmalari bittasi buyum oynasidagi glitserin tomchisiga solinadi, so‘ngra mikroskopning kichik, 
keyin esa katta qilib ko‘rsatadigan obyektivida tekshiriladi. G‘o‘za guli changdonining 
ko‘ndalang kesimi mikroskopda tekshirilganda, uning to‘rt xonadan jiborat ekanligi ko‘rinadi. 
Changdonning markaziy qismida ikkala changdonni ulab turadigan ulagich bo‘ladi. Ulagich 
markaziy parenxima to‘qimadan iborat bo‘lib, unda bitta o‘tkazgich bog‘lam joylashgan. 
Changdon sirt tomondan epiderma va kutikula bilan qoplangan. Changdon uyalarining devori 
fibroz deb ataladigan qavat bilan qoplangan bo‘lib, ichi gul changlari bilan to‘la bo‘ladi. G‘o‘za 
gulining changida har bir chang sirti ekzina deb ataladigan qalin,po‘st bilan o‘ralgan bo‘ladi. 
Ekzina qavatining sirtida tikan singari o‘siqlar bo‘ladi va o‘siqlar yordamida chang urug‘chi 
tumshuqchasida yaxshi ushlanib turadi. Changing ba’zi joylarida teshikchalar ham bo‘ladi. 
Voyaga yetgan chang vegetativ - katta, generativ - kichik hujayralardan iborat bo‘ladi. Yetilgan 
chang o‘sishida undagi intina chang naychasini hosil qiladi, bu naycha ekzina (po‘st) teshigi 
orqali tashqariga chiqadi. Generativ hujayra esa bo‘linib, ikkita spermiy hosil qiladi. G‘o‘za guli 
changining rasmi daftarga chizib olinadi va uning qismlari yozib qo‘yiladi. Urug‘chi - 
ginetseyning tuzilishi. Gul markazida bir yoki bir nechta urug‘chi joylashadi. Har bir urug‘chi 
bitta yoki bir nechta birikkan urug‘chi bargdan rivojlanadi. Urug‘chi uch qismdan: og‘izcha, 
ustuncha va tugunchadan iborat. Tuguncha urug‘chining asosiy qismi hisoblanadi. Urug‘chi 
bargining yuqorisi, odatda, birikmasdan ochiq qoladi, ya’ni tumshuqchaga aylanadi. 
Tumshuqcha qirralari tuguncha xo’nalarining sonini bildiradi. Ogizchaning vazifasi chang qabul 
qilishdir.
Urug‘chi - ginetseyning tuzilishi. Gul markazida bir yoki bir nechta urug‘chi joylashadi. Har bir 
urug‘chi bitta yoki bir nechta birikkan urug‘chi bargdan rivojlanadi. Urug‘chi uch qismdan: 
og‘izcha, ustuncha va tugunchadan iborat. Tuguncha urug‘chining asosiy qismi hisoblanadi. 
Urug‘chi bargining yuqorisi, odatda, birikmasdan ochiq qoladi, ya’ni tumshuqchaga aylanadi. 
Tumshuqcha qirralari tuguncha xo’nalarining sonini bildiradi. Ogizchaning vazifasi chang qabul 
qilishdir. Tuguncha bilan tumshuqcha orasida ustuncha joylashadi. Tuguncha gul o‘mida qanday 
joylashishiga qarab yuqorigi, pastki va o‘rta tuguncha deb ataladi. Ustki tugunchada gul qismlari 
tuguncha ostiga o‘rnashadi. Buni olcha, o‘rik gullarida ko‘rish mumkin. Pastki tugunchada, 
aksincha, gul bo‘laklari tuguncha o‘miga joylashadi. Masalan, qoqio‘tda, behida, olmada. 
Tuguncha hosil qiluvchi urug‘chi barglari soniga qarab bir xonali, ikki xonali va ko‘p xonali 


bo‘lishi mumkin. Tugunchaning ichki bo‘shlig‘ida urug‘kurtaklar joylashgan. Urug‘kurtaklar 
soni o‘simliklarda turlicha, masalan, ko‘knorida bir necha ming bo‘lishi mumkin. Gul urug‘chi 
va changchisining bor-yo‘qligiga qarab, bir jinsli, yoki ikki jinsli bo‘ladi. Ikki jinsli gullarda 
chanchi ham urug‘chi ham bo‘ladi. Bir jinslilarda esa yo urug‘chi, yo changchi bo‘ladi. 
Masalan, qovoq, qovun, makkajo‘xori guli ayrim jinsli gullarga kiradi. Ayrim jinsli gullar bitta 
o‘simlikda joylashsa, bir uyli o‘simliklar deb ataladi. Masalan: qarag‘ay, tarvuz, yongoq, qovun. 
Agar changchi guli bir o‘simlikda, urug‘chi gul ikkinchi o‘simlikda bo‘lsa, ikki uyli o‘simlik 
deyiladi. Masalan: pista, nasha, tol, terak, zarang daraxti va boshqalar. 

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin