Termiz davlat universiteti botanika kafedrasi



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/30
tarix21.07.2022
ölçüsü0,9 Mb.
#62857
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Botanikadan Amaliy mashg\'ulotlar

Ishni bajarish tartibi. 
 
Markaziy silindr endoderma bilan chegaralangan peritsikl, o’tkazuvchi elementlar sistemasi va 
o’zakdan tashkil topgan. Peritsikl birlamchi yon meristema hisoblanib, u kambiy hujayralari
qo’shimcha ildizlar yoki kurtaklani hosil qiladi. Ko’pchilik o’simliklarda peritsikl butunlay 
mexanik to’qima yoki asosiy to’qima hujayralariga ajralib ketadi. Markaziy silindrning 
o’tkazuvchi elementlari o’sish konusidagi maxsus qism, prokambiydan rivojlanadi. Prokambiy 
birlamchi meristemaning ba’zi hujayralarini bo’yiga bo’linish natijasidan kelib chiqadi. O’ziga 
xos ingichka va cho’ziq, quyuq, donador sitoplazma bilan to’lgan hujayralar to’dasi paydo 
bo’lib, ular poyaning markaziga qarab birlamchi yog’ochlik elementlari, chekkalarda esa 
birlamchi lub elementlarini hosil qiladi. Markaziy silindrning ichki qismi o’zakni tashkil etuvchi 
parenxima to’qima hujayralaridan iborat. O’zakning bo’lishi poyaning ildizdan farq qiluvchi 
xarakterli belgisidir. Poyaning o’zak qismi parenxima hujayralaridan tashkil topgan.U birlamchi 
o’zak nurlari orqali birlamchi po’stloq bilan bog’lanadi. O’zak ba’zi o’simliklarda qisman yoki 
butunlay yemirilib ketadi. Bunda poyaning o’rtasi bo’shliqdan iborat bo’lib qoladi. O’sish 
konusida prokambiy turlicha shakllanishi mumkin. Uning shakllanishi va keyingi taraqqiyoti bir 
pallali o’simliklar poyalarining o’tkazuvchi boylamlarini tuzilishi va joylashish xarakterini 
belgilaydi.
Kambiy. Kambiy yupqa qobiqqa ega bo’lgan cho’ziq to’g’ri to’rburchak shakldagi 
hujayralardan iborat. Uning tangental yo’nalishida bo’linishi natijasida yog’ochlik va lub 
elementlari hosil bo’ladi. Shuni ta’kidlab o’tish lozimki, yog’ochlik elementlari ko’proq sonda 
hosil bo’ladi. Kambiy halqasida hujayralar soni ortishi ularning radial yo’nalishida bo’linishi 
hisoblanib, natijada poyaning cheksiz yo’g’onlashish imkoni yaratiladi. Kambiyning ishlash 
faoliyati yil davomida bir xil emas. U ayniqsa bahor faslida ancha aktiv bo’lib, keyinchalik uning 
faoliyati sekin-asta susayadi va kuzga borib butunlay to’xtaydi. Poyaning ikkilamchi tuzilishi. 
Poyaning ikkilamchi tuzilishiga o’tishi uning birlamchi tuzilish xususiyati bilan chambarchas 
bog’liq va u uchta asosiy turga ajratiladi: boylamli. Oraliq va boylamsiz. Daraxt o’simliklar bilan 


o’t o’simliklar poyalarining ikkilamchi tuzilishida ham o’ziga xos farqlar kuzatilib, u 
poyalarning har xil muddatlarda hayot kechirishi bilan bog’liq. O’rtacha kengliklardagi bir yilik 
o’t o’simliklarda har yili vegetatsiya davrining oxirida poyasi qurib qoladi. Daraxtlar poyasi esa 
ko’p yillik umr ko’radi.
-rasm. Javdar poyasining ko’ndalang kesimi. 1- epiderma; 2-sklerenxima; 3- xlorenxima; 4- 
yopiq kollateral bog’lam; 5- asosiy parexmima; 6- bo’shliq. 

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin