Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti


Хужалик хисобида кулланиладиган улчов бирликлари



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə4/41
tarix18.04.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#99549
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
buxgalteriya hisobi nazariyasi

Хужалик хисобида кулланиладиган улчов бирликлари




| Натура улчови | [

^1ул улчов бирлиги

] | Мехнат улЧов бирлиги


Hisobda natura, mehnat va pul o‘lchovlaridan foydalaniladi. Natura tabiiy o‘lchovlari xo‘jalik mablag‘lari va ularning ish jarayonidagi xarakatlarini natura xolida ifodalash uchun xizmat qiladi. Natura o‘lchovlarini qo‘llash hisobga olinaetgan ob’ektning xususiyatla-ridan, ya’ni uning fizik va iste’mol xossasidan fark qiladi. Masalan, hisob ob’ektlari: ogirlik birligida (gramm, kilogramm, sentner, tonna,); xajm birligida (metr, kubometr); o‘zunlik birligida (santimetr, metr); hisob birligida (dona, bosh) va boshqalarda ulchanadi.
Mehnat o‘lchovlari ma’lum mahsulotni ishlab chiqarish yoki boshqa biror ishni bajarish uchun sarflangan ish vaqtini aniqlash uchun xizmat qiladi. Mehnat o‘lchovining asosida ma’lum bir mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflanadigan vaqt birligi me’eri yoki biron- bir ishni bajarishga sarflanadigan vaqt me’eri etadi. Mehnat o‘lchovlariga misol sifatida kishi- kunini, kishi-soatini keltirish mumkin.
Pul o‘lchovidan korxona, tashkilot va muassasalarning xo‘jalik mablag‘larini va ularning manbalarini, shuningdek xo‘jalik jarayonlarini hisobga olish va ular ustidan nazorat o‘rnatish maksadida umumlashgan ma’lumot olish uchun foydalaniladi (sum va tiyin ko‘rsatgichlarida). Pul o‘lchovining mavjudligini tovar ishlab chiqarish va qiymat konunining xarakati takazo etadi.
Moddiy o‘lchov ma’lumotlarni sanash, tortish, o‘lchash yo‘li bilan olish uchun xizmat qiladi. Bu uzunlik (metr, santimetr, millimetr), og‘irlik (gramm, kilogramm, tonna), hajm (kvadrat metr, litr, kubometr) va boshqa o‘lchamlardir. Ulardan qaysi birini tanlash hisobga olinadigan ob’ektlarning xususiyatiga bog‘liq. Moddiy o‘lchovlardan asosan tovar moddiy qiymatliklarning miqdorini hisobga olishda foydalaniladi. Ular zaxiralar darajasining eng muvofiqligi va moddiy resurslarning but saqlanishi ustidan nazorat qilishda alohida ahamiyat kasb etadi. Materiallarning har xil sortlarini va nomlari bo‘yicha hisobga olishda ulardan foydalanish nafaqat miqdoriy ko‘rsatkichlarini bera qolmay, shu qiymatliklarning sifat tavsifini ham beradi. Lekin ulardan faqat bir turdagi buyumlarni hisobga olish uchun foydalanish mumkin. Har xil bo‘lgan predmetlarning natura ko‘rsatkichlarini jamlash mumkin emas.
Demak, moddiy o‘lchovlari yordamida korxonaning moddiy qiymatliklarini tavsiflovchi umumlashtirilgan ko‘rsatkich olinishi mumkin emas.
Mehnat o‘lchovi sarflangan mehnat miqdorini hisoblab chiqish uchun qo‘llaniladi va kishi- kuni, kishi-soati birliklarida ifodalanadi. Mehnat o‘lchovi yordamida mehnat unumdorligi ko‘rsatkichlari, korxona xodim-larining ish haqi hisoblab chiqiladi, ishchilarning ishlab chiqarish normalari belgilanadi va nazorat qilinadi. Bu o‘lchov ko‘pincha moddiy o‘lchovi bilan birgalikda qo’llaniladi. Masalan, ishlab chiAarishning normalarini bajarilishini nayurat qilishda mahsulotning u yoki bu miqdorini ishlab chiqarishuchun qancha vaqt sarflanayotganligi hisoblab chiqiladi; mehnat unumdorligini hisoblab chiqishda - ularning vaqt birligvdagi (kun, soat) ishlab chiqarish miqsori qancha ekanligi va hokazolar hisoblab chiqiladi. SHunday qilib, mehnat o‘lchovi yordamida u yoki bu jarayondagi mehnat sarflarining samaradorligi aniqlanadi.
Natura o‘lchovlaridan farqli o‘laroq, mehnat o‘lchovlari ayrim hollarda, masalan, mahsulotning har xil turlarini ishlab chiqarishga qilingan mehnat sarflari miqdorini aniqlash uchun foydalaniladigan normalashtirilgan vaqt ko‘rsatkichlarini hisoblab chiqish yo‘li bilan har xil bo‘lgan hajmlarni o‘zaro solishtirish imkonini beradi.
Ish vaqtidan universal o‘lchov birligi sifatida mehnat sarflarini bevosita hisobga olish uchun foydalaniladi.
Qiymat o‘lchovi hisob ob’ektlarini yagona, bir xil ifodalashda qo‘llaniladi. O‘zbekiston Respublikasida pul o‘lchovi vazifasini so‘m va uning qismi bo‘lgan tiyin bajaradi. Qiymat o‘lchov yordamida har xil bo‘lgan xo‘jalik mablag‘lar va jarayonlarning umumlashtirilgan ko‘rsatkichlari, masalan, korxonadagi har xil materiallarning umumiy hajmi yoki undagi ishlab chiqarilayotgan mahsulotga qilingan barcha xarajatlarning umumiy summasi hisoblab chiqiladi.
Qiymat o‘lchovidan foydalanish qiymat qonunining mavjudligi bilan belgilanadi, chunki unda xo‘jalik faoliyatining eng muhim ko‘rsatkichlari faqat pul shaklida ifodalanishi mumkin.
Qiymat o‘lchovi yordamida korxona faoliyatini rejalashtirish hamda korxona va uning tarkibiy qismi faoliyati natijalari ustidan nazorat amalga oshiriladi. U korxona va tashkilotlarning kredit va hisob-kitob aloqalarini ifodalovchi vosita bo‘lib hisoblanadi.
Binobarin, pul o‘lchovi xo‘jalik faoliyatining eng muhim bo‘lgan miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlari hisoblangan ishlab chiqarish hajmi, foyda, rentabellik, likvidlik korxonaning to‘lov qobiliyati va boshqa ko‘rsatkichlarni hisoblab chiqish uchun zarurdir. Qiymat o‘lchovi hisobda ko‘pincha moddiy va mehnat o‘lchovlari bilan birgalikda qo‘llaniladi.
2. Hisobning predmeti, vazifalari va uning turlari

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin