Sotish qiymati. Tugatish qiymati — asosiy vositalarning foydalanish muddati tugashi natijasida vujudga kelishi mo‘ljallanayotgan qiymatdan, hisobdan chiqarish bo‘yicha kutilayotgan xarajatlar ayirmasidir. Balans qiymat. Korxona aktivlarining balans qiymati bu hisobot davri oxirida domiy schyotlarda aks ettriligan qiymat bo‘lib, bu qoldiq qiymatni anglatadi. Qoldiq qiymat — bu asosiy vositalarning boshlang‘ich yoki joriy qiymat bilan jamg‘arilgan amortizatsiya summasining farqidir. Kalkulyasiyaning maqsadi va vazifalari. Kalkulatsiya — tannarxni aniqlash demakdir. Tannarx deganda mahsulot tayyorlash yoki xizmat ko‘rsatish uchun ketgan xarajatlarning puldagi ifodasi tushuniladi. Ushbu usuldan korxona mulklaridan ba’zilarining hisobini yuritishda foydalaniladi. Masalan, ishlab chiqarilgan mahsulot, material tannarxini aniqlash. Kalkulyasiya turlari: smeta, rejali, normativ, hisobotBuxgalteriya hisobining ushbu usuli boshqa usullar bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan. Umuman, e’tibor berilsa, buxgalteriya hisobining hamma usuli ham o‘zaro uzviy bog‘langan. Kalkulatsiya usulining schyotlar tizimi bilan bog‘liqligi shundaki, kalkulatsiya qilinishi talab etilayotgan mablag‘ bilan bog‘liq xarajatlar tegishli schyotlarda aks ettiriladi. Asosiy mablag‘larni baholash. Asosiy vositalarning yuqorida sanab o‘tilgan baholash natijasida vujudga keladigan qiymatlari buxgalteriya hisobi milliy standartining (BHMS) 5-sonli standartida keltirib o‘tilgan. Xo‘jalik mablag‘lari baholanayotganda haqiqiylik va bir xillik prinsipiga rioya qilinishi shart. Haqiqiylik prinsipi xo‘jalik mablag‘larining so‘mda baholanilishini to‘g‘ri amalga oshirilishini talab etadi. Xo‘jalik mablag‘larining baholanishida bir xillik prinsipi quyidagicha namoyon bo‘ladi. Joriy hisobda mablag‘ qanday baholangan bo‘lsa, balans va hisobotning boshqa shakllarida aks ettirilganda ham shu bahoda ko‘rsatilishi shart.