Termiz davlat universiteti magistratura bo`limi 70220301 – Tarix (yo’nalish va faoliyat turi bo’yicha) I kurs magistranti To`ramurodov Jo`rabekning IV semistr davomida bajargan o`quv va ilmiy ishlari haqidagi
Termiz davlat universiteti magistratura bo`limi 70220301 – Tarix (yo’nalish va faoliyat turi bo’yicha) I kurs magistranti To`ramurodov Jo`rabekning IV semistr davomida bajargan o`quv va ilmiy ishlari haqidagi HISOBOTI
Ilmiy amaliyot jarayonida 4-semstr uchun mo`ljallangan barcha soatlarni bajardim. 02.02.2023 yildan boshlab kafadramga kelishni boshladim.
1-haftada ko`rsatib o`tilgan Jahon tarixi kafedrasining ichki mehnat tartibi qoidalari, mehnatni muhofaza qilish qoidalari, tajriba orttirish o‘tashning talab va shartlari, tashkilotning tashkiliy tuzilmasi, funksiyalari, faoliyat yo‘nalishlari bilan tanishishdim va o`rganib chiqdim. O`rganish jarayonimda ichki mehnat tartib qoidalarini kafedrada xodimlarga nisbatan: mehnat shartnomasini tuzish, o`zgartirish va bekor qilish, ish vaqti va dam olish vaqtidan foydalanishni;
Talabalar, magistrlar, tinglovchilarga (keyingi o‘rinlarda matnda – ta'lim oluvchilar deb yuritiladi) nisbatan: o‘qish jarayonini tashkil etishni, ularni o‘qishga qabul qilishni, boshqa ta'lim yo‘nalishiga o‘qishini ko‘chirishni, qayta tiklashni va o‘qishdan chetlashtirishni, homiladorlik va tug‘ish ta'tillaridan, bola parvarishlash ta'tillaridan foydalanishni, mehnat va o‘quv intizomini, ish beruvchi bilan xodim hamda ta'lim oluvchilar o‘rtasida yuzaga keladigan boshqa huquqiy munosabatlar masalalarini tartibga soladigan asosiy normativ hujjat hisoblanadi.
Qoidalar kafedraning xodimlari va talabalari kasaba uyushma qo‘mitasi bilan kelishib, rektor tomonidan tasdiqlangan kundan boshlab kuchga kiradi va kafedrada qo‘llaniladi.
Qoidalarga rioya qilish ish beruvchi, xodim hamda ta'lim oluvchilar uchun majburiy hisoblanadi, uni bajarmaslik qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Barcha faoliyat yuritadigan ishchi hodimlardan tortib prorektorlarni vazifalari va insonni himoyalashga bo`lgan korsatib o`tilgan va ish beruvchi (rektor) ning majburiyatlari ko`rsatib o`tilgan. Shularni o`rganib tahlil yozdim va ilmiy amaliyot papkamga joyladim.
Kafedra professor-o’qituvchilaring darslarni kuzatib va tahlil yozdim.
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabalari uchun yaratilgan O‘UM bilan tanishdim va tahlil qildim. Bakalavriat ta’lim yo‘nalishida ma’ruza mashgʻulotlarini olib borishga tayyorgarlik ko`rdim fan o`qituvchi hamkorligida ma`ruza mashg`ultini olib bordim. Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabalari tuzilgan ishchi dastur tanishishdim va tahlil qildim. Mutaxassislik kafedrasida magistrlik ishini mukomaga qo’yish va tadqiqot bo’yicha ma’lumotlarni kafedra ko`rilgan muhokama bo`yicha tahlil qildim.
Ilmiy amaliyot tajriba orttirish yo`riqnomada ko`rsatilgan magistratura bo’limi va talabalar turar-joylarida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o`tkazishga qatnashdim. Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi 4-kurs talabalari uchun yaratilgan O‘UM bilan tanishidim va tahlil yozdim. Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi 4-kurs talabalari tuzilgan ishchi dastur tanishdim tahlil yozdim.
Kafedraning iqtidorli talabalari bilan ishlash rejasi bilan tanishdim va tahlil yozdim. Magistrlik dissertatsiyasi bo’yicha tajriba-sinov ishlarini amalga oshirdim ilmiy rahbarim bilan birgalikda 3-bobim bo`yicha ma’lumotlar to`pladim. Kafedrasining bitiruv malakaviy ishlari bilan tanishdim va tahlil yozdim.
Amaliyot o`tash jarayonimda kafedraning professor-o`qituvchilaridan o`quv mashg`ulotlarni talabalarga qay darajada yetkazib berish va ularni pedagogik mahoratlarini, yangi ped texnalogiyalaridan foydalanib o`quv mashg`ulotni namunali o`tishni, nutq madaniyatini o`rganib o`zimga xulosa qildim. Ilmiy amaliyot magistrant uchun asosiyli tajriba jarayoni ekanligini bildim. Yana kafedrada yuriladigan hujjatlarni, professor o`qituvchning ish xujjatlarini mukammal o`rgandim. Ilmiy tadqiqot ishimni ham bu orada yakunladim. To`plagan adabiyotlarimni shakllantirdim. Kamchilik va xatolarimni ilmiy rahbarim bilan birgalikda bartaraf etdim. Ilmiy ishim yuzasida amaliyot davrimda tajriba sinov ishlarini ham olib borib muvafqiyatli tamomladim. Ilmiy amaliyot tajriba ottirish yakunlash haftada barcha to`plagan ma`lumotlarimni ilmiy amaliyot papgamga joyladim.