Termiz Davlat Universiteti magistratura bo`limi 70530402 – Geografiya (o'rganish ob'ekti bo'yicha) mutaxassisligi 1-kurs magistranti
Munavvar Bozorqulova 2021-yil noyabr oyi
HISOBOTI
Noyabr oyida men ilmiy pedagogik faoliyatni o’rganish maqsadida geografiya kafedrasi dotsenti, g.f.n. H.Abdunazarov va o’qituvchi D.Xudoyberdiyevlarning 3-kurs Geografiya ta’lim yo’nalishi talabalariga “Jahon geografiyasi” fanidan ochiq ma’ruza darsi tahliliga kirdim. Guruhlar soni 2 ta G-319, G-419 guruhlar, talabalar soni jami 49 nafar. Darsda barcha talabalar qatnashdi. Ochiq dars mavzusi “Hindiston Federativ Respublikasi”. Ustozlardan dars jarayonida yangi pedagogik va innovatsion metodlar hamda axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish bo’yicha ko’plab ko’nikmalar o’rgandim.
Bundan tashqari pedagogik tajribamni oshirish maqsadida kafedra professor–o`qituvchilari, dots. Erdonov M., dots. Allanov Q. va boshqa o`qituvchilarning darslariga kirib, dars o`tish metodikasi bo`yicha malakamni oshirishga harakat qildim va tahlil qildim.
Noyabr oyida magistrlik dissertatsiyam uchun kerakli bo’lgan ma’lumotlarni o’rganib, rahbarim bilan tahlil qildik. Bundan tashqari rahbarim mavzuimga to’g’ri yondashishim uchun ko’rsatmalarni berdilar. Meni mavzuyimga yaqin bo’lgan boshqa ilmiy ishlar bilan tanishib kerakli xulosalarni oldim. Noyabr oyi davomida magistrlik dissertatsiyam mavzusi bo’yicha adabiyotlar tahlili qismiga quyidagi adabiyotlarni to’pladim:
Alibekov L.A “O’rta Osiyo tabiiy geografiyasi” Samarqand 2006
Nizomov A, Nugmanova A,Matnazarov A “O’zbekiston tog’ muzliklari” Toshkent, 2016
Худайбердиев А.А. Грунтовые воды. // Сурхандарьинская область. Природа. – Ташкент, 1961. –с.109-119.
Shuls V.L., Mashrapov R. O’rta Osiyo gidrografiyasi, Toshkent, 1969. – 327 b.
Chub B.E “Iqlim o’zgarishi va uning O’zbekiston Respublikasi tabiiy-resurs potensialiga ta’siri” Toshkent, 2000
Dissertatsiyaning I bobini tayyorlash bo'yicha ilmiy rahbarimdan ko'rsatmalar oldim
Ilmiy rahbar: dots. U.Yakubov
Magistrant: M.Bozorqulova
Dostları ilə paylaş: |