Termiz Davlat Universiteti Maktabgacha ta`lim fakulteti Maktabgacha ta`lim yo`nalishi



Yüklə 47,5 Kb.
səhifə1/3
tarix02.01.2022
ölçüsü47,5 Kb.
#41930
  1   2   3
Amaliyot 1-2-3 hafta


Termiz Davlat Universiteti

Maktabgacha ta`lim fakulteti

Maktabgacha ta`lim yo`nalishi

3-kurs 302-guruh talabasi

Maxmudova Dilafro`zning

Dehqonobod tumani 2-sonli MTTdagi pedagogik amaliyoti birinchi haftasi to`g`risidagi


Hisoboti


Men Maxmudova Dilafro`z 2021-yil 1-martdan boshlab Dehqonobod tumani joylashgan 2-sonli Maktabgacha ta`lim tashkilotida 8 haftalik pedagogik amaliyotimni boshladim. Pedagogik amaliyotning birinchi haftasi MTT, undagi pedagogik jamoa, ish tartibi, guruhlar kesimi, ularda olib boriladigan ishlar bilan tanishishdan iborat bo`ldi. Amaliyotning ilk kunida kafedra tomonidan biriktirilgan amaliyot rahbarim S.Pratov bilan birgalikda MTT ga tashrif buyurdik. MTT direktori G. Pardayeva, metodist Omonova. F bizni yaxshi qarshi olishib MTT va o`z jamoalari bilan tanishtirishdi. Tanishuv so`ngida men MTTning o'rta guruhiga biriktirildim. Guruh tarbiyachisi Omonova F. ekan. Guruhda 32 nafar tarbiyalanuvchilar bor ekan. Shu tariqa men ushbu guruhda amaliyotimni boshladim. Hafta davomida bolalarni MTT ga qabul qilishdan boshlab toki uylariga kuzatgunga qadar olib boriladigan ishlar bilan tanishdim. Tartibga ko`ra har kuni soat 8:00 da MTT ga yetib kelib undagi pedagogik faoliyatlarda ishtirok eta boshladim. MTT pedagogik jamoasida mudira, metodist, psixolog, xo`jalik mudiri har bir guruhda tabiyachilar va yordamchi tarbiyachilari, jismoniy tarbiya yo`riqchisi, musiqa rahbari va bulardan tashqari rus tili, ingliz tili to`garak rahbarlari mavjud ekan. MTT da guruhlar soni 6 ta bo`lib 2 ta qisqa muddatli, 1 ta katta, 1 ta o`rta, 1 ta kichik va 1 ta maktabga tayyorlov guruhlari mavjud ekan. MTT da ish tartibi har kuni soat 7:30da 18:00 gacha bo`lib, shanba kuni metod kuni etib belgilangan ekan. Bu kunda tarbiyachilar va metodist ish hujjatlari va shu kabi metodik ishlarni amalga oshirishar ekan. Men biriktirilgan guruhim tarbiyachisi bilan birga faoliyatlar jarayonida ham ishtirik etdim. Amaliyotimning birinchi haftasi fevral oyi va uning ikkinchi haftasiga to`g`ri keldi. Guruhda oy mavzsusi “Go`zal bahor, hafta mavzusi esa “Onamning kuni” ekan. Hafta davomida shu mavzular doirasida bolalar bilan faoliyatlar olib bordik. Rivojlantiruvchi markazlarda ham bolalar bilan qiziqarli o`yinlar, turli xil kichik musobaqalar olib bordik. Shu tariqa amaliyotning birinchi haftasini yuqoridagi faoliyatlar bilan o`tkazdim va yakunladim. Hafta yakunida amaliyot rahbarimiz haftalik ishlarimiz bilan tanishib kundalik daftari yuritayotganligimizni nazorat qilib tasdiqlab berdilar.




Yüklə 47,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin