Respublikaning ma’muriy-hududiy tuzilmasi 16 ta tuman va 1 ta shahardan iborat: Amudaryo, Beruniy, Bozatov, Ellikqal’a, To’rtko’l, Kegeyli, Chimboy, Qorao’zak, Taxtako’pir, Qonliko’l, Sho’manoy, Qo’ng’irot, Mo’ynoq, Xo’jayli, Taxiatosh, Nukus tumanlari va poytaxt – Nukus shahridir.
Mustaqillik yillarida boshqa mintaqalarimiz qatori Qoraqalpog’istonning rivojlanishiga ham ulkan e’tibor qaratildi. Aynan ana shunday e’tibor tufayli bugungi kunda respublika poytaxti – Nukus shahridan boshlab, tumanlar va qishloqlar, hatto, eng chekka ovullar ham har tomonlama o’zgarib, rivojlanib bormoqda.

Bugingi kunda Qoraqalpog’istonda o’tgan qisqa vaqt mobaynida bir qator yirik bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Mustaqillik yillarida boshqa mintaqalarimiz qatori Qoraqalpog’istonning rivojlanishiga ham ulkan e’tibor qaratildi. Aynan ana shunday e’tibor tufayli bugungi kunda respublika poytaxti – Nukus shahridan boshlab, tumanlar va qishloqlar, hatto, eng chekka ovullar ham har tomonlama o’zgarib, rivojlanib bormoqda.
Nafaqat Qoraqalpog’iston, balki butun mamlakatimizning faxri bo’lgan, dunyoda “Sahrodagi Luvr” deb shuhrat qozongan I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpoq davlat san’at muzeyining muhtasham ikkinchi korpusi qurilib, yuksak xalqaro standartlar asosida jihozlandi va foydalanishga topshirildi. Qoraqalpoq davlat O’lkashunoslik muzeyi binosi, O’zbekiston Qahramoni Ibroyim Yusupov nomidagi iqtidorli bolalar maktab-internati, Amir Temur nomidagi istirohat bog’i, zamonaviy imkoniyatlarga ega bo’lgan yirik sport majmuasi bunyod etildi. Imom Eshon Muhammad jom’e masjidi rekonstruktsiya qilinib, foydalanishga topshirildi.