Termiz davlat universiteti metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish asoslari


 – rasm. Texnikaviy shartlarni ishlab chiqish bosqichlari



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/206
tarix20.11.2023
ölçüsü5,08 Kb.
#162455
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   206
8c479b6d5d95af464b7e958a2539bf5d METROLOGIYA, STANDARTLASHTIRISH VA SERTIFIKATLASHTIRISH ASOSLARI

 
3 – rasm. Texnikaviy shartlarni ishlab chiqish bosqichlari. 
O‘zbekiston Respublikasida texnikaviy shartlarning loyihalari va ularga 
kiritiladigan o‘zgartirishlar standartlashtiriash texnika qumitalari (bundan keyin – 
TQ) tomonidan ishlab chiqiladi. Asoslangan hollarda texnikaviy shartlar 
loyihalarini 
vazirliklar, 
mahkamalar, 
uyushmalar, 
konsernlar 
yoki 
standartlashtirish bo‘yicha tayanch tashkilotlari, davlat, kooperativ, ijara, 
aksionerlik korxonalari, qo‘shma korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tegishli 
TQlar bilan kelishib ishlab chiqadilar. 
Texnikaviy shartlarning amal qilish muddatini uzaytirish, cheklash va 
cheklovni bekor qilish haqidagi qaror texnikaviy shartlarni tasdiqlagan idora 
tomonidan mazkur texnikaviy shartlarning amal qilish muddati tugashidan 
kamida 3 oy muqaddam qabul qilinishi kerak. 
Texnikaviy shartlar mazkur texnikaviy shartlar o‘rniga boshqa me’yoriy 
hujjat ishlab chiqilayotganda yoki uni qo‘llanishi bundan buyon maqsadga 
muvofiq bo‘lmay qolganda, yoki mahsulotni ishlab chiqarish to‘xtatilganda 
bekor qilinadi. Texnikaviy shartlarni tasdiqlagan idora ularni bekor qiladi. 
Texnikaviy shartlar ishlab chiqaruvchi (tayyorlovchi)ning buyurtmachi 
bilan kelishuviga muvofiq, yoki ishlab chiqaruvchi (tayyorlovchi) tomonidan 
buyurtmachi bilan birgalikda, yoki buyurtmachi tomonidan tasdiqlanadi. 
Tasdiqlash uchun ushbu texnikaviy shartlarning 4 – bo‘limiga muvofiq 
manfaatdor tashkilotlar bilan kelishilgan texnikaviy shartlar taqdim qilinishi 
kerak. 


96 
Texnikaviy shartlar texnika qumitasi raisi yoki ishlab chiquvchi rahbariyati 
imzolagan ilova xati, texnikaviy shartlar kelishilganini tasdiqlovchi hujjatlar, 
qabul komissiyasi, davlat sinovlari va boshqa sinov bayonnomalari, texnologiya 
yo‘riqnomasi yoki ishlab chiqarish qoidalari (oziq – ovqat va kimyo sanoati 
mahsulotlariga) bilan birga taqdim etiladi. 
Texnikaviy shartlarni (texnikaviy shartlarga doir o‘zgartirishlarni) 
tasdiqlash hujjatning titul varag‘idagi «Tasdiqlayman» grifi ostiga korxona 
rahbari (rahbar o‘rinbosari) qo‘yadigan imzo bilan rasmiylashtiriladi. 
Texnikaviy shartlarga doir o‘zgartirishlarni (texnikaviy hujjatlar 
kompleksini topshirish haqida shartnomada boshqa shart qo‘yilmagan bo‘lsa) 
texnikaviy shartlar asl nusxasini saqlovchi tasdiqlaydi. 
Texnikaviy shartlar buyurtmachi (asosiy iste’molchi) bilan kelishib, amal 
qilish muddati ko‘pi bilan 5 yilga tasdiqlanadi. Asoslanilgan taqdirda amal qilish 
muddati cheklanmaydi. 
Texnikaviy 
shartlar 
«TSH 
(Tsh)» 
indeksidan, 
O‘zbekiston 
Respublikasining qisqartirilgan nomi “O‘z”dan, texnikaviy shartlarni 
tasdiqlaydigan tashkilotning shartli raqamli ifodasidan, texnikaviy shartlar tartib 
raqamidan va tasdiqlanish yilining 2 oxirgi raqamlaridan iborat bo‘ladi. 
Masalan: O‘zTSH 205 – 150 – 92 
Bu yerda: 205 – OKPO bo‘yicha «Mahalliy sanoat» birlashmasining 
shartli raqamli ifodasi, 
150 – Texnikaviy shartlar tartib raqami, 92 – Tasdiqlangan yili. 
Texnikaviy shartlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun texnikaviy 
shartlarni tasdiqlagan korxona joylashgan hudud bo‘yicha texnikaviy shartlar 
davlatlararo standartlarning va O‘zbekiston Respublikasi standartlarining 
majburiy talablariga muvofiq yoki muvofiq emasligini nazorat qilish maqsadida 
hamda texnikaviy shartlar xususida markazlashgan axborot vujudga keltirish 
maqsadida standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish O‘zbekiston
davlat markazi (O‘zdavstandart) ga taqdim etiladi. 
Texnikaviy shartlarga doir o‘zgartirishlar O‘zstandart Agentligi idoralarida 
texnikaviy hujjatlar asl nusxasini saqlovchi korxona joylashgan hudud bo‘yicha 
ro‘yxatga olinadi. 
Texnikaviy shartlarga doir o‘zgartirishlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish 
uchun texnikaviy shartlardan ko‘chirma unga bundan avval kiritilgan 
o‘zgartirishlar bilan taqdim etiladi. 
Ishlab 
chiquvchi 
korxonalar 
texnikaviy 
shartlarni 
(ularga 
doir 
o‘zgartirishlarni) tasdiqlangan paytidan kechi bilan bir oy ichida davlat 
ro‘yxatidan o‘tkazish uchun: 
– Texnikaviy shartlar (ularga doir o‘zgartirishlar)ning asl nusxasi, 2 – 
nusxasi va ko‘chirmasini; 


97 
– «A» ilovasiga muvofiq katalog varag‘ini; 
– Texnikaviy shartlar (o‘zgartirishlar) kelishilganini tasdiqlovchi hujjatlar 
nusxasini taqdim etadi. 
Mabodo katalog varag‘i mazmuni o‘zgaradigan bo‘lsa, mahsulotning 
katalog varag‘i texnikaviy shartlarga doir o‘zgartirishlar bilan taqdim etiladi. 
Texnikaviy shartlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun uni tikilgan holda 
taqdim qilinadi, muqovada mahsulot nomi va texnikaviy shartlar belgichi 
ko‘rsatiladi. 
O‘zstandart Agentligi idoralari texnikaviy shartlarni (ularga doir 
o‘zgartirishlar) ular olingan paytdan boshlab 15 kun ichida O‘zstandart 
Agentligi belgilagan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi hamda texnikaviy 
shartlar (ularga doir o‘zgartirishlar) ko‘chirmasini ro‘yxatga olgan idora nomi, 
davlat ro‘yxatiga olingan sana va tartib raqamini ko‘rsatgan holda korxonaga 
qaytaradi. 
Texnikaviy shartlar (ularga doir o‘zgartirishlar), mahsulotning katalog 
varag‘i ro‘yxatga olgan idorada qoladi. 
Texnikaviy shartlarni ishlab chiquvchi yoki asl nusxasini saqlovchi 
korxona davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani haqidagi ma’lumotlarni asl nusxa 
varagiga o‘tkazadi. 
Quyidagi mahsulotlarning texnikaviy shartlari davlat ro‘yxatidan 
o‘tkazilmaydi: 
– tajriba namunalari (tajriba turkumlari); 
– esdalik sovg‘alari va xalq badiiy hunarmandchiligi buyumlari 
(qimmatbaho metallar va toshlardan yasalgan buyumlar bundan mustasno); 
– xom ashyo, materiallar, yarim fabrikatlarning texnologiya sanoat 
chiqitlari, mustaqil ravishda yetkazib berilishi mo‘ljallanmagan yoki bitta
korxonaning bevosita buyurtmasi bo‘yicha tayyorlanadigan buyumlar, yarim 
fabrikatlar, moddalar va ashyolarning tarkibiy qismlari; 
– alohida birlik yoki arzimagan bir to‘p tarzida har zamonda ehtiyoj 
to‘g‘ilganda ishlab chiqariladigan texnologik jihatdan qurollanish vositalari 
(o‘lchash vositalari bilan sinash vositalari bundan mustasno). 

Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin