Takrorlash uchun savollar.
1.Sertifikatlashtirishning tarixini bilasizmi?
2.Sertifikat nima?
3.Respublikamizda sertifikatlashtirishning eng yuqori rivojlanish davri qaysi
vaqtlarga to‘g‘ri keladi?
4.Sertifikatlashtirishda nechta tomon ishtirok etadi?
188
5- AMALY MASHG’ULOT. STANDARTLARNI
LOYHASINI ISHLAB CHIQISHNI O’RGANISH
Ishdan maqsad
:
Standartlarni loyhasini ishlab chiqishni o’rganish
to’g’risida
ko’nikma va malakalarni shakillantirish
Nazariy ma’lumotlar
O‘z Dst 1.1 "O‘zbekiston Respublikasining standartlashtirish davlat
tizimi. O‘zbekiston Respublikasining standartini ishlab chiqish, kelishib olish,
tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi" standartiga binoan O‘zbekiston
Respublikasi standarti (bundan keyin - standart deb yuritiladi) standartlashtirish
bo‘yicha texnikaviy qo‘mitalar (bundan keyin TQ), standartlashtirish bo‘yicha
tayanch tashkilotlari,vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar, davlat, shirkat,
pudratchi, aksioner, qo‘shma korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan
ishlab chiqiladi.
Standartni har xil tashkilotlar mutaxassislarining ishchi guruhlari
tomonidan ishlab chiqishga yo‘l qo‘yiladi.
Standartning bir nechta tashkilot tomonidan ishlab chiqilishida yetakchi
ishlab chiquvchi tashkilotlar (ijrochilar ro‘yxatida birinchi o‘rinda turadi)
hamkorlikda ish bajaruvchi har bir tashkilot bilan ish ko‘lamini va muddatlarini
aniqlaydi.
Standart respublika hududida kimga qarashli ekanligi va mulk shaklidan
qat’iy nazar, standart ishlab chiqilgan tashkilotlarni chiqaradigan va iste’mol
qiladigan hamma korxona va tashkilotlar uchun majburiydir.
Standartga kiritiladigan o‘zgarish asosiy standart uchun belgilangan
tartibda majburiy kelishib olinishi, tasdiqlanishi va ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim.
Standartlarning tuzilishi, mazmuni, bayon etilishi va rasmiylashtirilishi
O‘z Dst 1.5 ga muvofiq bajariladi.
Standartlarni ishlab chiqish tartibi
Standartni ishlab chiqishda tashkiliy - usuliy birlikka erishish maqsadida
hamda standartni ishlab chiqish bosqichlari bajarilishini nazorat qilish uchun 4
bosqich joriy etiladi.
1-bosqich - zaruriyat tug‘ilganda standartni ishlab chiqishda texnikaviy
topshiriq ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi;
2-bosqich - standart loyihasini ishlab chiqish (birinchi tahriri) va uni fikr
mulohazalar olish uchun yuborish;
3-bosqich - fikr - mulohazalar ustida ishlash, standart loyihasini (oxirgi
tahririni) ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlashga taqdim etish;
4-bosqich - standartni tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.
189
Standartlarni ishlab chiqish bosqichlarini bir-biri bilan qo‘shib olib
borishga yo‘l qo‘yiladi.
Dostları ilə paylaş: |