143
- standartlashtirish, metrologiya va Sifat tizimlarining asoslari;
- tekshiruv o‘tkazish va sifatni boshqarishining statistik usullari;
Ekspert-auditor tahlil qilish, mantiqiy asoslash, o‘zining fikrini qattiq va
asoslangan holda himoya qilishlik; ijodiy qobiliyatga va murakkab vaziyatda
to‘g‘ri qaror qabul qilish xususiyatlariga ega bo‘lishi; haqqoniy, ma’suliyatli,
prinsipial ravishda hayrihoh, xushmuomalali, odobli va o‘zini tutabilishlik kabi
shaxsiy sifatlarga ega bo‘lishi kerak. Ekspert-auditor tekshirilayotgan obektning
xodimlari bilan aloqada bo‘lish va kerakli hujjatlar bilan tanishish; ma’lumot
uchun har qanday qo‘shimcha ma’lumotlar talab qilish (sertifikatlashtirish
maqsadlari
uchun);
tizimda
amaldagi
meyoriy-uslubiy
hujjatlarni
takomillashtirish bo‘yicha o‘z taklifini berish; sertifikatlashtiriluvchi mahsulot,
jarayon, xizmatlar, Sifat tizimi va ishlab chiqarish bo‘yicha rejalarni tuzatish
yuzasidan o‘z mulohazalarini kirgazish huquqiga egadir.
Korxonalarda sertifikatlashtirish sohasidagi ishlarni inobatga olib,
sertifikatlashtirish milliy idorasi O‘zdavstandart tomonidan ekspert-auditorlar
tayyorlash maxsus kurslari tashkil etilib, bu sohadagi o‘qishning tashkiliy
tomonlari O‘zSMSITIning asosiy faoliyatlaridan biri deb qaralmoqda. Ekspert-
auditorlarini tayyorlash odatda ikki bosqichda olib boriladi: nazariy bilimlarni
olish va attestatlash natijasida ularga tegishli rasmiy hujjatlar topshirish.
Maxsus kurs tinglovchilarining nazariy bilimlarini O‘zstandart agayentligi
tomonidan to’zilgan maxsus komissiya baholaydi. Baholanish natijalari yetarli
darajada bo‘lsa, ularga sertifikatlashtirish milliy tizimining ekspert-auditori
degan guvohnomasi beriladi (agar attestatlashdan o‘tmasa rad etiladi).
Ekspert-auditorlar ularga yuklatilgan vazifalari bo‘yicha muayyan burch
va ma’suliyatlarga egadirlar.
Dostları ilə paylaş: