40
6-MAVZU: SI XALQARO BIRLIKLAR TIZIMINING
RIVOJLANISHI
.
REJA:
1.
SI tizimining afzalikllari.
2.
Xalqaro birliklar tizimi (SI) ning hosilaviy birliklari
3.
Xalqaro birliklar tizimi birliklarini o‘nli karrali va ulushli birliklarining
nomlari va belgilarini hosil qilish qoidalari
1960 yili o‘lchov va og‘irliklarning X1 bosh konferentsiyasi xalqaro
birliklar tizimini qabul qilgan bo‘lib, mamlakatimizda bu SI (SI – Systeme
International) xalqaro birliklar tizimi deb yuritiladi.
Keyingi bosh konferensiyalarda SI tizimiga bir qator o‘zgartirishlar
kiritilgan.
SI tizimi mamlakatimizda 1982 yildan boshlab joriy etila boshlangan va
o‘ziga xos afzalliklarga ega (3.4 – rasm). 2004 yilda kattalik biliklariga oid O‘z
DSt 8.012:2004 (O‘zbekiston Respublikasining o‘lchashlar birliligani ta’minlash
davlat tizimi. Kattaliklar birliklari) standarti) qabul qilingan.
Xalqaro birliklar tizimining asosiy birliklari (O‘z DSt 8.012:2004) 1 –
jadvalda ketirilgan.
Dastlabki uchta asosiy birliklar – metr, kilogramm, sekunda (3.1 – jadval)
mexanik xususiyatiga ega bo‘lgan barcha birliklarni muvofiqlashtiradigan
hosilaviy birliklarni, qolganlari , ya’ni elektr toki kuchi, termodinamik harorat,
modda miqdori va yorug‘lik kuchi birliklari mexanik birliklarga muvofiq
bo‘lmagan hosilaviy birliklarni to’zish imkoniyatini to‘g‘diradi:
amper
– elektr
va magnit kattaliklari,
kelvin
– termodinamik harorat,
kandela
– yorug‘lik va
mol
– molekulyar fizika hamda kimyo sohalarida.
Dostları ilə paylaş: