O‘rindoshlik usuli - o‘lchov bilan taqqoslash usulining turi hisoblanib,
o‘lchanayotgan kattalikning o‘lchov orqali yaratilgan ma’lum qiymatli kattalik bilan
o‘rin almashishiga asoslangan. Misol, o‘lchanadigan massa bilan tarozi toshini bir
pallaga galma-gal qo‘yib o‘lchash yoki qarshiliklar magazini yordamida
tekshirilayotgan rezistorning qarshiligini topish:
R
0
K 1
+
2
U
-
Bunda “K”ni ikkala holatda (1,2) qo‘yganda
1
=
2
shart bajarilishi kerak.
I
1
= U / R
0
1
I
2
= U / R
k
2
Mos kelish usuli - o‘lchov bilan taqqoslash usulining turi. O‘lchanayotgan
kattalik bilan o‘lchov orqali yaratilgan kattalikning ayirmasini shkaladagi belgilar
yoki davriy signallarni mos keltirish orqali o‘tkaziladigan o‘lchash. Masalan, kalibr
yordamida val diametrini moslash.
Har bir tanlangan usul o‘z usuliyatiga, ya’ni o‘lchashni bajarish usuliyatiga
ega bo‘lishi lozim. O‘lchashni bajarish usuliyati deganda, ma’lum usul bo‘yicha
o‘lchash natijalarini olish uchun belgilangan tadbir, qoida va sharoitlar tushuniladi.
O‘lchash vositalari va ularning turlari Ma’lumki, o‘lchashni biror bir vositasiz bajarib bo‘lmaydi.
O‘lchash vositasi deb o‘lchashlar uchun qo‘llaniladigan va meyorlangan
metrologik xossalarga ega bo‘lgan texnikaviy vositaga aytiladi.
O‘lchash vositalarining turlari xilma-xil. Ular sodda yoki murakkab, aniqligi
katta yoki kichik bo‘lishi mumkin. O‘lchash vositalari meyorlangan metrologik
xosalarga ega bo‘lishlari lozim va bu metrologik xossalar davriy ravishda tekshirilib
turiladi. O‘lchash amalida o‘lchanayotgan kattalikning qiymati to‘g‘ri aniqlanishi
aynan mana shu o‘lchash vositasining to‘g‘ri tanlanishiga va ishlashiga bog‘liq.
O‘lchash vositalarining namoyondalari sifatida quyidagilarni keltirishimiz
mumkin:
*
o‘lchovlar;
*
o‘lchash asboblari;
*
o‘lchash o‘zgartkichlari;
*
o‘lchash qurilmalari;
*
o‘lchash tizimlari.
O‘lchovlar - keng tarqalgan o‘lchash vositalaridan hisoblanadi.
O‘lchov deb, kattalikning aniq bir qiymatini hosil qiladigan, saqlaydigan
o‘lchash vositasiga aytiladi. Masalan, tarozi toshi, elektr qarshiligi, kondensatori va
shu kabilarni o‘lchovlarga misol qilib olishimiz mumkin.
O‘lchovlarning ham turlari va xillari ko‘p. Standart namunalar va namunaviy
moddalar ham o‘lchovlar turkumiga kiritilgan.