6
Bu dasturni amalda bajarish uchun talabalar «Oliy matematika», «Fizika»,
«Umumiy va noorganik kimyo», «Organik kimyo» va boshqa fanlardan
yetarlicha ma’lumotga ega bo‘lishlari lozim.
Standartlashtirish, metrologiya va sifatni boshqarish fanidan talabalar
yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari talab etiladi.
Fanning ilm-fan va ishlab chiqarishdagi o‘rni
Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish asoslari fani ishlab
chiqarishni bog‘liq bo‘lib, korxona va tashkilotlarda standartlashtirish,
metrologiya va sifatni boshqarish bo‘yicha ishlarni tashkil etish hamda uni jahon
tajribalari asosida rivojlantirishni istiqbolli rejasini amalga oshirishga qaratilgan.
Ishlab chiqarish jarayonlarida jumladan, mahsulotni loyhalash, tayyorlash,
ishlab chiqarish, sotish va foydalanishda ularni sifatini aniqlash, baholash va
nazorat qilishda standartlashtirish, metrologiya va sifatni boshqarishdaning o‘rni
beqiyosdir. Ishlab chiqarish jarayonlarini o‘lchashlar, metrologiya, metrologik
ta’minot va sifat nazorati bilan bog‘liq masalalarning maqbul yechimi topiladi.
Dostları ilə paylaş: