8c479b6d5d95af464b7e958a2539bf5d METROLOGIYA, STANDARTLASHTIRISH VA SERTIFIKATLASHTIRISH ASOSLARI
3. Texnikaviy shartlarni ishlab chiqish, kelishib olish, tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi O‘zRST 1.2 – 92 «O‘zbekiston Respublikasining standartlashtirish davlat
tizimi. Texnikaviy shartlarni ishlab chiqish, kelishib olish, tasdiqlash va davlat
ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi» standartida muayyan mahsulotning (xizmatning)
texnikaviy shartlarini, shuningdek ularga kiritiladigan o‘zgartirishlarini ishlab
chiqish, tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi haqida gap boradi.
O‘zbekiston Respublikasi texnikaviy shartlarining loyihalari va ularga
kiritiladigan o‘zgartirishlar standartlashtirish texnika qumitalari tomonidan ishlab
chiqiladi. Asoslangan hollarda texnikaviy shartlar loyihalarini vazirliklar,
mahkamalar, uyushmalar, konsernlar yoki standartlashtirish bo‘yicha tayanch
tashkilotlari, davlat, kooperativ, ijara, aksionerlik korxonalari, qo‘shma
korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, texnika qumitalari bilan kelishib ishlab
chiqadilar.
Texnikaviy shartlarda belgilab qo‘yilgan talablar mazkur mahsulotga
daxldor bo‘lgan amaldagi standartlar talabidan past bo‘lmasligi hamda mahsulot
(buyumlar, ashyolar, moddalar) standartlari va texnikaviy shartlari talabiga zid
kelmasligi kerak.
Texnikaviy shartlarning to’zilishi, bayon etilishi va rasmiylashtirilishi
GOST 2.114 – 70 talablariga mos kelmog‘i kerak.
Texnikaviy shartlar mazkur texnikaviy shartlar o‘rniga boshqa me’yoriy
hujjat ishlab chiqilayotgan yoki undan qo‘llanishi bundan buyon maqsadga
muvofiq bo‘lmay qolganda yoki mahsulotni ishlab chiqarish to‘xtatilganda bekor
qilinadi. Texnikaviy shartlarni tasdiqlagan idora ularni bekor qiladi.
Texnikaviy shartlarning loyihalarini kelishib olish mazkur standartda
ko‘rsatilgandek belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Texnikaviy shartlar ishlab chiqaruvchi (tayyorlovchi)ning buyurtmachi
bilan kelishuviga muvofiq o‘zaro tasdiqlanishi mumkin.
Texnikaviy shartlar belgilangan tartibda O‘zstandart Agentligi tomonidan
ro‘yxatga olinadi.
O‘zRST 1.4 – 93 «O‘zbekiston Respublikasining standartlashtirish davlat
tizimi. Standartlar va texnikaviy shartlar bilan ta’minlash tartibi». Bu standartda
standartlar va texnikaviy shartlar bilan ta’minlash tartibidagi umumiy qoidalar,
95
standartlar bilan ta’minlash tartibi, texnikaviy shartlar va korxona standartlari
bilan ta’minlash tartibi bayon etilgan.
Texnikaviy shartlarni ishlab chiqish O‘zRST 2 – 92 asosida amalga
oshirilib quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi (3 – rasm):