190
kengash ishtirokchisining har birini familiyasini, ismi, otasining ismi va mansabi
(tashkilotning nomini qo‘shib) ko‘rsatiladi.
Kengashda qabul qilingan qarorga binoan, standart loyihasining
so‘nggitahriri tuziladi hamda tushuntirish xati va asosiy tadbirlar
rejasiningloyihasi aniqlanadi.
Bundan tashqari, agar standart loyihasida davlat
nazorati, kasaba uyushmasi, tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, sog‘liqni
saqlash vazirligi faoliyati doirasiga taalluqli talablar qo‘yilgan bo‘lsa, loyiha
ushbu idoralar bilan ham kelishib olinishi kerak.
Chet elga chiqariladigan mahsulotlarning standartlari esa O‘z Dst 122
bo‘yicha kelishib olinadi.
Standart loyihasi yuzasidan tashkilotlar o‘rtasida
davom etayotgan
kelishmovchiliklar bo‘yicha O‘zstandart agentligi, O‘zbekiston Respublikasi
Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Davlat arxitektura va qurilish
qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘zlariga yuklatilgan
faoliyat turlari
to‘g‘risida so‘nggi qarorni qabul qiladi.
Standartga o‘zgartish kiritilganda, agar u ilgari, kelishib olingan
tashkilotlarning
manfaatlariga monelik qilmasa, o‘zgartish faqat buyurtmachi
(asosiy iste’molchi) bilan kelishiladi.
Standartni bekor qilish yoki joriy etish vaqtini cho‘zish bo‘yicha faqat
buyurtmachi (asosiy iste’molchi) bilan kelishiladi.
Standart loyihasi tasdiqlashga ishlab chiquvchi tashkilot tomonidan
quyidagicha to‘plamda beriladi:
- ilova xati;
- standart loyihasining so‘nggi tahririga tushuntirish xati;
- asosiy tadbirlar
rejasining loyihasi;
- standart loyihasining 4 ta nusxasi (ulardan ikkitasi birinchi nusxa
ko‘rinishida bo‘lishi shart);
- standart loyihasi kelishilganini tasdiqlovchi hujjatlarning asl nusxasi;
- standart loyihasi to‘g‘risida fikr-mulohazalar majmui;
- qolgan kelishmovchiliklar haqida ma’lumotnoma.
Dostları ilə paylaş: