Loyiha deganda, ma’lum maqsadga erishish uchun qilinadigan resuslar investitsiyasi tushuniladi.
Investitsiya - daromad olish uchun qoʻyiladigan kapital mablagʻ.
Investitsiyalash - bu kapitalni yaratish yoki kapital zaxirasini toʻldirish jarayonidir. Investitsiyalash deganda, yalpi va sof investitsiyalash tushuniladi.
Yalpi investitsiyalash - kapital zaxirasining umumiy oʻsishidir.
Qoplash - asosiy kapitalning ishdan chiqqan qismini almashtirish.
Sof investitsiya - yalpi investitsiyadan qoplash uchun sarflanadigan mablagʻni ajratgandan keyingi qolgan qismi.
Sof investitsiya = Yalpi investitsiya - Qoplash.
Agar yalpi investitsiya qoplashdan yuqori boʻlsa, sof investitsiya musbat boʻladi (bu holda kapital koʻpayadi va ishlab chiqarish kengayadi). Agar yalpi investitsiya qoplashdan kichik boʻlsa, sof investitsiya manfiy boʻladi (mavjud kapital kamayib boradi). Va nihoyat, yalpi kapital qoplashga teng boʻlsa, kapital hajmi oʻzgarmaydi (bu holda kapital oddiy takror ishlab chiqarilmaydi).
Qisqa muddatli loyihalarni (qisqa muddatli investitsiyalarni) tahlil qilganda kapitalning ichki oʻzini oqlash koeffitsiyenti dan va ssuda foizi dan foydalaniladi. Qisqa muddatli oraliqdagi investitsiyalarning (bir yillik oraliqdagi) chekli sof oqlashi ularning chekli ichki oqlash koeffitsiyentidan ssuda stavkasi foizini ayirish orqali aniqlanadi:
bu erda - chekli sof qoplash;
- chekli ichki qoplash;
- ssuda stavkasi foizi.
Agar boʻlsa, investitsiyadan olinadigan foyda maksimal boʻladi.
Faraz qilaylik, firma mandarin sotish bilan shugʻullanadi, deylik. Firma sotish quvvati turli boʻlgan doʻkonlarni qurmoqchi. Doʻkonlarni qurish uchun sarflanadigan kapital mablagʻlar, sotish uchun sarflanadigan xarajatlar quyidagi jadvalda keltirilgan (1-jadval). Ssuda foizi stavkasi 10 foiz boʻlsin.
1-jadval
Bir yillik investitsiya qaytimlari
Doʻkon-larning sotish quvvati (bir kunlik), kg
|
Umumiy investitsi-ya (kapital mablagʻ sarfi), soʻm
|
Chekli inves-titsiya, soʻm
|
Kapitalga toʻlanadi-gan chekli foiz, soʻm
|
Chekli sotish xarajatlari, soʻm
|
Chekli umumiy xarajat-lar, soʻm
(MC)
|
Investi-tsiyadan olinadigan daromad, soʻm
(MR)
|
Chekli foyda, soʻm
|
1000
|
100000
|
100000
|
10000
|
5000
|
115000
|
120000
|
5000
|
2000
|
200000
|
100000
|
10000
|
7500
|
117500
|
120000
|
2500
|
3000
|
300000
|
100000
|
10000
|
10000
|
120000
|
120000
|
0
|
4000
|
400000
|
100000
|
10000
|
12500
|
122500
|
120000
|
-2500
|
5000
|
500000
|
100000
|
10000
|
15000
|
125000
|
120000
|
-5000
|
Bir kunda 1000 kg mandarin sotadigan doʻkon qurish uchun 100000 soʻm sarflanadi, 2000 kg uchun esa 200000 soʻm sarflanadi va hokazo. Sotish masshtabi 1000 kgga oshganda umumiy sarflanadigan capital hajmi 100000 soʻmga oʻzgaradi. Foiz stavkasi 10 foiz boʻlgani uchun chekli investitsiya 100000 soʻmga, toʻlanadigan mablagʻ 10000 soʻmga teng. Har bir 100000 soʻmlik chekli investitsiyadan olinadigan chekli daromad bir xil boʻlib, u 120000 soʻmga teng. Sotish quvvati 1000 kg boʻlganda, chekli umumiy xarajat (chekli investitsiya plyus kapitalga toʻlanadigan chekli foiz plyus chekli sotish xarajati) 115000 soʻm boʻladi va chekli foyda 120000-115000 = 5000 soʻmni tashkil etadi. Sotish quvvati 2000 kg boʻlgan doʻkon uchun ushbu koʻrsatkichlar mos ravishda 117500 va 2500 soʻmga teng boʻladi. Agar chekli xarajat chekli daromad ga teng boʻlsa , kapitaldan olinadigan foyda maksimal boʻladi. Doʻkonlarning bir kunlik sotish quvvati 3000 kg boʻlganda foyda maksimal boʻladi, ya’ni 5000+2500=7500 soʻm. Ushbu holat quyidagi 1-rasmda ifodalangan.
Ishlab chiqarish masshtabi oshishi bilan birga chekli xarajat ham oshib boradi, shuning uchun ham chizigʻi musbat yotiqlikka ega. Chekli daromad 120000 ga teng boʻlganligi uchun chizigʻi 120000 nuqtadan oʻtib abtsissa oʻqiga parallel boʻladi. chizigʻi bilan chizigʻining kesishgan nuqtasi maksimal foydani ta’minlaydigan optimal sotish quvvati 3000 kg ga teng ekanligini aniqlaydi.
1-rasm. Qisqa muddatli oraliqdagi investitsiya.
E ndi chekli qoplash normasi koeffitsiyenti ni va ssuda foiz stavkasi bilan taqqoslaymiz (2-jadval).
2-jadval
Dostları ilə paylaş: |