Salbiy tashqi ta’sir, masalan ifloslanish, bo’lganda, tovarlar ijtmoiy xarajati xususiy xarajatdan oshib ketadi. Shuning uchun, optimal miqdor QMAQBUL, muvozanat miqdor QBOZOR dan past.
BOZOR
MAQBUL
Rasm
Bunday soliqni joriy etish tashqi ta’sirni oʻzlashtirish deb nomlanadi, chunki u bozorda sotuvchi va xaridorlarni oʻz ishlari tashqi ta’sirlarini hisobga olishga undaydi. Alyuminiy ishlab chiqaruvchilar odatda qancha alyuminiy taklif qilishi haqida qaror qabul qilishda ifloslantirish xarajatlarini ham hisobga oladi, chunki soliq ularni tashqi xarajatlarini ham toʻlashga majbur qiladi va bozor narxi ishlab chiqaruvchilarga qoʻyilgan soliqni ham aks ettirgani uchun, alyuminiy iste’molchilari kamroq miqdorda foydalanishga harakat qilishadi. Bu siyosat Iqtisodiyotning oʻnta tamoyillarining biriga asoslangan: odamlar ta’sirlarga javob qilishadi. Mazkur bobning oxirida, siyosatchilar tashqi ta’sirlarni qanday hal qilishini chuqurroq koʻrib chiqamiz.
Ijobiy tashqi ta’sirlar Ba’zi faoliyatlar uchinchi shaxslarga ham xarajatlar joriy qilsa ham, boshqalar bundan foyda olishadi. Masalan, ta’limni olaylik. Aksariyat hollarda, ta’lim foydasi xususiydir: ta’lim iste’molchisi yaxshi ishchi boʻlib yetishadi va shuning bilan yuqori maosh sifatida foyda oladi. Ammo ushbu xususiy foydadan tashqari, ta’lim ijobiy tashqi ta’sir hosil qiladi. Ulardan biri shuki, yaxshi ta’lim olgan odamlar koʻproq biladigan saylovchilar boʻlishadi, bu esa hamma uchun yaxshiroq hukumat boʻlishini anglatadi. Yana bir tashqi ta’siri shuki, koʻproq ta’lim olgan aholi past jinoyat darajasini anglatadi. Uchinchi tashqi ta’siri shuki, koʻproq ta’lim olgan aholi texnologik rivojlanishni va tarqalishini ta’minlaydi, bu esa hamma uchun samaradorlik va yuqori maoshga olib keladi. Ushbu uchta ijobiy ta’shqi ta’sir sabab, odamlar koʻproq ta’lim olgan qoʻshnilari bor boʻlishini xohlaydi.
Ijobiy ta’shqi ta’sirlar tahlili salbiy ta’shqi ta’sirlar tahliliga oʻxshaydi. 3-rasmda koʻringanidek, talab chizigʻi jamiyat uchun tovar qiymatini aks ettirmaydi. Ijtimoiy qiymat xususiy qiymatdan yuqori boʻgani sababli, ijtimoiy qiymat chizigʻi talab chizigʻidan yuqori boʻladi. Maqbul miqdor ijtimoiy qiymat va taklif chizigʻi (xarajat) kesishgan nuqtada boʻladi. Shunday ekan, ijtimoiy maqbul qiymat xususiy bozor aniqlagan miqdordan yuqori boʻladi.
Yana bir marta, hukumat bozor ishtirokchilarini tashqi ta’sirni oʻzlashtirishiga undab bozor muvaffaqiyatsizligini toʻgʻriirlashi mumkin. Ijobiy tashqi ta’sirlar holatidagi toʻgʻri javob, xuddi salbiy tashqi ta’sirlar holatining teskarisi boʻladi. Bozor muvozanatini ijtimoiy maqbul darajaga yaqinlashtirish uchun, ijobiy tashqi ta’sir subsidiya kiritishni talab qiladi. Aslida ham, bu hukumatni amaldagi siyosatining oʻzginasi: ta’lim davlat maktablari va hukumat grantlari asosida subsidiya bilan ta’minlanadi.
Xulosa qilish uchun: salbiy tashqi ta’sirlar bozorlarni ijtimoiy zaruriyatdan koʻproq miqdorda ishlab chiqarishga undaydi. Ijobiy tashqi ta’sirlar bozorlarni ijtimoiy zaruriyatdan kamroq miqdorda ishlab chiqarishga undaydi. Bu muammoni yechish uchun, hukumat salbiy tashqi ta’sirli tovarlarga soliq solish va ijobiy tashqi ta’sirli tovarlarga subsidiya berish orqali tashqi ta’sirlarning oʻzlashtirilishiga erishadi.