Termiz davlat universiteti mikroiqtisodiyot


Qayd etilgan valyuta kursi



Yüklə 2,31 Mb.
səhifə171/190
tarix07.01.2024
ölçüsü2,31 Mb.
#210165
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   190
Mikroiqtisodiyot maruza2023

Qayd etilgan valyuta kursi (fixed exchange rate)Markaziy bank tomonidan valyuta intervensiyasi yordamida ta’minlab turiladigan valyuta kursi.
Yopiq iqtisodiyot - tashqi iqtisodiy bozorda keng savdo-iqtisodiy imkoniyatlarga ega boʻlmaydigan iqtisodiyot.
Daromad samarasi (income effect) – iste’mol majmuasiga kiruvchi ne’matlardan birining narxi oʻzgarishi natijasida hosil boʻlgan real daromad hisobidan iste’mol tarkibini oʻzgarishi.
Depozit foizi – mablagʻ qoʻyuvchining pulidan foydalangani uchun unga bank tomonidan toʻlanadigan toʻlov, ya’ni narx.
Diversifikatsiya – tavakkalchilikni pasaytirish usuli boʻlib bunda tavakkalchilik (yoʻqotishlar) bir qator tovarlarga shunday taqsimlanadiki, tovarlardan bittasini sotib olishdan tavakkalchilikning ortishi boshqa tovarni sotib olishdagi tavakkalchilikning pasayishini bildiradi. Masalan, 2 ta mahsulotga boʻlgan talabni bir vaqtda kamayib ketish ehtimolidan ulardan bittasiga talabni kamayib ketish ehtimoli yuqori.
Diskontlash – qiymatlarni (daromadni, xarajatni, kapitalni) boshlangʻich yilga yoki oxirgi yilga keltirish.
Dispersiya – kutiladigan natijadan haqiqiy natijaning oʻrtacha kvadratik chetlanishi:
Differensial renta – boshqa resurslarga nisbatan yuqori unumdorlikka ega boʻlgan resurs egasi tomonidan olinadigan renta.
Davlat byudjeti – Davlat pul mablagʻlarining (shu jumladan davlat maqsadli fondlari mablagʻlarining) markazlashtirilgan fondi boʻlib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek, moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablagʻlar sarfi yoʻnalishlari va miqdori nazarda tutiladi
Davlat qarzi - Davlat tomonidan ichki mablagʻni va xorijdan mablagʻ jalb qilish natijasida vujudga kelgan Oʻzbekiston Respublikasi majburiyatlarining yigʻindisi
Davlat byudjetining taqsimlash funksiyasi – Davlat byudjeti tomonidan amalga oshirilayotgan taqsimlash munosabatlari boʻlib, u taqsimlangan yalpi ichki (milliy) mahsulotni qayta taqsimlash uchun foydalaniladi.
Byudjet tizimi – Turli darajadagi byudjetlar va byudjet mablagʻlari oluvchilar yigʻindisini, byudjetlarni tashkil etishni va tuzish prinsiplarini ifodalaydigan, byudjet jarayonida ular oʻrtasida, shuningdek, byudjetlar hamda byudjet mablagʻlari oluvchilar oʻrtasida vujudga keladigan oʻzaro munosabatlar majmuidir.

Yüklə 2,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin