Термиз давлат университети педагогика факультети “бошланғич таълим” кафедраси


Beshinchi qism o‘qiladi. Bu qismdagi voqea bolaga tegishli



Yüklə 305,5 Kb.
səhifə14/29
tarix20.09.2023
ölçüsü305,5 Kb.
#146332
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29
Beshinchi qism o‘qiladi. Bu qismdagi voqea bolaga tegishli.
Oltinchi, yettinchi qismlar ham o‘qiladi. Ari, bola so‘zlarining berilishi to‘g‘ri ekanligi aytiladi.
Sakkizinchi qism o‘qiladi. Bunda kabutar so‘zi berilgan. Bu o‘rinda shu nom mos kelgan. Chunki gap kabutar haqida boradi.
«Ari, kabutar va bola» so‘zlari ustida ishlash


Ari kabutami qutqarmoqchi bo‘lib nima ish qildi? ari


Kabutar nimadan qutildi? kabutar
Matnni so‘zlab berishda birinchi qismda bitta gap berilishiga qaramay «и» ga e’tibor beriladi. Arining falokatga uchrashi shu gapdan boshlanadi.
Matnning asosiy qismlari (2-, 6-) ustida ish olib borish zarur. Bu qismlardagi ikkita gapda ari haqida fikr yuritiladi. 0‘quvchilar ari so‘zi o‘rnida «и» ni qo‘llab, so!zlab beradilar.
Yozishga tayyorgarlik
Agar matn yozuv taxtasiga yoki kartonga yozilgan bo‘lsa, o‘quvchilar uni ichda o‘qiydilar. Shundan so‘ng ayrim so‘zlarni (holatga, rahmi, darhol, cho'pni, falokatdan, ко ‘rib) bo‘g‘inlab aytadilar yoki ularning imlosini izohlaydilar. 0‘quvchilarga reja asosida yozish uchun o‘ylashga vaqt beriladi. Yozuv taxtasidagi matn yopiladi. Matn mazmunini eslashda o‘quvchilar tomonidan aytilgan imlosi qiyin so‘zlardan 2-3 ta- sini o‘qituvchi yozuv taxtasiga yozib qo‘yadi.
Tanlab bayon yozish
Muallif K. Qosimovaning «Ona tili o‘qitish metodikasi» darsligida ko'rsatilishicha, tanlab bayon yozish bayon matnining biror qismini tanlab qayta hikoyalashdir. Masalan, o‘qilgan matndan faqat qatnashuvchilarning tashqi ko'rinishi, tasvirlangan qismnigina qayta hikoya qilish, faqat ikki qatnashuvchining uchrashish manzarasini qayta hikoyalash, faqat tabiat tasvirini hikoya qilish kabidir.
Tanlab bayon yozish yozma bayon sifatida ham o‘tkaziladi. Tanlab bayon yozishda matn o‘quvchining ko‘z oldida bo‘lmaydi. 0‘quvchi butun matn mazmunini yoritib berishda qiynaladi. Shuning uchun matn qismlarining mazmuni tugallangan bir fikrda bayon qilinadi.
Tanlab bayon yozishda quyidagi ish turlarini qo‘llash o‘quvchilar uchun foydali va qiziqarlidir. Hajmi kattagina boigan matn mazmunini aralashtirib beriladi - bu esa voqeani tushunishga va ko‘proq tafsilotlarni kiritishga imkoniyat beradi. Shu usulda o‘quvchilarning mantiqiy faoliyatlarining ayrim tomonlari taraqqiy ettiriladi. Bolalar material tanlash, uni chegaralash, mavzuni qisqaroq bayon qilishga o‘rgatiladi.
Ayrim vaqtlarda tanlab bayon yozishda qismlararo bog‘lanishga erishish lozim. Bayon yozishni boshlashda mustaqil so‘zlarni almashtirish, o‘zicha ijod qilish o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatini o‘stiradi. Bu ishlar o‘qituvchi rahbarligida olib boriladi. Tanlab bayon o‘tkazishda o‘quvchilar hikoyani eshitadilar va sinchiklab o‘rganadilar. So‘ng bayonda nima haqida to‘xtalish lozimligi to‘g‘risida aniq ma’lumot oladilar. Bayonning bu turiga «Sariq ip» matniga oid dars namunasi beriladi. Matn ifodali o‘qiladi (71-bet). 0‘qituvchi o‘quvchilar matn mazmunini qay darajada tushunganliklarini aniqlash uchun ularga savollar beradi: «Nima uchun Karima sevindi? Ular nima qilmoqchi edilar?» kabi.
Shundan keyin matnning ikkinchi qismi haqida so‘z boradi. Bu qismda o‘quvchilarga faqat Karimaning siri ochilishi haqida yozish kerakligi aytiladi.
0‘qituvchi oldindan yozuv taxtasiga yozib yopib qo‘ygan rejani ochadi. Hikoyani boshlashdan oldin rejaning birinchi qismiga javob o‘ylash uchun ozgina vaqt beriladi. Qisqa suhbatdan so‘ng hikoyani taxminan quyidagicha boshlash tavsiya etiladi: «Nasibaning sariq ipi tamom bo'lgan edi. U Karimadan ozgina ip so'radi».
Shunday qilib, o‘quvchilar reja qismlarining har biriga javob beradilar. 0‘quvchilar hikoyani ijodiy so‘zlab berishga yaxshi tayyor bo‘lsalar, mazmunini to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘liq so‘zlab beradilar. Bu namuna asosida bir necha marta saylanma bayon o‘tkazish mumkin.
Hamma o‘quvchilar bayonni qanday boshlash va nima bilan tugatishni tushunib oladilar. Buning uchun o‘quvchilar reja tuzadilar, tuzilgan rejani bir o‘quvchi yozuv taxtasiga yozadi. Shu vaqtda 2-3 o‘quvchidan bayonni qanday boshlamoqchi ekanligini so‘rash lozim.
Agar vaqt bo‘lsa, matrmi qayta hikoyalatish kerak. Hikoya qilish vaqtida bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarning bayonga hozirligini aniqlash lozim, 0‘qituvchi hikoyalash vaqtida ayrim o'quvchilarning qiynalayotganini sezsa, ularga hikoya qilish va yozish vaqtida yordam beradi.
Rejasi o‘zgartirilgan bayonda o‘quvchilar qiynalmaydilar. Chun- ki, bayon rejasini o‘qituvchining o‘zi voqeaning ketma-ketligiga qarab beradi. Osqituvchi matn qismlari orasidagi bog‘lanishda tu- shuntirilishi kerak bo‘lgan o‘rinlar uchrashi mumkinligini hisobga olishi kerak.
Ayrim vaqtlarda hikoyaning qismlari o‘rtasidagi bog‘lanishning muvaffaqiyatli chiqishi uchun bir-ikkita yangi so‘z qo‘shish mumkin.
To‘plamga kiritilgan bayonning ikkinchi turida uchinchi sinf o‘quvchilari reja tuzishga o‘rgatiladi.
Hikoya rejasini tuzishda, avvalo, matnni qismlarga bo‘lish lozim. Bunda voqeaning izchilligiga, uning rivojlanishiga va voqealar orasidagi o‘zaro bog‘lanishga ahamiyat beriladi. Buning uchun matn ko‘z o‘ngimizda bo‘lishi shart. Hikoyaning har qismini qayta-qayta o‘qish, uning mavzusini aniqlash, matnni qismlarga bo‘lish, mazmuni bir-biriga yaqin bo‘lgan qismlarga bitta sarlavha qo‘yish talab etiladi. 0‘qituvchi tomonidan berilgan mavzuni yoritish uchun parchaning boshlanishi va oxirini topish kerak.
Matnlarni mustaqil ravishda qismlarga bo‘lishda xatboshi muhim ahamiyatga ega. 0‘quvchilarga reja tuzish o‘qish darslarida ham o‘rgatiladi. Uchinchi, to‘rtinchi sinf o‘quvchilari matnni eshitish orqali yaxshi qabul qiladilar («Ona tili» darsligidagi bayondan tashqari), so‘ng voqealarning ketma-ketligini aniqlash, qismlar va ular orasidagi chegaralanishni ko‘rsatishlari kerak.
Ko‘pincha o‘qituvchilar bayon yozdirishda o‘quvchilarga reja tuzishni ycngillashtirish maqsadida quyidagi usuldan foydalanadilar: o‘qituvchi ovoz chiqarib parchani o‘qiydi, so‘ng to‘xtalib, bu qismda gap nima haqida ekanligini aniqlaydi va o‘quvchilardan unga sarlavha qo‘yishni so‘raydi. Navbatdagi parchalar ham shu tartibda davom etadi. Bunday usullardan faqat ayrim vaqtlardagina foydalanish mumkin.
Bizningcha, reja ustida ishlash ko'proq o‘quvchiga taalluqlidir. Matnni mantiqiy tugallangan qismlarga bo‘lishda o‘quvchilarni har xil usullardan foydalanishga o‘rgatib borish kerak. Buning uchun o‘quvchilar tomonidan qo‘yilgan (o‘ylab topilgan) sarlavhalar o‘qiladi va muhokama qilinadi. Muhokama natijasida eng yaxshi sarlavhalar varianti tanlab olinadi va o‘qituvchi tomonidan yozuv taxtasiga yoziladi. Shunday qilib, bayon uchun yagona reja tuziladi. Sarlavhalash zarur ta’limiy ish hisoblanadi. Maqsad - o‘quvchilar mavzu yoki matnning sarlavhalangan qismi mazmunini to‘g‘ri aniqlashlaridan iborat.
Rasmli reja asosida bayon yozish uchinchi sinfda ham davom etadi. Buning uchun o‘qituvchi 3-sinf «Q‘zbek tili» darsligida berilgan rasmlardan foydalanadi.
Shunday qilib, uchinchi sinf o'quvchilari matnning mazmuniga mos sarlavha topishga, reja tuzishga tayyorlanadilar. Agar o‘quvchilar bu topshiriqni bajarayotganlarida matn ularning ko‘z oldida bo‘lsa, yana ham yaxshi bo‘ladi. Bu o‘quvchilarning bayonga tayyorlanishdagi va reja tuzishdagi mustaqilligini oshiradi. Dastlabki davrlarda sarlavha tuzish mashqlari jamoa tartibida o‘rganiladi. Shundan keyin reja tuziladi.
Agar o‘quvchilar oldida matn bo‘lmasa, tahlildan so‘ng matn ikkinchi marta o‘qib beriladi. Matnni o‘qishdan oldin o‘quvchilardan matn necha qismdan iborat ekanligi haqida fikr bildirishlari so'raladi.
0‘quvchilar uchun matnni qismlarga bo‘lish va ularni sarlavhalash ancha murakkab ish hisoblanadi. Shuning uchun bayon yozish darslarida matnni qismlarga bo‘lishni birinchi chorakdanoq boshlash kerak. Ushbu maqsadda to‘plamda jamoa bo‘lib ishlash vaqtida uncha katta bo‘lmagan matnlarni (26-40 so‘zlik) yozuv taxtasiga yozish lozim. Ona tili darsida o‘quvchilar daftariga bayon matnini yoki uning biror qismini yozdirib qo'yish maqsadga muvofiq.
Buning uchun o‘qituvchi bayon matnidan (o‘quvchiga bildirmagan holda) imloviy tahlil, izohli diktant o‘tkazganda yoki boshqa mashqlarda foydalanishi zarur.
Matn yozilgan daftar o‘quvchilar qo‘lida qoladi. Ular navbatdagi bayon darsida daftardagi matn ustida ishlaydilar va uni qismlarga bo‘ladilar.
Reja tuzishga o‘rgatishda qismlarga oson bo‘linadigan matnlar tanlab olinadi. Bunga misol qilib «Tirishqoqvoy» (89-bet) matnini keltiramiz.

Yüklə 305,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin