Termiz davlat universiteti pedagogika


Savod o’rgatishning tayyorlov davri yozuv



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/11
tarix25.09.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#148202
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
2. Savod o’rgatishning tayyorlov davri yozuv 
darslarida zamonaviy usullardan foydalanish 
Bolalarni o’qish va yozishga o’rgatish, davrida savod o’rgatish darslarini to’g’ri 
tashkil etilishi ham muhim ahamiyatga ega. Analitik-sintetik tovush metodida 
o’qish va yozish darslari bir vaqtda, parallel olib boriladi. Bir soatda tovush-harf 
o’rganilsa, keyingi darsda o’sha tovushni ifodalovchi harfning yozilishi o’rgatiladi, 
har ikki turdagi darsni to’g’ri tahlil qilish uchun quydagilarga e’tibor beriladi; 
1.
Ta’limning didaktik jihatlariga e’tibor berilib, uni so’nggi yutuqlar bilan 
to’ldirib borish. 
2.
O’quvchilarni yosh va fizialogik jihatlariga e’tibor berish. 
3.
Ularda mustaqil faoliyatni rivojlantirish ishlarini keng qo’llash. 
4.
O’qish va yozishning uzviyligiga e’tibor berish. 
5.
Alifbo va unga qo’shimcha materillardan unumli foydalanish. 
Savod o’rgatish jarayoni o’qituvchi uchun ham, o’quvchi uchun ham g’oyat 
ma’suliyatli davr bo’lib ulardan kuch, g’ayratni, bilimni talab etadi. 
Bu davrdagi darslar qanchalik qiziqarli va ta’sirli tashkil qilinsa bolaning 
savodini chiqarish shunchalik oson kechadi, ularning o’qishni o’rganishga bo’lgan 
qiziqishlari ortadi. Buning uchun mualimlar bolada motiv hosil qilish va uni 
rivojlantirishga e’tibor qaratishlari lozim. Motiv kishini biror ish harakatga 
undovchi, da’vat, turtki. Motiv bolada bilim olish ishtiyoqiga va qiziqish uyg’otadi. 
O’qituvchilar bundan mohirlik bilan foydalanishlari va o’quvchilarga beriladigan 
mustaqil ishlar tizimini ishlab chiqishlari foydadan holi bo’lmaydi. 
Motiv hosil qilishga ta’limiy o’yinlar ham muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki 
6-7 yoshli bolalar hayotida maktab davri ancha murakkab davr bo’lib bolalar jiddiy 
sinov turadi. Bola yangi jamoa-maktab jamoasiga kirib boradi, endi shu jamoaning 
asosi ekaninni his etishga intizomga yangi sharoitiga moslashishiga majbur bo’ladi. 
Bola kichkina bo’lishga qaramay uni bajaradigan ishlari ko’p. Bular maktab, 
o’qish, uy vazifalarini bajarish, murakkab vazifalarni bajarish va boshqalar. 
Muhimi o’yindan maktabga, kundalik majburiy va uzoq mehnatga o’tish bola 


23 
hayotida tub burilishdir. Buning o’zi bo’lmaydi; hatto maktabgacha tarbiya 
muassasalaridan bolalarga ham bu oson emas. Uydan maktabga kelgan bolalar 
uchun yana ham qiyindir. Ayniqsa 40-45 minutlik darsda o’tirish, tinglash va 
topshiriqlarni bajarish aqliy mehnat bolani tez toliqtiradi bola o’qishida maktabdan 
sovushi mumkin. 
Shuning uchun ham o’qituvchilar bola faoliyatini qiziqarli tashkil etishga 
intilishlari motiv hosil qilish va uni rivojlantirishga harakat qilishlari lozim. 
Motiv o’z-o’zidan hosil bo’lmaydi. Uni bolalar yoshiga psixologik 
xususiyatlariga mos didaktik o’yinlar va mustaqil ishlar vositalariga nazariy 
bo’limlar oson egallanadi; o’quvchilarning bilim olishda qiziqishlari ortadi. 
Hozirgi kunda ta'lim jarayonida interfaol usullar, innovatsion texnologiyalar
pedagogik va axborot texnologiyalarni qo'llashga bo'lgan qiziqish kundan-kunga 
kuchayib bormoqda. Bunday usul o'quvchilarni tayyor bilimlarni o'zlari qidirib 
topishlariga, mustaqil o'rganib tahlil qilishlariga, xatto xulosalarni ham o'zlari 
keltirib chiqazishlariga o'rgatadi. O'qituvchi bu jarayonda shaxsni rivojlanishi, 
shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi. Shu bilan bir qatorda 
boshqaruvchilik, yo'naltiruvchilik funktsiyasini bajaradi. Ta'lim jarayonida o'quvchi 
asosoiy figuraga aylanadi. 
Darlarda yangi pedagogik texnologiyalarni shunday tashkil etilishi kerakki, 
bunda sinfdagi barcha o'quvchilar faollashishi zarur, ya'ni dars o'tish jarayonida 
o'quv materiallarining ma'lum bir qismi o'quvchilar tomonidan mustaqil o'rganiladi, 
so'ngra sinfda xar tomonlama muxokama etiladi. O'qituvchi o'quv jarayoni 
tashkilotchisi, rahbari, nazoratchisi hamdir. O'quvchining sinfda o'zini erkin xis 
qilishi va o'quv faoliyati uni emotsional jixatdan qoniqtririshi lozim, ana shundagina 
u o'zining fikrlarini erkin bayon qila oladi. Yangi pedagogik texnologiyalar xilma-
xil bo'lib, qaysi metodni tanlash o'qituvchining o'tayotgan mavzusi, darsning 
maqsadi va vazifalariga bog’liq. 
Ulardan interfaol mashg'ulot - o'qituvchi va o'quvchilar o'zaro faol ishtirok 
etadigan mashg'ulot, hamkorlikda kechadigan jarayon. 
Interfaol metodlarning qo'llanishi darslarda beixtiyor psixologik o'yin yoki 


24 
musobaqaga aylantirib, yuqorida tilda olingan bo'sh o'quvchilarni ham bir oz 
bo'lsada, o'z fikrlarini keng ommaga izhor etishga, umuman sinfda kechayotgan 
bahs-munozaralarga befarq bo'lmasdan, faol ishtirok etishga undaydi. O'quvchilarni 
faollashtirish uchun dars jarayonida qo'llaniladigan usullarni to'g'ri tanlash va 
savollarni aniq tuzish katta samara beradi. Buning uchun darsga, mavzuga qo'yilgan 
maqsad aniq belgilanib, shu maqsadga erishish yo'li, usuli puxta ko'rib chiqilishi 
lozim. Demak, o'qituvchi har bir foydalanadigan interfaol usulni o'quvchiga nima 
berishini oldindan ko'ra olishi va darsni to'g'ri tashkil qilishi kerak. Demak, siz 
qo'llanmoqchi bo'lgan interfaol usulini ko'rib bo'lgach, o'zingizga kerakli rasm
tarqatma material ko'rgazmailardan keragini qirqib olib konvertga solib 
qo’yishingiz, mavzularni o’rgatishda ishlatishingiz mumkin. 
Interfaol uisullardan foydalanib o'tganda quyidagilarga etibor berish lozim.
6
l. O'quvchilar ishni bajarish uchun bilim, malaka, ko'nikmaga ega ekanligiga 
ishonch xosil qilaman. 
2.
Guruhda sust o'quvchilar va bilimi kuchli o'quvchilar teng bo'lishiga 
e'tibor beraman. 
3.
Jamoa bo'lib o'rganish yoki muxokama vaqtida shovqin bo'ladi, bunga 
e'tibor bermayman. 
4.
Har bir guruhning ishiga e'tibor beraman, kerak bo'lsa yordam beraman. 
5.
Mustaqil fikr va g'oyalarni olqishlab, rag'batlantiraman. 
6.
Guruhlarga doimo aniq tushunarli yo'rliqlar beraman. Vazifani tez 
bajargan guruhga qo'shimcha topshiriq tayyorlab qo'yaman. 
7.
Guruhlarda 
ishlayotganda 
ularni 
kuzataman, 
eshitaman. 
Passiv 
o'quvchilarni qiziqtirib mavzuga jalb qilishga harakat qilaman. 
Interfaol metod sinfda o’tiladigan mavzular yuzasidan muammoli vaziyatlarni 
muhokama qilishda, "Aqliy hujum", "Kichik guruhlarda ishlash", "Burchaklar 
metodi", "Kubiklar" bahs-munozara orqali ularni yechimini topishda yaqindan 
yozdam beradi. 
4. Aqliy hujum - muammolarni hal qilishda keng qo'llaniladigan samarali 
metoddir. U qatnashchilarni o'z tasavvurlari va ijodlaridan foydalanishga undaydi. U 


25 
berilgan har qanday muammoga ko'p sonli to'g'ri yechimlar topishda yordam beradi. 
Aqliy hujum muammo yechimini topishda muqobillarini aniqlashga yordam beradi. 
Dars mashg'ulotlarida o'tiladigan mavzuni, turli xil tomonlarini, qirralarini, qarama-
qarshiliklarini ko'rsata olish, sinf o'quvchilarining mustaqil fikrlash qobiliyatlarini 
shakllantirish, o'zaro bahs-munozara yuritish, muloqotga chaqirish, munosabat 
bildirib, himoya eta olish, darsning yakunida mavzuning o'quvchilar tomonidan 
qanchalik qabul qilinganligi, o'zlashtirilganligini bilish, baholash maqsadida ushbu 
metodni qo'llash muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu darsning maqsadi - birgalikda 
o'qitish ko'maklashuvchi uslubiy yo'llar, ya'ni o'quvchilarning jamoada o'qitish yo'li 
bilan bilim olishlari to'g'risida tasavvur berishdir. 
Kichik guruhlarga bo'lish metodikasi - o'qituvchi tajribasi, mahorati, ijodiy 
yondashuv asosida turli xil usullar asosida bo'lishi mumkin. Masalan: sinf 
o'quvchilarini ranjitmaslik, kamsitmaslik, ularni estetik did nuqtai nazaridan
kelishmovchiliksiz, guruhlarda bo'lish maqsadida turli xil rivojlantiruvchi o'yinlar 
asosida yoki masalan; 6 xil rangda, rangli qog'ozdan har xil shaklda, kichkina 
hajmda, sinf o'quvchilarining jami sonini hisobga olgan holda, oldindan kesma 
shakl (doira, uchburchak, to'rtburchak, beshburchak va hokazo) tayyorlab qo'yiladi. 
Kesim shakli o'qituvchi mahoratiga bog'liq, har xil shaklda bo'lishi mumkin. 
Tayyorlab qo'yilgan rangli kesma shakllarni o'quvchilarga tarqatiladi (bu holda har-
bir o'quvchi, ixtiyoriy ravishda o'zi xohlagan rangdagi kesma shaklini tanlab oladi). 
O'quvchilar tanlab olgan kesma shakldagi ranglar asosida o'qituvchi, o'quvchilarni 
osongina guruhlarga ajratib oladi. Masalan: 
Oq rang 1 -guruh Yashil rang 2-guruh 
Ko'k rang 
3 -guruh Jigar rang 4-guruh Sariq rang 5-guruh Qizil rang 6-
guruh 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin