Termiz Davlat universiteti Psixologiya (amaliy psixologiya), sirtqi yo’nalishi 1-kurs talabasi Mengaliyev Dilshodning


Kun tartibini bolaning yoshiga mos ravishda tuzish



Yüklə 105,99 Kb.
səhifə2/2
tarix22.06.2020
ölçüsü105,99 Kb.
#32001
1   2
4-семинар tayyori

Kun tartibini bolaning yoshiga mos ravishda tuzish.


10-13 yoshidagi bolalar uchun o‘z-o‘ziga xizmat qilishdan tashqari quydagi iiielinat turlari tavsiya etiladi: o‘z kiyim boshlarini yuvish, ta’mirlash, tikisli-chatish, hovlida ozodalik va tartibni saqlash. sabzovat hosilini yig‘ishtirish va h.k.

14-15 yoshli bolalar ijtimoiy-foydali mehnat va o z-o‘ziga xizmat qilish, jumladan, yotoqxonalarni tozalash, tayyor ovqatlarni idishlarga quyish kabi ishlarni ham bajarishi mumkin. Ularni qishloq, xo‘ja1ik tajriba, uchastkasidagi ishlarga ham jalb qilish maqsadga muvofiqdir.

Ijtimoiy-foydali mehnat bilan uzluksiz shugullanish salbiy tasirlarni oldini olish uchun uning davomiyligi 1-4-sinf o‘quvchi1ari uchun 30 daqiqa, 5-9-sinf uchun 40 daqiqa. 10- 11-sinflar uchun 1.5 soatdan oshmasligi kerak. Barch mashqlarni bajarish o’quvchilarning salomatliklari vat jismoniy imkoniyatlarga qarab ruxsat etish kerak.

Barcha yoslidagi bolalar kun tartibida o‘z-o‘zini tartibga keltirish, ozodalik va gigiyenik tadbirlarni bajarisli uchun yetarli vaqt ajratishi kerak. Ilrniy tekshirishlar uzaytirilgan guruliar kun tartibi noto‘g‘ri tuzilgau bolalar uzoq vaqt dars ta yyorla b. ochiq hay oda karn bo lishlarini ko‘rsatadi. Bu esa organiznin ing funksional holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. xususan oksidlanish-qaytarilish jarayonlari yornonlasliadi, toliqish belgilari kucha yadi. Ochiq havoda yetarli vaqt mobaynida o‘tkazilgan harakatli ko‘ngil ochar o’yinlarga vaqt ajratish, uy vazifalarini

unumli va tez sur’atlar bilan bajarishga imkon yaratadi.

O‘quvchini yoshligidan o‘rin ko‘rpasini yig‘ishtirishga, kiyini boshini tartibga solishga, kecliqiirin i a erta bilan yuvinishga o‘rgatib borish kerak. Kun tartibida uj quning o‘rni va ahamiyati katta. Bola uxlashidan 2- 2,5 soat oldin ovqatlanishi kerak. Kechki ovqatdan so‘ng sof havoda bir oz sayr qilishi, kiyimlariga qarashi lozim.


Uxlashdan avval zo'riqib aqliy mehnat talab yetadigan ishlarni bajarish, xayajonli uyinlar uynash, televizor ko'rish tavsiya etilmaydi.

Televizorni boshlang'ich sinf o'quvchilari haftada 3-4 marta kuniga 1-1,5 soatdan, yuqori sinf o'quvchilari 4-5 marta 2-2,5 soatdan undan 2-2,5 m uzoqda o'tirib, qad-qomatni to 'g 'ri tutgan holda ko'rishlari mumkin. Yotib yoki yonboshlab televizor kurish mumkin emas.

Boshlang'ich sinf o'quvchilari kechki soat 8 va 9 larda, yuqori sinf o'quvchilari kechki soat 10 da uyquga yotishi kerak. O'rin toza bo'lishi, juda yumshoq bo'lmasligi lozim. Xona harorati 18-20°C bo'lishi, qishda fortochkani ochib qo'yish kerak.

Har kuni bir vaqtda ovqatlanishi shart, shunda ovqatlanish vaqti yaqinlashganda ishtaha paydo bo'ladi, ovqat tez va yaxshi hazm bo'ladi.

Bolaning bir kunlik yeydigan ovqati organizmida sarflangan energiyani qoplashi kerak.

Pedagoglar o'quvchilarda kun tartibini bajarish ko'nikmasini hosil qilishlari kerak. Har o'quv yilining boshida sinf rahbari ota-onalarni va o'z sinfi o'quvchilarini taxminiy kun tartibi bilan tanishtiradilar. Bu tartib asosida har bir o'quvchi uy sharoitiga qarab o'zining kun tartibini

belgilaydi. Maktab internatlarda kun barcha uchun shart bo'lgan ertalabki badantarbiyadan boshlanadi. So'ngra o'rin va xonalar tartibga solinadi, yuz-qo'l yuviladi, nonushta qilinadi, sayr va o'quv mashg'ulotlari boshlanadi. Tushlik va sayrdan so'ng tarbiyalanuvchilar uy vazifalarini

bajaradilar. Shundan keyin to'garak mashg'ulotlari o'tkaziladi, o'z xohishiga qarab sarf qilish uchun bo'sh vaqt ham beriladi. 1-4-sinf o'quvchilari soat 20.30 da, 5-8-sinf o'quvchilari soat 21.00-22.00 da uxlashga yotadilar.

0 6quvchilarning imtixonga tayyorlanish vaqtidagi kun tartibi. Imtixon topshirish bilan bog'liq bo'lgan, zo'r berilgan aqliy faoliyat, his-xayajon, uxlash va dam olish tartibining buzilishi, o'quv yili oxirida vujudga kelgan ish qobilyatining pasayishi bola organizmining funksional faoliyatiga salbiy ta’sir ko'rsatadi. O'quvchilar charchog'likdan, yomon uyqu va ishtahadan shikoyat qiladilar, ba’zi o'quvchilarda esa qon bosimining oshib ketishi kuzatiladi.

Imtihonlarga tayyorlanish vaqti ham ertalab o'rindan turish, kechqurin uyquga ketish, ovqatlanish, ochik havoda bo'lish vaqtlari odatdagidek bo'lmogki lozim. Imtihonlarga tayyorlanish mashg'ulotlari esa organizmni funksional faolligi yuqori bo'lgan ertalabki saotlarda o'tkaziladi. Har 45 daqiqa oralig'ida qisqa tanaffuslar, 2,5-3 soatlardan so'ng ikkinchi nonushta va ochiq havoda sayr qilish lozim. Shundan so'ng bolalar yana 3 soat dam oladilar, uxlaydilar, ochiq havoda bo'ladilar. Soat 16.00 dan boshlab 2-3 soatlik mashg'ulotlar o'tkaziladi.

Imtihonlarga tayyorlanish vaqtida esa o'quvchilar boshqa mashg'ulotlardan ozod qilinadalar. Bir kunda bolalar ko'pi bilan 9 soat mashg'ulotlarda qatnashmog'i lozim.




















  1. Kun tartibini tuzishdagi prinsiplarni aniqlash.

Ertalabki badan tarbiya nerv sistemasi tonusini oshirib, ichki organlar, ayniqsa yurak-tomir sistemasi ishini yaxshilab, bolani tetiklashtiradi va ancha irodali bo‘lishiga yordam beradi. Ertalabki badan tarbiyani uyqudan uyg'ongandan 10-15 daqiqa o‘tgach, yaxshi shimollatilgan xonada o‘tkazish kerak. Gimnastikaning davomiyligi 10-20 daqiqadan ortmasligi avval yengil mashqlarni bajarib, asta-sekin nagruzkani ortira borish lozim. Mashg'ulotdan so4ng tomir urishi bir oz tezlashadi, bu normal fiziologik holat bo4lib, birmuncha vaqtdan so4ng normaga

qaytadi. Ertalabki badan tarbiyada cho4zilish, bukilish, gavdani aylantirish, yurish sakrash, sekinroq yugurish va boshqalardan foydalanish mumkin. Ertalabki badan tarbiya m ashg'ulotlarida 5-8 ta mashq bajariladi, har bir mashq 2-3 martadan 8-10 martagacha takrorlanadi. Nafasni uzoq vaqt to ‘xatib turadigan mashqlarni qilmaslik kerak.

Mashg'ulotlar paytida yengil kiyim kiyib olish lozim, yotib bajariladigan mashg'ulotlar uchun kichik gilamcha bo‘ladi.

O'quvchi uyda maxsus jihozlangan joyda qaddini to‘g‘ri tutib, boshini qiyshaytirmasdan, tirsaqlarini stol ustiga qo4ygan holda o'tirib dars tayyorlashi kerak. Yorug4lik yetarli bo'lmasa, ko4z muskullari tez charchaydi. Shuning uchun yorug4lik normal bo'lishi va chap tomondan tushushi kerak. O'kiyotganda kitobdan ko'zgacha bo'lgan masofa 40 sm bo‘lishi shart. To'xtamay uzok vaqt yozish o‘quvchini charchatadi.

Shuning uchun 7-10 yashar o'quvchi tinimsiz 10 daqiqa. 10-12 yoshda 15 daqiqa, 12-15 yoshda 20 daqiqa, 15-18 yoshda 25-30 daqiqa yozishi mumkin.

Bola dars tayorlashdan oldin va keyin hamda uyqudan oldin bo'sh vaqtlarini ko'proq ochiq havoda o4kazishlari lozim. Kichik maktab yoshidagi o'quvchilar ochiq havoda 3-3,5 soat, o‘rta maktab yoshidagilar 2,5-3 soat va yuqori sinf o'quvchilari 2 soatdan kam bo'lmasligi kerak.

O'quvchi tushlik ovqatini yeb bo‘lib, dam olganidan keyin kechi bilan soat 16.00 da uy vazifalarini bajarishga kirishishi kerak. 0 ‘quvchilarning nonushta va tushlikdan keyin ochiq havoda bir oz o‘ynab kelib, keyin dars tayyorlashi maqsadga muvofiqdir.

14-17 yoshni shifokorlar va fiziologlar oraliq yosh deb hisoblashadi, chunki shu yoshda o'smir organizmi zo‘r berib rivojlanib, balog'atga yetib boradi, markaziy nerv sistemasi holatida va o'smirning yurish-turishida o'zgarishlar sodir bo'ladi.

14-17 yashar o‘quvchining o'quv dasturi ancha og'ir bo‘ladi, chunki o'quvchi va talabalar imtihonlarga ham tayyorgarlik ко4radi, imtihonlarga tayyorlanish va topshirish davrida organizm hammadan ko4p zo4riqadi.

Mana shu davrda kun tartibiga puxta amal qilish, tunda yetarlicha qoniqib uxlash kerak. Ish qobiliyatini kun bo’yi yuksak darajada saqlab qolish uchun o’quvchilarga kunduzi 1,5-2 soat uxlab olib, keyin bir soat ochiq havoda sayr qilish tavsiya etiladi. O'quv mashg’ulotlari mahalida har ‘5

daqiqadan keyin 10-15 daqiqa tanaffus qilib turish lozim.

0 ‘quvchi qanchalik yosh bo’lsa, mehnat qobiliyati tiklanishi uchun shunchalik ko‘p vaqt kerak bo‘ladi. O'quvchining yoshiga qarab tungi uyquning fiziologik me’yorlari belgilangan.

Uyqu asab sistemasini toliqib qolishdan saqlaydi. Uxlaganda organizmdagi hamma a’zo va to’qimalar, jumladan, bosh miya po’stlog’i orom oladi. Nerv hujayralari oziq moddalar zaxirasiga to’lib, quvvat yig'adi, organizm yangi mehnat kuniga tayyorlanadi.

Odam qattiq va miriqib uxlashi uchun m a’lum bir soatda yotishga o'rganishi, uxlashdan 1-1,5 soat oldin hech qanday aqliy ish bilan shug’ullanmasligi kerak.

Uyquga qoniqmaslik o'quvchilarning ish qobiliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Uxlashdan oldin xonani shamollatish, xona harorati 16-17 С bo’lganda deraza yoki fortochkani ochib qo’yish kerak.

Maktabdagi mashg’ulotlardan keyin ochiq havoda sayr qilish, serharakat o’yinlar o’ynash kuch-quvvatni tiklashga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi.

Aqliy mehnat bilan jismoniy mehnatning, almashinib turishi ish qobiliyatini oshiradi. Yurak-tomirlar sistemasi, nafas a’zolari faoliyatini yaxshilaydi, moddalar almashinuvini kuchaytiradi.

Maktabdan va sinfdan tashqari ishlarning (sport mashg’ulotlari, turistik safarlar, to’garak ishi, jamoat ishi, adabiy kechalar, muzeylarga borish va boshqalar) o’quvchilarga zavq bag’ishlab, kuch-quvvatlari va aqliy mehnat qobiliyatlarini oshirishda yaxshi ta’sir qiladi.

Ba’zi to’garaklarga qatnashishga ancha vaqt va kuch sarflanadi, buni unutmaslik kerak (modellar yasash, radio, foto to’garaklari, havaskorlik to’garaklari va boshqalar). Mashg’ulotlar ko’pi bilan haftasiga 1-2 marta, 50-60 daqiqadan o'tkazilgani ma’qul. Har bir o’quvchi bitta to’garakda,

istisno tariqasida ikkita to’garakda qatnashishi mumkin. Sinfdan tashqari ish va jamoat ishlarini tushlikdan so’ng, ochiq havoda dam olib bo’lgandan keyin o’tkazish kerak.

Aqliy mehnat bilan shug’ullangandan keyin albatta dam olish, badantarbiya mashqlari bilan shug’ullanish lozim (kerishish, gavdani pastga egish, o’tirish-turish) va hatto uy ichida aylanib yurish charchoqni yozib, ish qobiliyatini tiklaydi.

Dam olish kunlari va maktab ta’tillari paytida imkoni boricha ko‘proq ocliiq h‹ivoda bo‘lish, sport o‘yinlari, ekskursiyalar, sayohatlar uyushtirish organizinni chiniqtiradi va aqlni peshlaydi.


Kuni uzaytirilgan sinflarda bolalar uchun mo‘1ja1langan kun tartibi o‘rta umumta’1im rnaktabidagidan birmuncha boshqacharoq tuzilishi kerak.
Kuni uzaytirilgan sinf bolalari uchun taxminiy kun tartibi:

8.30-9.00 — Bolalarning yig‘ilishi. Ertalabki girnnastika. 9.00-9.35 — Ertalabki birinchi dars.


9.35-9.55 — Birinchi tauaffus (serharakat o‘yinlar). 9.55-10.30 — Ikkinchi dars.

10.30-10.50 — Ikkinchi tanaffus, issiq ovqat bilan nonushta. 10.50-11.25 — Uchinchi dars.

11.25-12.25 — Dinamik mashg‘ulotlar (uyushgan, serharakat o‘yin1ar, sayr, kiyimni o‘zgartirib olish uchun vaqt).

12.25-13.00 — To rtinchi dars. 13.00-13.30 — Tushlik.

I 3.30-15.4fi — Uyqu.

15.30-15.45 — O‘rinni yig‘ishtirish, yuvinish.

1 5.4 5-16. 20 — Bolalar ning qiz iqis higa qara b o t kaz iladi ga n mashg‘u1ot1ar. Osoyishta o‘yinlar.

16.20-16.40 — Kechki tushlik.

16.40- l b.00 — Toza havoda sayr qilish, serharakat o‘yinlar o‘ynash. Shanba kuni o‘qilmaydi.

Internat maktablarning quyi sinfida tarbiyalanuvchilar uchun sinfda o‘tkazi1adigan va mustaqil mashg‘ulotlar kuniga uzog‘i bilan 4-5 soat, 5, 8 -sinf o’quvchilarining mashg’ulotlari 6,5 soat, yuqori sinf o‘quvchilarining mashg‘ulotlari 8 soatdan oshmasligi lozim. Quyi sinflarda tarbiyalanuvchilar kuniga 3,5-4 soat, yuqori sinf o‘quvchilari 2-3 soat ochiq havoda bo‘lishlari kerak.


O quvchilar bo‘sh vaqtlarini ko proq o‘z qiziqis hlariga qarab o‘tkazadilar. Uning davomiyligi kichik maktab yoshidagi o‘quvchi1ari uchun 1,5-2,5 soatni tashkil qiladi (badiiy kitob o‘qish, rasm chizish, bichish-tikisli, telekursatuvlar va filrnlar ko‘rish va uy ishlariga yordam berish kerak).



To‘garaklarga, sport sektsiyalariga qatnashish boshlang‘ich sinflarda 45 daqiqadan haftasiga 2 marta, o’rta va yuqori sinflarda 1,5-2 soatdan ko‘p bo‘lmasligi kerak.

O‘z-o‘ziga xizmat qilish va ij tint oiy foydali mehnat turlaridan maktabda. internat va boshqa muassasalarida bolalar quyidagilarga: o‘rinni yig‘ish, oyoq kiyim va ko‘ylaklarni ozoda tutish, xonadagi yengil ishlarni bajarislida ishtirok etish (xonani sliairollatish. clianglarni artish, supurisli. gul1arg‹i suv quyish), oshxonada navbatchilik qilish, hovli ishlari (xazonlarni yig‘is1itirish, gul va daraxtlar ekish va ekinlarni sug‘orish, jonli burchakda hayvonlarni parvarislilash va boshqalar).


O'quv yili davomida o'quvchi m a’lum kun tartibiga moslashadi. Shuning uchun ham imtihon davrida kun tartibini ilgarigidek qolaverishi lozim, ya’ni o'quvchining dars tayyorlash (aqliy mehnat bajarish)ga sarflanadigan vaqti ko'paymasligi, jismoniy tarbiya bilan shug'ullanishi, uxlashi aslo kamaymasligi kerak.

Har bir imtihonga tayyorlanish uchun kamida 3-4 kun vaqt berilishi kerak. Imtihon vaqtida begona kishilarning ishtirok etishi, savol berishi mumkin emas, chunki o'quvchi hayajonlanib bilgan narsalarini unutib qo'yishi mumkin.

Surunkali kasalliklar bilan og'rib, quvvati ketgan, yuqumli kasalliklardan endi tuzalib, o'qishga qaytgan o'quvchilar tibbiy xulosa va maktab pedagoglar kengashi qaroriga asosan imtihonlardan ozod qilinadi.

Dam olish va ta’til kunlaridagi kun tartibi. Kun tartibida iloji boricha yetarli uyqu va ochik havoda bo'lishga e’tibor beriladi. Harakatli o'yinlar, sport o'yinlari va mashg'ulotlari va turistik sayohatlarga keng yo'l berilishi lozim. Kitob o'qish uchun, teatr va kontsertlarga borish uchun sarf bo'ladigan vaqt bir teks taqsimlanishi zarur. Har kuni uy yumushlariga yordam berish va ijtimoiy-foydali mehnat bilan shug'ullanish uchun ham vaqt ajratiladi. Dam olish va ta’til kunlari bolalarda erkin ijod bilan

mashg'ul bo'lishga yetarli vaqt bo'lishi kerak. Uxlash va o'z-o'ziga xizmat qilish vaqtlari bolalarning yoshlariga qarab belgilanadi.

Yozgi ta’til kunlari oromgohlarda ommaviy sog4lomlashtirish ishlari amalga oshiriladi. Oromgohlar (lagerlar) kun tartibida ochiq havoda bo'lish, tabiiy sog'lom lashtirish omillaridan unumli foydalanish, yetarlicha uyqu, jismoniy tarbiya va sifatli ovqatlanishga keng o'rin beriladi.

Uyqu o'quvchi kun tartibining muhim qismlaridan biridir. Uyquga bo'lgan talab bolalar yoshiga bog'liq ravishda o'zgaruvchan bo'ladi.




Bolaning

oshi

Uyquning davomiyligi

7-10




11-10 soat

11-14




10 soat

15-1b




9 soat



Tez-tez kasallikka chalinuvchali, nimjon, quvvatsiz, sil va bod kabi bir qator kasalliklar bilan og‘rigan bola organizmi uzoqroq vaqt uxlashga muxtojdir. Davolash va sog‘1oni1aslitirish muassasalarida yoshidan qatiy nazar hamma bolalar kunduzi uxlashlari lozim.

So nggi yillarda o quvchilarning kun tartibini o rganish ko p bolalarda uyquga to‘ymaslik hollari tez-tez uchrab turishini ko‘rsatdi. Bunga sabab. birinchidan o‘qish vaqtli 5.00 da boshlanishi tufayli erta turish bo‘1sa, ikkinchidan, uyquga kech yotishdir. Uyquga kech yotish uy vazifalarni uzoq tayyorlash, shu sababli kun tartibining boshqa tarkibiy qisrnlarning kechga surilishi va teleko rsatuvlarni uzoq ko‘rish bilan bog‘1iqdir.

To yib uxlamaslik bolalar ning oliy nerv faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bunda markaziy asab sistemasi izdan chiqadi, shuningdek, ishlasli fuoliyati keskin pasayadi.

Bunday o‘zgarishlar kun tartibiga rioya qilganda yaxshilanadi. Uzoq vaqt davomida uyquga to‘ymaslik katta toliqishga olib keladi va asab buzilisliiga sabab bo‘1adi.

Sog‘1omlashtirish muassasalarida 5 mahal ovqatlaniladi. Uyqu 2 mahal: tungi va kunduzgi uyqudan iborat bo‘ladi. Kun tartibida albatta bolalarni qiziqtirgan ishlariga qarab tanlab olingan erkin ijod bilan shug‘ullanish uchun ajratilgan bo‘sh vaqt ham nazarda tutilishi lozim. Bu bola shaxsiyatini shakllantirishda, uning ijodiy qobiliyati va ruhiy qiziqishlari rivojlanishida katta ahamiyatga ega.
Kasb-hunar kollej talabalarining kun tartibi

Talabalar kun tartibini belgilashda ular zimmasiga tushadigan umumiy og‘ir1ik, ularning yoslii va bajarish qobiliyatini hisobga olish lozim. Shunda organizmda dinaniik stereotip yuzaga kelib, hosil bo‘lgan shartli refleks tufayli ish bajarish qobiliyatini asta-sekin fiziologik sharoitda oshirish mumkin bo‘1adi. Dinamik stereotip o‘smirlarda o‘z-o‘zidan shakllanniaydi, bu ish bajarishni takomillashtirish unga o‘rganish va ko‘nikish natijasida yuzaga keladi.


Kasb-hunar kollej talabalarining o'quv kuni 6 soatni tashkil qilib, agar ishlab chiqarish mashg'ulotlari ma’lum kunlarda o'tkazilsa, dars soat 8 dan boshlanishi kerak. Nazariy va amaliy mashg'ulotlar kun davomida almashib qo'yilishi, ma’lum kunlarda faqat nazariy, m a’lum

kunlarda faqat amaliy mashg'ulotlar o'tishga nisbatan fiziologik jihatdan to'g'ri hisoblanadi. Talabalarning ishlab chiqarish taTimini yo'lga qo'yishda turli yo'nalishdagi kasb-hunar kollejlarning sanitar sharoiti katta rol o'ynaydi. Shovqin, tebranish, havoning ifloslanishi va changi, xona haroratining ko'tarilishi kabi kuchli ta’sirlovchilar e’tiborga olinadi.

Talabalarning barchasi ish uslubiga qarab himoya moslamalari (oyoq kiyimlari, xalat, maxsus ko'zoynaklar, qo'lqoplar va h.k.) bilan ta’minlanishi kerak.

K asb-hunar kollej talabalari o'quv korxonalarida amaliy mashg'ulotlarni boshlashlaridan avval sanitariya va gigiyena hamda texnika xavfsizligidan saboq olishlari kerak. Bunda ishlash jarayonida

qanday gigiyenik qoida va tadbirlarga rioya etish va avariya holati yuz berganda, tibbiyot xodimlari kelguncha o'z-o'ziga yordam berish usullarini o'rganadilar.

Talabalar kuniga uch mahal gigiyenik talablarga ko'ra energetik harajatlarini hisobga olgan holda ovqatlanishlari kerak. Ovqatlanish uchun 40-60 daqiqa ajratiladi.

Kasb-hunar kollejlarida ishlab-chiqarish ta ’limi albatta mehnatni himoya qilish qonunlariga tayangan holda ishlab chiqiladi.

Talabalar ish kunining 70-75% da ishlab chiqarishda band bo‘lishlari lozim. Kasb-hunar kollej talabalariga korxonalar tartibida qulay sharoit yaratish hamda qobiliyatini oshirish maqsadida mart oyining oxirida yoki aprel oyining boshida bir haftalik ta’til beriladi. Har kuni talaba ikki soat ochiq havoda bo'lishlari, sport bilan muntazam shug'ullanishlari kerak. Bular talabalar kun tartibidagi asosiy sog'lomlatiruvchi omil hisoblanadi.

Talabalar ijodiy ishlarga munosabatlar, turli mavzularda o'tlcaziladigan suhbat va kechalarga, kontsert, xalq xo'jaligi yutuqlari zallariga ekskursiya va suhbatlarga jalb qilinishlaridan oldin va o'qish davrida takror tibbiy ko'rikdan o'tib turishlari kerak. Sog'ligida biror nuqsoni bo'lgan talabalar tibbiy ko‘rikdan o'tkazilib, sog'ligi bo'yicha guruhlari aniqlanadi va ularga tegishli davo tadbirlari tavsiya qilinadi.








Foydalaniladigan adabiyotlar:

1. S.X.Aripova. “Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi” Т.: “Fan va texnologiya” 2010 y.

2. K.Almatov..“Ulg’ayish fiziologiyasi”. T.:M.Ulug’bek nomidagi bosmaxonasi. 2004 y.

3. Sodiqov.Q., Aripova. S.X., Sbaxmurova.G.A. "Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi”. T.:Yangi asr avlodi. 2009 y.

4. D A.Mamatqulov., “Bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi asoslari”. “0‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati”. 2017 y.

5.www.ziyonet.uz.



6. www.nuuz.uz.





Yüklə 105,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin