Termiz davlat universiteti sport faoliyati va boshqaruvi fakulteti sport boshqaruvi kafedrasi



Yüklə 0,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/17
tarix27.12.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#199323
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
XUDAYBERDIYEV DOSTON ABDULLA O‘G‘LI

Dastlabki holatlar
. Dastlabki holatlar u yoki bu texnik usullarni bajarishga 
tayyorgarlik fazasini belgilaydi. Dastlabki holatlarni egallashning bajarilishi 
kutilayotgan harakatni bajarish uchun qulay sharoitni va harakatlanishni ta’minlashi 
darkor. Texnik usulning bajarilishidan qat’i nazar, dastlabki holatlar birmuncha 
statikligi bilan farqlanadi: to'pni uzatishdan oldinpastdan, to'pni qabul qilishda, 
to'siq qo'yishda va hujum zarbasini berishda. O'yinchi dastlabki holatni soniyaning 
bir qancha bo'laklariga teng muddatgagina egallaydi. 
To‘p uzatish 
- bu texnik usul orqali hujumni tashkil qilish va amalga oshirish 
uchun qulay sharoit yuzaga keltiriladi. To'pni: tayanch holatdan ikki qo'llab, sakrab 
ikki qo'llab, sakrab bir qo'llab, orqaga yiqilib turib ikki qo'llab uzatish mumkin. 
Oxirgi usuldan voleybolda kamdan-kam, keskin holat yuzaga kelganda 
foydalaniladi. 
Yo'nalishi bo'yicha to'p uzatishlar (to'p uzatuvchiga nisbatan) quyidagicha 
bo'ladi: oldinga, o'z ustiga, orqaga. 
Uzunligi bo'yicha: uzun - zonalar osha; qisqa - zonadan zonaga; qisqartirilgan 
- zona doirasida. 
Balandligi bo'yicha: baland - 2 m dan yuqori, o'rtacha - 2 m gacha, past - 1 m 
gacha. Yuqoridagi ko'rsatkichlarga bog'liq holda to'pga sekin, tez va katta tezlanish 


25 
beriladi. To'pni to'rga yaqin - 0,5 m gacha va uzoq - 0,5 m dan ortiq masofada 
berish mumkin. 
To'pni uzatish texnikasi dastlabki holat, qo'lning to'pga qarama-qarshi 
harakati, amortizatsiya va to'pni yo'naltirishdan iborat bo'ladi. Dastlabki holatdan 
to'p tomon harakatlangan-dan so'ng voleybolchi vertikal holatda, oyoqlarining 
bukilish darajasi to‘p yo’nalishining balandligiga va uchish tezligiga bog’liq holda, 
oyoq kaftlari parallel yoki bir oyoq (asosiy qo’lga nisbatan qarama-qarshi) bir oz 
oldinda bo’ladi. Qo’llar oldinga chiqariladi, barmoqlar oval shaklini hosil qilgan 
bo’ladi. 
Qo’llar to‘p bilan yuz tepasida to’qnashadi. Bunda bosh barmoq asosiy 
nagruzkani qabul qiladi, ko’rsatkich barmoqlar esa zarba berishda asosiy bo’ladi. 
O’rta barmoq kamroq ravishda, nomsiz va jimjiloq asosan to’pni yon tomondan 
ushlab turishga xizmat qiladi. To’pga yo’nalish berishda qo‘l, oyoq va gavda 
mushaklarini kuchlanishi o’zaro birgalikdagi yaxlitlik bilan izohlanadi. Bunda 
gavdaning UOM birmuncha yuqoriga-oldinga ko’chadi va gavda massasining 
og’irligi ikki oyoqning uchiga tushadi. Qo’llar to’pni uzatish oxirida to’liq 
to’g’irlangan holatda bo’ladi. 
Murakkab hujum kombinatsiyalarini tashkil qilishda, to’p baland berilganda 
yoki to’pning uchish vaqtini kamaytirish maqsadida sakrab to’p uzatish usulidan 
foydalaniladi. Bu holatda qo’llar bosh ustidan birmuncha baland ko’tariladi va 
qo’llarning faol ishlashi hisobiga sakrashning yuqori nuqtasidan to’p uzatiladi. 
Huddi shu holatda qisqa to’p uzatishda asosiy harakat qo’l barmoqlarining faol 
ishlashi hisobiga amalga oshiriladi. 
To’pni orqa tomonga (mo’ljalga orqa tomon bilan turganda) uzatishda 
o’yinchi to’pning tagiga kirib boradi. Bunda qo’lning orqa kaft qismi bosh 
orqasigacha ko’tariladi. To’p uzatish qo’llarni tirsak qismida bukib-yozish hisobiga 
bajariladi, gavda orqaga-yuqoriga harakatlanadi, bunda harakat umurtqa pog’onasi 
ko’krak va bel qismlarining bukilishi hisobiga bo’ladi (5-rasm). Sakrab orqaga to’p 
uzatish huddi tayanch holatda orqaga to’p uzatish kabi bajariladi. To’p uzatishning 
eng murakkab usuli bu sakrab bir qo’l bilan to’p uzatishdir. Bu usul to’p to’r ustiga 


26 
kelib qolgandagi murakkab sharoitda bajariladi. Bu holda qo’l tirsaklarida bukilib, 
oldinga chiqariladi (6-rasm). Kaftlar oldinga qaratiladi, barmoqlar bukilib, tarang 
holga keltiriladi. To’p uzatish tirsak bo’g’inining bukib-yozilishi hisobiga 
bajariladi. 

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin