Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya kafedrasi


Laboratoriya ishini bajarishda rioya qilinadigan texnika xavfsizlik qoidalari



Yüklə 0,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/66
tarix18.09.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#144965
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   66
Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya kaf

Laboratoriya ishini bajarishda rioya qilinadigan texnika xavfsizlik qoidalari: 
Laboratoriya mashg’ulotlarini bajaruvchi hamma talabalar texnika xavfsizligi bo’yicha 
yo’riqnoma talablari bilan tanishtirilgan bo’lishlari lozim. Mazkur ishni bajarishda talaba 
turli xonalardagi mikroflora, hamda gram usulida bo’yalish 
turlari bo’yicha 
ma’lumotlarga 
ega bo’lishlari kerak. Shuningdek talaba o’qituvchi yoki laborantning 
ruxsatisiz turli moddalarni, asbob-uskunalarni o’zboshimchalik bilan ishlatishi mumkin 
emas.
Mikroblarni bo’yashning bu usulini birinchi bo’lib 1884 yilda daniyalik olim Xristian 
Ioaxim Gram ta’riflagan va bu usul hozirgacha saqlanib kelgan. Gram usulida yosh 
hujayralar yaxshi bo’yaladi, qarilari bunday xossaga ega emas. Bakteriyalarning Gram 
usulida bo’yalishi hujayralar devorining, sitoplazmaning kimyoviy tarkibiga va muhit rN 
ga bog’liq bo’ladi.
Bakteriyalarning Gram usulida bo’yalishi yoki bo’yalmasligi ularning muhim 
taksonomik belgisi bo’lib,ana shunga ko’ra bakteriyalarning hammasi grammusbat va 
garmmanfiy turlarga bo’linadi.
Grammusbat mikroblar tarkibida DNK ga nisbatan taxminan 8 marta ko’p RNK, 50% 
gacha (massasi bo’yicha) teyxoy kislotalar bo’ladi, sitoplazmasi kislotali reaktsiyaga 
kirishadi (rN 2-3). Grammanfiy mikroblarning ko’p qavatli hujayrasi devori tarkibiga 
aromatik, oltingugurt tutuvchi va boshqa aminokislotalar kiradi, sitoplazmasi kuchsiz 
kislotali reaktsiyaga ega (rN 5) va DNK bilan RNK taxminan bir xil miqdorda bo’ladi. 
Grammusbat mikroblar hujayrasi devorida peptidglikan (murein) ko’p (hujayra quruq 
massasining 80% gacha) bo’lib, etil spirt bilan ishlov berilganda uning teshiklari torayib, 
gentsian fiolet bo’yog’ining yod ishtirokida hujayra komponentlari bilan o’zaro ta’siri 
natijasida hosil bo’lgan kompleksning tashqariga chiqishiga to’siqlik qiladi.
Bundan tashqari, grammusbat bakteriyalarning yuqori (yuza, tashqi) qavatida ribonuklein 
kislotaning magniy tuzi bo’lib, u ishqoriy muhitda yod ishtirokida asosiy bo’yovchi 
moddalar (gentsianfiolet, metilfiolet) bilan mustahkam birikma hosil qiladi. Shuning 


24 
uchun grammusbat mikroblar bo’yoqni mustahkam tutib qoladi va binafsha rangga 
bo’yaladi. 
Grammanfiy bakteriyalarda esa bunday birikma hosil bo’lmaydi, shuning uchun etil spirt 
ta’sirida ular tezda rangsizlanadi va bo’yovchi modda yuvilib ketadi. 

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin