Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti ekologiya va tuproqshunoslik kafedrasi


Shaharsozlikda ekologik jihatlar nimalardan iborat?



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə33/69
tarix02.05.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#105909
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   69
Qurilish ekologiyasi Z M Sattorov Восстановлен копия

Shaharsozlikda ekologik jihatlar nimalardan iborat?

  • Shaharsozlikning ekologik muammosi deganda nimani tushunasiz?

  • Urboekologiyaga ta’rif bering?

  • Madaniy” qatlamga ta’rif bering?

  • Shaharsozlik faoliyatida ekologik talablar qanday yo‘na- lishdan iborat?




    155



    11- Mavzu: BINO VA INSHOOTLARNING EKOLOGIK XAFVSIZLIGI
    Reja:


    1. Bino va inshootlarni arxitekturaviy loyihalash yechimida

    ekologik talablar

    1. Hajmiy loyihalash va konstruktiv yechim

    Tayanch iboralar: Arkologiya, arxitektura obyektlari, aholi, barqaror rivojlanish, bino va inshootlar, yorug‘lik insolyasiyasi, in- son, ichki muhit, konstruktiv echim, mikroiqlim, radiatsiya, tabiiy atrof-muhit, tabiiy yorug‘lik, tebranish, turar joy va


    Turar joy va jamoat binolarining ekologik xavfsizligi inson- ning yashashi uchun har jihatdan qulay me’yorlangan sharoitlar va nning salomatligiga hamda ekotizimlaming holatiga salbiy (shovqin, radiatsiya, tebranish va h.k.) ta’sir etmasligi ta’minlanganligi bilan aniqlanadi.
    So‘ngi paytlarda qurilish ekologisining muhim yo‘nalishlaridan biri, “inson - uy-joy muhitida yashaydi” tizimida ekologik har jihatdan qulay sharoitni yaratish bilan bogiiq savollami ishlab chiqish boiib qolmoqda. Arxitektura va ekologiyaning birikishida, tabiiy atrof-muhit bilan sun’iy arxitektura obyektlarining o‘zaro bogianishini o‘rganuvchi yangi yo‘nalish - arkologiya tug‘iladi (25-rasm).
    Arkologiya (ekologik me’morchilik) - me’morchilikning insonning ijtimoiy va ekologik ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda “yovvoyi tabiat ”ni asrab qoluvchi turar ¡oyiarni barpo etish hamda ularni optimal ravishda sun ’iy ekinzorlar va turli me ’moriy shakllar bilan to'ldirish usullarini ishlab chiquvchiyo'nalishlaridan (bo'lim- laridan) biridir.
    Arkologiyaning asosiy vazifasi - sogiom ekologik “toza” uy- joyni shakllantirishdir.
    Shahar ekologiyasi - shahar muhiti bilan yashaydigan inson­ning o‘zaro ta’siri va qonuniyatini o'rganuvchi yo‘nalishdir.





    25-rasm. Arxitektura va ekologiyaning birikishi.

    Inson ekologiyasi (antropoekologiya) - atrof-muhit bilan ya- shaydigan insonning o‘zaro ta’sirini o‘rganuvchi yo‘nalishdir. yomonlashishi va h.k.) bilan ifloslanishini ochish hisoblanadi.
    Mutaxassislaming fikricha, ekologik toza va barqaror uy-joy muhitini shakllantirish bilan bog‘liq muammolar nafaqat uy-joy qurilishi sohasidagi mutaxassislaming, balki ekologiklaming ham nazaridan chetda qolmoqda. Uy-joy muhitining ekologik monitoring tizimi uy-joy qurilishi amaliyotida ko‘pchilik holatda hozirgi kungacha mavjud emasligini ta’kidlash yetarlidir.
    Xuddi shuningdek, turar joy va jamoat binolarining bozor iqtisodiyotiga o'tishida va foydalanuvchilaming so‘rovlari dara- jalanishida, mahalliy va xorijiy me’yorlar bir-biriga yaqinlashishi sharoitida ekologik talablar doimo o‘sib bormoqda. Shuning uchun zamonaviy sharoitlarda turar joylardan foydalanish va qurilishni loyihalashda ekologik talablarga rioya qilinishi mutlaqo majburiydir. Aks holda baqaror rivojlanishning muhim ko‘rsatgichlaridan biri, yuqori ekologik asoslangan yashash sifatining yaratilishi va saqlanishi amalga oshmaydi.
    Atrof-muhit holati va uy-joy sharoitlari o‘rtasida uzluksiz bogianish mavjud. Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotining bayonoti bo‘yicha “uy-joy atrof-muhit bilan birgalikda bogiangan binolaming keng majmualarini va kommunal qulayliklarini o‘zida ifodalagan hamda ekologik omil, ya’ni aynan bir xil bo‘lmagan uy- joy hisoblanadi”.

    158


    ßinolaming tashqi va ichki ifloslangan havodan, shovqindan, tebranishdan, elektromagnit maydondan va boshqa zararlar ta’- siridan himoya qilish insonlar salomatligining va yaxshi atrof- muhitning tarkibiy qismi hisoblanadi. Shu nuqtai nazaridan bu g‘oya 1992-yil Rio-de-Janeyro va 2002-yil Ioxanessburg shaharlarida qa- bul qilingan barqaror rivojlanish va atrof-muhit masalalari bo‘yicha deklaratsiyalarda29 “barqaror rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha faoliyat chegarasida e’tiboming asosiy obyekti insonlar tabiat bilan hamohang tarzda sog‘lom va sermahsul hayot kechirish huquqiga ega hisoblanadi” deb qayd etilgan. Bu esa sog‘lom ekologik “toza” uy-joylami tashkil topishida muhim amaliy ahamiyatga ega bo‘ladi.



    1. Hajmiy loyihalash va konstruktiv yechim

    Ekologik mukammal va har jihatdan qulay turar joy binolarini yaratilishi loyihalashni tasniflash asoslarini keyingi rivojlanishini talab etadi. Shuning uchun bino va inshootlami hajmiy loyihalash va ulaming konstruktiv tizimlari hamda chizmalari yechimlarida ekologik talablar sezilarli darajada kengaytirilmoqda. Shunga asosan buyurtmachi yoki foydalanuvchi taklifi asosida bino va inshootlar loyihasining ekologik xavfsiz darajasini ta’minlashi zarur va bir vaqtning o‘zida amaldagi qonunchilik va sanitar-me’yoriy hujjatlar bilan qarama-qarshi bolmasligi lozim.
    Arxitekturaviy qurilishni loyihalash jarayonida bino va insho­otlami (balandligi, eni, maydoni) hajmiy loyihalash va ulaming konstruktiv yechimlarini aniqlashda quyidagilarga asosiy e’tibor qaratiladi:

    1. Qurilish, rekonstruksiya va foydalanishda tabiiy resurslar va qurilish materiallarining xarajatlarini karriaytirish;

    2. Bino va inshootlaming ichki muhitida ekologik ifloslanish va buzilishni oldini olish hamda sanitar-gigienik sharoitlarini qulay bo‘lishini ta’minlash.

    Shu o‘rinda, hajmiy loyihalash va ulaming konstruktiv yechim­larini tanlashda shovqin ta’siri bilan kurashishga katta e’tibor qaratiladi.
    Loyihada joylashtirilgan bino va inshootlaming konstruktiv tizimlari va chizmalari atrof-muhit muhofazasi, ya’ni ekologik maqsadga muvofiqligi talablariga javob berishi lozim.
    Hajmiy loyihalash va ulaming konstruktiv yechimlari yordami bilan bino va inshootlaming ekologik loyihaviy yechimida quyidagi har xil chora-tadbirlarga erishiladi:

    • binolarning xonalari yo‘nalishi, hajmi va maydonlari o‘lchamlarini maqbullashtirish;

    • yer osti maydonlaridan maksimal darajada foydalanish;




    • binoning eng qulay shaklini tanlash va shamol yo‘nalishi bo'yicha mo‘ljallash;

    • muhandislik kommunikatsiya tarmoqlari (shamollatish, isitish, oqizish, axlat ajratadigan va sh.k.) tizimlarini ekologik xavfsiz loyihalash;

    • binolarning (tom, devor) barcha yuzalarini ko‘kalamzor- lashtirish va tekis hududlami obodonlashtirish, ekologik qoplamani tanlash va h.k.

    Mutaxassislar donasiz materiallardan, asosan tabiiy toshdan - yotqiziladigan chorqirra toshlar yuqori ekologik qoplama bo‘lishini ta’kidlashgan. Asfaltbeton qoplamalardan farqli o‘laroq, ular darz ketmaydi, kam ta’mirlashni talab etadi va asosiysi tuproqlami “nafas” olishini saqlaydi, tuproqli mikrofloralarga30
    ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
    Binoning balandligi xususida, shahar hududlarida turar joy binolarining qavatlari juda katta oraliq koiami chegaralarida, ya’ni 3 dan 25 qavatgacha bo‘ladi. Ekologik nuqtai nazaridan kichik qavatli yaxlit imoratlami qurish to‘g‘ri kelmaydi, sababi yer jamg‘armasini tartibsiz ishlatilishiga olib keladi. Biroq, me’yoriy hujjatlarda kichik qavatli turar joy binolari hozirgi vaqtda muhim ko‘rinishdagi uy-joy hisoblanishi ta’kidlangan.
    Insolyasiyaning jadalligi va davomiyligi talablaridan tashqari xonalar soni yo‘nalishlarming me’yorlari mavjud. Masalan, bitta, ikkita va uchta xonalarda kamida bitta yashash xonasi, to‘rtta va undan ko‘p xonalarda esa kamida ikkita yashash xonasi insolyasiya bo‘lishi zarur.
    Nazorat uchun savollar

    1. Turar-joy va jamoat binolarining ekologik xavfsizligi qanday aniqlanadi?

    2. Arkologiya nima va uning vazifasi nimadan iborat?

    3. Shahar ekologiyasi bilan inson ekologiyasi o'rtasidagi farq nimadan iborat?

    4. Inson ekologiyasining asosiy vazifasi nima hisoblanadi?

    5. Bino va inshootlami hajmiy loyihalash va ulaming konstruktiv echimlarini aniqlashda nimalarga e’tibor qaratiladi?

    6. Bino va inshootlaming ekologik loyihaviy echimida qanday chora-tadbirlarga erishiladi?





  • 1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   69




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin