Mikrobiologiya (mikro... va biologiya) — mikroorganizmlar haqidagi fan. M. viruslar, barcha prokariotlar va mikroskopik eukariotlar (bir hujayrali hayvonlar, suvoʻtlar, ayrim zamburugʻlar)ni oʻrganadi. Mikroorganizmlarni A. Levenguk (1683) birinchi marta ko'rgan va tavsiflab bergan. Nemis olimi O. Myuller (1786) ilk bor mikroorganizmlarni sistemaga solishga uringan. Mikroorganizmlar haqidagi maʼlumotlar bir qancha rus olimlari (I.Belyayev, I. Kulabin, M. M. Terexovskiy va boshqalar)ning ishlarida ham uchraydi. Lekin M. fan sifatida faqat 19-asrning 2-yarmida, asosan, fransuz olimi L. Paster ishlari taʼsirida shakllana boshladi. L. Paster muayyan kimyoviy jarayonlar, jumladan, har xil bijgʻishlarni mikroorganizmlar faoliyati bilan bogʻliqligini isbotlab berdi; yuqumli kasalliklarni mikroblar paydo qilishi toʻgʻrisidagi gʻoyani himoya qildi; mikroorganizmlarning oʻz-oʻzidan paydo boʻlishi toʻgʻrisidagi gipotezani inkor etdi; anaerobiozni kashf qildi. R. Kox va uning maktabi tomonidan qattiq oziq muhitning yaratilishi, mikroorganizmlarning sof kulturasiga boʻlgan qatʼiy talablar va kasallikning muayyan mikroorganizmga bogʻliqligini aniqlash mezonlarining ishlab chiqilishi bilan qisqa vaqt davomida koʻpchilik kasalliklarning qoʻzgʻatuvchilari kashf etildi. L. Pasterning mikroorganizmlarning tabiatdagi ahamiyati toʻgʻrisidagi gʻoyalarini umumiy M. asoschilari S. Ch. Vinofadskiy va M. Beyerink rivojlantirishdi. Ular tomonidan mikroorganizmlarning elektiv kulturasi (bitta organizmning rivojlanishiga sharoit yaratish) metodining ishlab chiqilishi va moddalarning biologik aylanishi jarayonida ishtirok etadigan mikroorganizmlar guruhining koʻrsatib berilishi bilan eksperimental M. rivojlana boshladi.
M.ning asosiy oʻrganish obʼyektlari bakteriyalar, achitqi zamburugʻlar, aktinomitsetlar va viruslar hisoblanadi. Lekin M. metodlaridan zamburuyelar va boshqa mikroorganizmlarni hamda yuksak tuzilgan koʻp hujayralilar hujayralarini oʻstirishda ham foydalaniladi. Zamonaviy M. bir qancha mustaqil fanlarga ajratiladi. Sanoat (texnik) M. ogʻir, yengil va, asosan, oziq-ovqat sanoati tarmoqlarida uchraydigan zararkunanda hamda oziq mahsulotlarini ishlab chiqarish da foydalaniladigan mikoorganizmlarning faoliyati va biologik xususiyatlarini oʻrganadi. Sanitariya M.sining vazifasi suv, havo, oziq-ovqatlar sifatini nazorat qilish, kasallik tugʻdiruvchi mikroorganizmlar tarqalishining oldini olishdan iborat. Umumiy M. mikroorganizmlar morfologiyasi, fiziologi-yasi, biokimyosi, genetikasi, sistematikasi va ularning tabiatdagi ahamiyatini oʻrganadi. Yashash muhitiga koʻra umumiy M. tuproq, sanoat, suv, geologik, kosmik M.ga ajratiladi. Tuproq, yaʼni qishloq xoʻjaligi M.si tuproq mikroorganizmlari tarkibini, ularning oʻsimliklar qoldigʻini oʻzlashtirishda va oʻsimliklar paraziti sifatidagi ahamiyatini oʻrgatadi. Ekinlarning mikroorganizmlar paydo qiladigan kasalliklariga, qishloq xoʻjaligi zararkunandalariga qarshi kurashning mikrobiologik usullarini ishlab chiqadi. Geologik M. mikroorganizmlarning geokimyoviy jarayonlardagi ahamiyatini oʻrganadi. Suv M.si shoʻr va chuchuk suv mikroflorasining son va sifat tarkibini oʻrganadi, ichiladigan suvning sifatini nazorat qiladi. 1965-yildan kosmik M. rivojlana boshladi. U bir hujayrali organizmlarning kosmik fazodagi hayot faoliyatini oʻrganmoqda.
Mikrobiologiya juda mayda, oddiy ko’z bilan ko’rinmaydigan faqat optik asboblar-yorug’lik yoki elektron mikroskoplar yordamida ko’rinadigan mikroorganizmlarni o’ranadi. Mikrobiologiya - grekcha so’z bo’lib, mikros-mayda, bios-hayot va logos-fan demakdir. Mikrobiologiya -mikroskopik zambrug’lar, bakteriya, riketsiyalar, mikoplazma, virus, aktinomitsetlar va mikroskopik so’vutlarining morfologiyasi, fiziologiyasi, bioximiyasi, genetikasi, ekologiyasi va sistematikasini o’rganadigan fandir.
Shuningdek mikrobiologiya mikroorganizmlarning inson, hayvon va o’simliklar hayotidagi ahamiyatini, tabiatda moddalarning almashinishi, turli yuqumli kasalliklarning yuqatishdagi roli haqida ham ma’lumot beradi.
Mikrobiologiya biologiyaning nisbatan yosh tarmogi bo’lib, u kun sayin rivoj topmoqda. Bioximiya, molekulyar biologiya, biotexnologiya, agroximiya, fitopatologiya, veterinariya, meditsina, epidemiologiya, qishloq ho’jaligi, sanoat, dengiz, geologiya, genetika, kosmonavtika va boshqalar bilan chambarchas bog’liqdir.
Mikroorganizmlar olami g’oyat boy va turli-tuman. Eng keng tarqalgani prokariotlarga mansub bakteriyalar bo’lib, ular eng sodda va mayda organizmlar. Bakteriyalar boshqa tirik organizmlardan farqi bo’lib ularni alohida olam Rrocariotae ga kiritiladi.
XULOSA . Dеhqonchilikda ham mikroorganizmlar muhim rol o`ynaydi., chunki ularning faoliyati natijasida tuproqda o`simliklar uchun zarur bo`lgan oziq moddalar to`planadi, natijada tuproqning unumdorligi ortadi, ekinlarning hosili ham yuqori bo`ladi.
Tuproqda boradigan jarayonlarning ko`pchiligi undagi mikroorganizmlarning faoliyatiga bog`liq. Masalan, tuproqlarning hosil bo`lishi, еrga ishlov bеrish, еrni o`g`itlash, sug`orish, tuproqda ro`y bеradigan fiziologik ishqoriylik va kislotalikni yo`qotish, zax еrlarning suvini qochirish, organik o`g`itlar tayyorlash, ularni saqlash va ulardan foydalanish mikroorganizmlarning faoliyati bilan bog`liqdir.
Tuproqda uchraydigan azot to`plovchi mikroorganizmlarni o`rganish atmosfеra azotidan foydalanish masalasini hal etishda muhim ahamiyatga ega. Akadеmik V.L.Omеlyanskiy mikroblarni shunday xaraktеrlaydi: "Ular (mikroblar) hamma joyda bor... Ular ko`zga ko`rinmasdan, ular odamning hayot yo`lida hamroh bo`ladi".
Lеkin ba'zi bir mikroorganizmlar oziq-ovqat maxsulotlarni (go`sht, baliq, don, kartoshka va rеzavor mеvalarni) buzadi yoki turli-tuman yuqumli kasalliklarni kеltirib chiqaradi. Bu to`g`rida V.L.Omеlyanskiy shunday dеgan: "Mana shu mikroskopik, lеkin shafqatsiz dushman tufayli butun-butun bir oblast xalqlarini qirib bitiradigan va qisqa muddat ichida yuzlab, minglab odamlarning yostig`ini quritadigan xavfli epidеmiya paydo bo`ladi". Masalan, vabo, sil, gonorеya, diftеriya, kuydirgi, qoqshol va boshqa kasalliklar shular orqali tarqaladi. Amеrika Shtatlarida 200 turdan ortiq baktеriyalar, o`simliklarni zararlaganligi aniqlangan.