Termiz davlat universiteti tarix fakulteti 2-kurs 222-guruh talabasi mengliboyev shaxzodning mahsus tarix fanidan tayyorlagan taqdimoti



Yüklə 9,86 Kb.
səhifə1/3
tarix03.12.2023
ölçüsü9,86 Kb.
#172151
  1   2   3
MAXSUS TARIX

TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI TARIX FAKULTETI 2-KURS 222-GURUH TALABASI MENGLIBOYEV SHAXZODNING MAHSUS TARIX FANIDAN TAYYORLAGAN TAQDIMOTI

Har bir o‘lchov birligi o‘zining uzoq tarixiga ega. O‘lchov birliklari mavjud bo‘lmagan davrlarda odamlar o‘z ehtiyojlaridan kelib chiqib, biror narsaning miqdorini o‘lchashda ulardan foydalanganlar. Ilgari inson tana a’zolari ham o‘lchov vositasi sifatida qo‘llanilgan. Bizga yetib kelgan yozma yodgorliklarda ular o‘z ifodasini topib, turli davrlarda har xil yuritilgan. Asosiysi, bu o‘lchovlarni hamma ham ishlata olishini hisobga olgan holda joriy etishgan. Masalan, ularni ishlatish uchun barmoq, qo‘l, qadam, ko‘z, quloq, bo‘g‘in, chaqirim, qo‘sh, tegirmon, mo‘ndi, tirsak, tosh va boshqa narsalar asos qilib olingan. 1918 yil — dunyoda metrik tizim joriy qilingunga qadar O‘rta Osiyo mamlakatlarida quyidagi o‘lchov birliklari bo‘lgan. Chunonchi, marhala, farsax, (farsang), tosh yig‘och tanob, botmon, pud, isbat (barmoq), qadoq, chorak, quloch, tutam, enli, qarich, qadam, manzil, gaz, cho‘zim, mina, misqol, nima, nimata, paysa, payt, pina, posira quruh, shar’i ashrafiy, shohruxiy, man, shibir (qarich), po‘ta, sotih, chilla, talant, tassuj, turmusa, uqiya, unsiya, ziro, suyam, aqirim, paqir, miri, dahsar, nimcha, shair, yetmay, yesirak, dona va boshqalar. Har xil qiymatlarni ifodalovchi bu o‘lchov birliklari qadimdan xalqlarimiz o‘rtasida turli qiymatga ega bo‘lgan o‘lchov vositasi sifatida xizmat qilib kelgan.

Jumladan, badiiy yoki tarixiy kitoblarni o‘qiganimizda ba’zi buyuk shoir va allomalarimizning o‘sha davrda qo‘llanilgan o‘lchov birliklariga oid notanish so‘zlariga duch kelamiz. Masalan, Abu Rayhon Beruniy «Qonuni ma’sudiy» kitobida o‘zining yasagan katta globusi haqida yozib, «diametri 10 cho‘zim bo‘lgan Yer kurrasining yarmini ishladim, uning sirtida kenglik va uzunliklarni chizib qo‘ydim» deb aytgan edi. Unda 1 «cho‘zim» qancha uzunlikka teng degan savol tug‘ilishi tabiiy, 1 cho‘zim-0,5; 0,6, metr. Demak, u holda 10 cho‘zim — 5-6 metr bo‘ladi. Shunday qilib bobomiz Beruniy diametri 5-6 metrlik yarimta globus yasagan. Abu Ali ibn Sinoning «Tib qonunlari» asarida dirham, davraq, misqol, ritl (yoki ratl) kabi o‘nlab o‘lchov birliklari ishlatilgan. Yoki so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiyning 4 tomli izohli lug‘atida «qari» so‘zi ko‘p ishlatilgan, ya’ni bir qari barmoq uchidan tirsakkacha bo‘lgan uzunlik o‘lchovi deb berilgan


Yüklə 9,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin