Yangi so’zlarni yozing va yodlang.
واژه ها
eshik
|
– dar
|
در
|
|
suv
|
– ob
|
آب
|
to‘g‘iri
|
– do‘ro‘st
|
درست
|
|
suvli
|
– obdor
|
آبدار
|
qo‘l
|
– dast
|
دست
|
|
oson
|
– oson
|
آسان
|
ikki
|
– do‘
|
دو
|
|
Osiyo
|
– osiyo
|
آسيا
|
do‘st
|
– dust
|
دوست
|
|
tanish
|
– oshno
|
آشنا
|
rus
|
– rus
|
روس
|
|
u (ko‘r.o.)
|
– on
|
آن
|
til
|
– zabon
|
زبان
|
|
qosh
|
– abru
|
ابرو
|
sariq
|
– zard
|
زرد
|
|
Yevropa
|
–o‘rupo
|
اُروپا
|
ayol
|
– zan
|
زن
|
|
ot
|
– asb
|
اسب
|
yashil
|
– sabz
|
سبز
|
|
o‘qituvchi
|
– ustod
|
اُستاد
|
bosh
|
– sar
|
سر
|
|
u (kish. o.)
|
– u
|
او
|
olma
|
– sib
|
سيب
|
|
eronlik
|
– ironi
|
ايرانی
|
olti
|
– shesh
|
شِش
|
|
bu
|
– in
|
اين
|
sut
|
– shir
|
شير
|
|
odeyal
|
– patu
|
پَتو
|
shirin
|
– shirin
|
شيرين
|
|
bola(o‘g‘il)
|
– pesar
|
پِسَر
|
yangi
|
– no‘w
|
نُو
|
|
pishloq
|
– panir
|
پنير
|
ham
|
– niz
|
نيز
|
|
peshona
|
pishoni
|
پيشانی
|
aniqlash
|
- ebroz
|
ابراز
|
|
tana(odam)
|
– tan
|
تَن
|
Savollar:
Ot kesimli sodda yig’iq gaplar qanday yasaladi?
Ot kesimli yoyiq gaplar qanday yasaladi?
Ot kesimli gaplarda kesim qanday ifodalanadi?
Ot kesimli gaplarda inkor shakldagi kesim qanday ifodalanadi?
Ot kesimli gaplarda ast bog’lamasi tushib qoladimi?
Ast bog’lamasining lo’g’aviy ma’nosi nimani angltadi?
8-amaliy mashg’ulot
HOYE HAVVAZ VA MIM HARFLARINING TLAFFUZI VA YOZILISHI
Reja:
Hoye havvazharfining yozilishi va talaffuzi.
Hoyi havvaz harfi bilan bog‘liq imlo masalalari
Toyi marbutaqanday harfni ifodalaydi.
Mim harfining yoziliahi va talaffuzi.
Tayanch so‘zlar:
Hoye havvaz, mim, toyi marbuta, haye havvaz muttasilharf, so’z oxirida “a” harfi, so’z oxirida “e” harfi, to’t ko’rinish, mimning alohoda shakli, mimning qo’shilgandagi shakli.
Hoye havvazharfining yozilishi va talaffuzi.
Hoye havvaz asosan ‘‘h’’ undosh harfini ba’zan so‘z oxirida „e“ unli harfini ifodalaydi. Hoye havvaz to‘rt ko‘rinishga ega: ه ﻫ ﻬ ﻪ
so‘z oxiri. so‘z o‘rtasi. so‘z boshi. alohida talaffuzi.
ه ﻫ ﻬ ﻪ h
He harfining so‘z boshidagi, o‘rtasidagi ko‘rinishida bir chiziq harfning o‘rtasidan o‘tib o‘zidan keyingi harfga ulanadi. Shunda "h" harfida ikki ko‘z hosil bo‘ladi. Shuning uchun fors tilida bu harfni های دو چشم " hoye do‘ cheshm" ( ikki ko‘zli he ) deb atashadi.
Nastaliq yozuvida hoye havvaz so‘z boshida bir tish ostida vergulga o‘xshash belgi qo‘yish bilan, so‘z o‘rtasida faqat satr ostida, so‘z oxirida esa satr chizig‘ida yoziladi.
H oye havvaz harfi („a“ shakl) eramizdan oldingi ikki minginchi yillarda misr ieroglifi asosida („b“ shakl) yaratildi. Eramizdan oldingi birinchi ming yillikda shakli o‘zgarib shimoloy – somiy yozuvida („B“–shakl) shakliga ega bo‘ladi. Keyingi o‘zgarishlar asosida lotincha „E“ harfi paydo bo‘ladi (r – shakl). Somiy alifbosida esa „h“ tovushini ifodalaydi. Yunonlar bu harfni „e“ unli harfini ifodalashga moslashtiradilar.
Hoyi havvaz harfi o‘zbek tilidagi yumshoq «h» undosh tovushini ifodalaydi. Bu tovushni talaffuz qilish uchun o‘pkadagi havo oqimini kindikdan chiqarish kerak bo‘ladi, ya’ni qorin bo‘shlig‘idan chiqayotgan havo oqimi hech qayerda qisilmay, to‘g‘ri og‘izdan chiqib ketayotganda hosil bo‘ladi. Hoyi havvaz muttasil harflar sirasiga kirgani sabab har ikki tomondan keluvchi harflarga qo‘shilib yoziladi. Asosan to‘rt xil yozilish shakliga ega, lekin uning yana bir necha xil yozma shakllari ham mavjud. Hamroh, pora, havo, bahor kabi so‘zlarning yozilishida ishtirok etadi.
Ko‘rinadiki, o‘zbek tilidagi yumshoq «h» tovushini eski o‘zbek yozuvidagi ikki harf – hoyi hutti va hoyi havvaz harflari ifodalaydi. Harflarning bunday nomlanishi ularning birini ikkinchisidan farqlash uchundir. Hoyi havvaz harfi talaffuz etilganda, qorin bo‘shlig‘ida yengil silkinish seziladi. Arab va fors tilidan o‘zlashgan so‘zlarning asli qaysi he bilan yozilgan bo‘lsa, eski o‘zbek yozuvida ham xuddi shu harflar bilan yozilishi shart. Aks holda so‘zning ma’nosiga putur yetadi. Bu harflarni farqlash odatda so‘zlarning yozilishini mashq qilish, eslab qolish va lug‘at kitoblarga murojaat qilish orqali amalga oshadi.
Hoyi havvaz harfi bilan bog‘liq imlo masalalari
Hoyi havvaz harfi o‘zbek tilidagi bir necha tovushni ifodalashga xizmat qiladi:
1. So‘z boshida va unli harflardan keyin kelganda hoyi havvaz harfi yumshoq «h» tarzida talaffuz qilinadi.
هوا هر بهار بیهی هند
2. So‘z oxirida undosh harflardan keyin kelganda esa «a» unli tovushini ifodalaydi. Bu holatda u alif bilan bir xil vazifani bajaradi.
بنده نادره پرده ارچه
3. Hoyi havvaz harfi fors tilidan o‘zlashgan ba’zi bog‘lovchi so‘zlarda (-ki, chunki, balki) qisqa «i» unli tovushini ham ifoda etib keladi.
که چونکه بلکه
Toyi marbuta qanday harfni ifodalaydi.
Izoh sifatida shuni ta’kidlash joizki, arab tilida ham hoyi havvaz harfi «h» tovushini ifodalaydi. Lekin so‘z oxirida kelganda uning ustiga ikki nuqta qo‘yilsa, «t» tovushini anglatadi. Bu holat «toyi marbuta», ya’ni «bog‘langan to» deb ataladi. Masalan,ﺪَﺮﱠﺓٌﺫَﺮﱠﺓٌtoyi marbuta muttasil harflar bilan ham ulanishi mumkin: ﺘﻭﺒﺔٌ
So‘z oxiriga qo‘yilgan qo‘sh zamma «un» shaklida o‘qiladi, ya’ni darratun, zarratun, tavbatun. Tavba, zarra, darra kabi o‘zlashma so‘zlar eski o‘zbek yozuviga tanvin dammasi tushgan holda o‘tgan.
Eski o‘zbek yozuvida yozilgan matnlarda hoyi havvaz harfining yozilishida har xillik mavjud. Bu hol ayrim so‘zlar va so‘zlarga qo‘shiladigan -qa, -g‘a, -ki, -ga kabi qo‘shimchalarda kuzatiladi. Kadimgi yodgorliklar matnlarini kuzatish, shuningdek, keyingi davrda matbuotda e’lon qilingan eski o‘zbek yozuvidagi matnlarni o‘qib o‘rganish, bu kabi so‘z va qo‘shimchalarning yozilishida yagona qat’iy qoida mavjud emasligini ko‘rsatdi. Ba’zi manbalarda ular alif bilan ba’zilarda hoyi havvaz bilan yozilgan. Masalan, Navoiyning «Majolis un-nafois» asarida اوزرا ایچرا جاندا یانا هجریدا بولسا انداkabi so‘zlar alif bilan yozilgan. Lekin ilk devonda انچه بیرله اوزره ایچره نیچه بیلهkabi so‘zlar hoyi havvaz harfi bilan yozilgan. Hatto ayrim g‘azallar qofiyasidagi (دیوارده گلزارده) «da» qo‘shimchasi ham hoyi havvaz bilan yozilgan. Shu bilan birga اوزا ایتسا سورساshaklida alif harfi bilan yozilgan so‘zlar ham yo‘q emas. Bunday hol Navoiydan keyin yashab ijod etgan shoirlar ijodiy merosida ham mavjud.
Demak, hoyi havvaz ilgari asosan arab va fors-tojik tillaridan o‘zlashgan so‘zlarda qo‘llangan bo‘lsa, keyinchalik uning vazifasi kengayib, o‘zbek tilidagi ayrim so‘zlar va qo‘shimchalarni ifodalashda ham istifoda etila boshlagan. Hoyi havvazning turkiy, asosan, o‘zbekcha so‘zlar oxirida va qo‘shimchalarda unli tovush sifatida ifodalanishining sababi haqida biron qat’iy fikr aytishimiz qiyin. Balki, bu davr taqozosidir yoki kotiblar bilim darajasi, saviyasi bilan bog‘liq holdir.
Har holda arab va fors-tojik tilidan o‘zlashgan so‘zlar an’anaviy ravishda ilk asl matnlarda qanday berilgan bo‘lsa, shu ko‘rinishda yozilgani maqsadga muvofiq.
Qo‘shimchalar o‘zbek tiliga taalluqli bo‘lgani sabab alif bilan ifodalangani ma’qul ko‘riladi. Bu muammoni hal qilish zarur va u tilshunos olimlar zimmasidagi muhim vazifalardan biri bo‘lib qoladi.
Qo‘sh. Hol.
|
alohida
|
talaffuzi
|
ﻤ
|
م
|
m
| Mim harfining yoziliahi va talaffuzi.
Mim harfi o‘zbek tilidagi "m"harfini ifodalaydi. Bu harf har ikki tomondan ulanib yoziladigan harflar sirasiga kirganligi uchun to‘rt xil ko‘rinishga ega. Mim harfining so‘z boshidagi ko‘rinishi hoye havvazga o‘xshab ketadi. Bu harfni yozishda satr chizig‘idagi soat harakatiga teskari yoziladigan bir aylana bo‘lib, o‘zidan keyingi harfga qo‘shiladigan element chap tarafga chiqariladi.
M im harfi eng qadimgi somiy tasviriy yozuvdagi maw – suv belgisidan kelib chiqqan.
Dostları ilə paylaş: |