Vaqt minutlar orqali qanday ifodalanadi?
Soatning necha bo’lganliguni bilish qanday bo’ladi?
Hafta kunlarini aytib izoh bering?
31-amaliy mashg’ulot
OTLARDA KO‘PLIK
Reja:
Fors tilida ko’plikning yasalishi.
Jonli va jonsiz predmetlarda ko’plik.
Ko’plik qo’shimchalarining imlosi.
Tayanch so‘zlar:
-ho, -on, jonli, jonsiz.
Fors tilida ko’plikning yasalishi.
Otlardako‘pliko‘zbektilidaotlarningko'plikshaklibittaqo‘shimcha, ya’ni -larqo‘shimchasiniqo‘shishorqaliyasaladi. Buqo‘shimchajonli, jonsizpredmetnomlarigahamqo'shilaveradi: kitoblar, odamlarvah.k. Forstilidaesaotlarningko‘plikformasiniyasashuchunikkixilqo‘shimchadanfoydalaniladi.
Fors tilidagi otlar o‘zbek tilidagidek birlik va ko‘plik shaklida bo‘ladi. Birlik shakldagi otlarga ها – ho va ان – on qo‘shimchalarini qo‘shish bilan ko‘plik yasaladi. On jonli predmetlarni bildiruvchi otlarga qo‘shiladi: کتاب ketob – kitob, کتاب ها ketobho – kitoblar, دانشگاه doneshgoh – univetsitet, دانشگاه ها doneshgohho – universitetlar, حانه xone – uy, خانه ها xoneho – uylar, دختر do’xtar – qiz, دختران do‘xtaron – qizlar, کارگر korgar – ishchi, کارگران korgaron – ishchilar, گوسفند gusfand– qo‘y, گوسفندان go’sfandon – qo‘ylar.
ان On ko’plik qo‘shimchasi juftlikni bildiruvchi inson a’zosining nomlariga ham qo‘shiladi. بازو bozu – bilak, بازوان bozuvon – bilaklar چشم cheshm – ko‘z, چشمان cheshmon – ko’zlar, ابرو abru – qosh, ابروان abrubon – qoshlar.
Juftlikni bildiruvchi inson a’zolarining ba’zilariga ها ho qo‘shiladi. دست dast –qo‘l, دستها dastho – qo‘llar, پا po – oyoq, پاها poho – oyoqlar, گوشها gushho –quloqlar, دوشها dushho – yelkalar.
Dostları ilə paylaş: |