Termiz davlat universiteti



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/12
tarix06.06.2020
ölçüsü1,46 Mb.
#31769
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
iqtisodiy xavfsizlik


 
Qisqacha xulosalar 
 
Mamlakatning  iqtisodiy  xavfsizligi  holati  mezon  va  ko’rsatkichlar  tizimi  orqali 
baholanadi.  Mana  shu  mezon  va  ko’rsatkichlar  asosida    iqtisodiy  tizimning  amal 
qilishidagi 
tahlikali 
chegaralar 
belgilanadi. 
Mamlakatda 
iqtisodiy 
xavfsizlik 
holatining  sustlashishiga  ma’lum  bir  chegara  doirasida  yo’l  qo’yilishi  mumkin. 
Iqtisodiy  xavfsizlik  uchun  ko’rsatkichlarning  o’zi  emas,  ularning  chegaraviy  miqdori 
muhim  ahamiyatga  ega.  SHu  chegaralarga  rioya  qilmaslik  takror  ishlab  chiqarishning 
turli  elementlarini  barqaror taraqqiy etishiga  to’sqinlik qiladi. 
 
Nazorat savollari 
 
1. Iqtisodiy xavfsizlikning   indikatorlari  deganda nimani  tushunasiz? 
2. Iqtisodiy xavfsizlikning   darajalariga  ta’rif bering. 
3.Iqtisodiy xafsizlikning  asosiy ko’rsatkichlarini  aytib bering. 
4.Iqtisodiy xavfsizlikning  chegara ko’rsatkichlari  deganda nimani  tushunasiz? 
5.Iqtisodiy  xavfsizlikning  chegara  ko’rsatkichlari  nechta  guruhga  bo’lib 
o’rganiladi? 
6.Nima  uchun iqtisodiy  xavfsizlik  ko’rsatkichlari  tahlil  qilinadi  va baholanadi? 
7.Iqtisodiy xavfsizlik  ko’rsatkichlarini  guruhlarga  ajrating. 
 
Asosiy adabiyotlar 
1.  Karimov  I.A.  Asosiy  vazifamiz  –  vatanimiz  taraqqiyoti  va  halqimiz 
farovonligini  yuksaltirishdir.  –T: O’zbekiston, 2010 yil. 
2.  Karimov  I.A.  Mamlakatimizni  modernizatsiya  qilish  va  kuchli  fuqarolik 
jamiyati  barpo  etish  ustuvor  maqsadimizdir.  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi 

 
19 
qonunchilik  palatasi  va  Senatining  qo’shma  majlisidagi  ma’ruza.  –  T.:    O’zbekiston, 
2010 
3.  Karimov  I.A.  Jahon  moliyaviy-iqtisodiy  inqirozi,  O’zbekiston  sharoitida  uni 
barataf etishning  yo’llari  va choralari. –T.: “O’zbekiston” , 2009 
4.  Karimov  I.A.  O’zbekiston  XX1  asr  bo’sag’asida:  xavfsizlikka  tahdid, 
barqarorlik  shartlari  va taraqqiyot kafolatlari.  – T.: O’zbekiston, 1997 
5. Abulqosimov X.P. Iqtisodiy xavfsizlik.  –T.: Akademiya,  2006 
6. Abdusamedov N. Iqtisodiy xavfsizlik.  Toshkent, 2008.  
7.  Abalkin  L.  ekonomicheskaya  bezopasnost  Rossii:  ugrozы  i  ix  otrajenie.// 
Voprosы ekonomiki. 1994, №12, s. 45, 44-48s. 
8.  Isaxodjaev  A.,  Rasulev  A.  Xufiyona  iqtisodiyot  va  iqtisodiy  xavfsizlik. –T.: 
O’zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi,  2004.  
9. 
ekonomicheskaya 
bezopasnost: 
ucheb. 
posobie 
dlya 
studentov 
ekonomicheskix 
vuzov, 
obuchayuщixsya 
po  spetsialnostyam  ekonomiki  i 
upravleniya.  V.A.Bogomolov  i dr. / Pod red. V.A.Bogomolova. M. YUNITI DANA, 
2009. 
10.  ekonomicheskaya  i  natsionalnaya bezopasnost. Uchebnik / pod red. d.e.n., 
prof. L.P.Goncharenko. M.: ZAO «Izdatelstvo «Ekonomika», 2008. 
11.  Vechkanov  G.S.  ekonomicheskaya  bezopasnost:  Uchebnik  dlya  vuzov.  – 
SPb. Piter, 2007.  
12. ekonomicheskaya bezopasnost Rossii. Uchebnik. / Pod obщ. red. akad. 
Senchagova V.K. M.: DELO, 2005. 
13. ekonomicheskaya bezopasnost. Proizvodtsvo, finansы, banki. M.: ZAO 
«Fintsatinform», 1998. 

 
20 
4-Mavzu.  Iqtisodiy xavfsizlikka ta’sir etuvchi ichki va tashqi tahdidlar 
 
Tahdid  jamiyat,  davlat  va  ularning  sub’yektlari,  alohida  shaxsning  normal 
hayot  faoliyatiga,  ular  manfaatlarini  ro’yobga  chiqarishga  to’sqinlik  qiladigan,  ziyon-
zahmat  keltiradigan,  xavf-xatar  tug’diradigan  omillar  va shart-sharoitlarni  anglatadi. 
O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.Karimovning  «O’zbekiston  XXI  asr 
bo’sag’asida:  xavfsizlikka  tahdid,  barqarorlik  shartlari  va  taraqqiyot  kafolatlari» 
asarida  mamlakatimiz,  millatimiz,  jamiyatimiz  va  har  bir  fuqaroning  xavfsizligiga, 
yangilanish  va  taraqqiyot  yo’liga,  jahon  hamjamiyatiga  qo’shilish  yo’liga 
solinayotgan  tahdidlar  guruhlarga  ajratilib,  tahlil  qilingan
18

1-jadval 
Tahdidlarning  turlanishi* 
Tahdidlarning  turlari 
Ularning  tavsifi 
Manbalariga  ko’ra 
ichki,  tashqi 
Faoliyat  sohalari  bo’yicha 
siyosiy, 
iqtisodiy, 
ijtimoiy, 
huquqiy,  harbiy,  ekologik,  demografik, 
ilmiy-texnikaviy, 
texnologik, 
intellektual,  informatsion   
Inson faoliyatiga  nisbatan 
 ob’yektiv, sub’yektiv 
Amalga  oshish ehtimoli  bo’yicha 
inqiroz,  qayta  qurish,  isloh  etish, 
qarama-qarshilik,  sherikchilik  tufayli 
Oqibatiga ko’ra 
umumiy,  lokal, xususiy 
 
Jadval  quyidagi  manba  asosida  tuzildi:  Abulqosimov X.P.  Iqtisodiy xavfsizlik. 
– T.:  Akademiya,  2006, 56 b. 
Iqtisodiy  xavfsizlikka  bo’ladigan  tahdidlar  –  mamlakatdagi  iqtisodiy  holatga 
salbiy  ta’sir  ko’rsatadigan,  shaxs,  jamiyat,  davlatning  iqtisodiy  manfaatlarini  cheklab 
qo’yadigan,  milliy  qadriyatlar  va  hayot  tarziga  xavf  soladigan  hodisa  va 
jarayonlardir
19

Odatda  iqtisodiy  tahdidlar  umumlashtirilgan  holda  ichki  va  tashqi  tahdidlarga 
ajratilib  o’rganiladi.  Iqtisodiy  tahdidlar  mamlakat  iqtisodiyoti  rivojiga,  jamiyat, 
davlat,  xo’jalik  yurituvchi  sub’yektlar,  fuqarolarning  iqtisodiy  manfaatlariga  bevosita 
xavf  tug’diradi.  Bu  tahdidlar  ijtimoiy  takror  ishlab  chiqarishni  izdan  chiqarib, 
aholining  turmush  darajasini  pasayib  ketishiga  olib  keladi,  jamiyat  hayotida  tanglik 
holatlarini  keltirib  chiqaradi, ijtimoiy  barqarorlikka  putur yetkazadi.   
Ichki  tahdidlar  jumlasiga  mamlakat  iqtisodiyotining  rivojlanishga  qodir 
emasligi,  taraqqiyotda  innovatsion  asoslarning  zaifligi,  qarama-qarshiliklar  va 
ijtimoiy  ziddiyatlarni  hal  etishda  manfaatlar  balansiga  erisha  olmaslik  kabilar 
kiritiladi. 
Jahon  narxlari  va  tashqi  savdodagi  o’zgarishlar,  kirib  kelayotgan  kapital 
(xorijiy  investitsiyalar)  hajmidan  mamlakatdan  chiqib  ketayotgan  kapital  hajmining 
                                                                 
18
  Karimov  I.A.  O’zbеkiston  XXI  asr  bo’sag’asida:  xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot  kafolatlari.  – 
T.:  O’zbеkiston, 1997,  15 b. 
19
 Вечканов  Г.С. Экономическая безопасность: Учебник для  вузов.  – СПб.  Питер  2007,  с.67   
 

 
21 
ortib  ketishi,  tashqi  qarz  miqdorining  kattalashib  ketishi,  importga  bog’lanib  qolish, 
eksport  tarkibida  xom  ashyo  mahsulotlari  ulushining  oshib  ketishi  tashqi  tahdidlar 
qatoriga kiradi. 
Agar  mamlakat  ichidagi  tahdidlarni  oldi  olinmasa,  ular  bartaraf  etilmasa,  ichki 
tahdidlar  iqtisodiyotni  tashqi  tahdidlarga  sezuvchan  qilib  qo’yadi.  Ichki  tahdidlar 
davlatni  iqtisodiy  va  moliyaviy  jihatdan  zaiflashtirib,    harbiy  sohada  tahdidlarni 
kuchayishiga  olib  keladi.  Davlatning  iqtisodiy  jihatdan  zaif  bo’lishi  millatni  xalqaro 
moliyaviy  tashkilotlarga  qaram  bo’lib  qolishiga  olib  keladi.  Bunda  davlatning  byudjet 
mablag’lari  ijtimoiy  majburiyatlarni  bajarishga,  masalan,  byudjet  sohasi  xodimlariga 
ish  haqi  to’lash,  pensiya,  nafaqalar  berishga  ham  yetmay  qolishi  mumkin.  Ichki 
tahdidlar  milliy  tovar  ishlab  chiqaruvchilar  tomonidan  ichki  talabni  qondira  olmaslik 
natijasida  iqtisodiyotni  importga,  tashqi  bozor  kon’yunkturasiga  bog’liqligini 
kuchaytirib  qo’yadi.  Davlatning  ichki  tahdidlarga  qarshi  turish  qobiliyatining  sust 
bo’lishligi    uni  samarali  tashqi  siyosat  olib  borishdan  mahrum  qilib  qo’yadi,  u  milliy 
tovar  ishlab  chiqaruvchilarni  qo’llab-quvvatlay  olmaydi,  raqobatbardosh  mahsulotlar 
eksportini rag’batlantirib,  yangi  tovar bozorlarini  egallay  olmaydi. 
Adabiyotlarda  iqtisodiy  xavfsizlikka  ichki  tahdidlar  sifatida  quyidagilar 
keltiriladi
20

-  mamlakat  iqtisodiyotining  biryoqlama  rivojlanganligi  va  tarkibiy 
deformatsiyaning  kuchayishi; 
-  milliy  iqtisodiyot raqobatbardoshligining  pastligi; 
-  iqtisodiyotning  yuqori darajada monopollashuvi; 
-  yuqori darajadagi  inflyatsiya; 
-  mineral  – xom ashyo bazalarining  kam o’rganilganligi; 
-  mamlakat  ilmiy-texnika  salohiyatining  yomonlashuvi,  fan-texnika 
rivojlanishining  ayrim  yo’nalishlarida  ilg’or  o’rinlarning  boy  berilishi, 
boshqa  faoliyat  sohalarida  intellektual  mehnat  nufuzi  va  obro’-  e’tiborining 
tushib ketishi; 
-  infratuzilmaning  rivojlanmaganligi; 
-  ichki  bozorlardan  milliy  tovarlarning  chet  el  tovarlari    tomonidan 
siqib chiqarilishi; 
-  hududiy separatizm va lobbizmning  yuqoriligi; 
-  investitsion  faollikning  pasayishi; 
-  ijtimoiy  ziddiyatlar  kelib  chiqish xavfining  mavjudligi; 
-  qonunchilikning  rivojlanmaganligi,  huquqiy intizomning  sustligi; 
-  moliyaviy  va shartnomaviy  intizomning  pastligi; 
-  iqtisodiyotning 
kriminallashuvi, 
boshqaruvda 
korrupsiyaning  
kuchayishi; 
-  daromadlarni  yashirish,  soliq  to’lashdan  qochish  hollarining 
ko’payishi; 
-  moliyaviy 
mablag’larning 
chet 
ellarga 
noqonuniy 
tarzda 
o’tkazilishi. 
                                                                 
20
 Abulqosimov X.P.  Iqtisodiy xavfsizlik.  – T.:  Akadеmiya,  2006,  57-58  –b. 
 

 
22 
Tashqi tahdidlar  jumlasiga  esa quyidagilar  kiritiladi: 
-  eksport tarkibida  xom ashyo mahsulotlarining  ustuvorligi; 
-  mamlakatning  import mahsulotlariga  qaramligi,  bog’liqligi; 
-  import tarkibining  ratsional  emasligi; 
-  tashqi qarzlarning  o’sib borishi; 
-  eksport va valyuta  nazoratining  yaxshi yo’lga qo’yilmaganligi; 
-  bojxona chegaralarining  yetarli  darajada belgilanmaganligi; 
-  eksport-import  operatsiyalariga  xizmat  ko’rsatuvchi  transport 
infratuzilmalarining  rivojlanmaganligi. 
YUqorida 
keltirilgan 
ichki 
tahdidlar 
orasida 
iqtisodiyot 
tarkibining 
deformatsiyalashuvining  kuchayishi  iqtisodiyotga  sezilarli  ta’sir  ko’rsatadigan 
tahdidlardan  bo’lib  hisoblanadi.  Mamlakatda  iqtisodiy  o’sishni  ta’minlash  uchun 
birinchi  navbatda  tarkibiy  o’zgarishlarni  amalga  oshirish  kerak  bo’ladi.  Bunday 
o’zgarishlarning  mazmuni  ishlab  chiqarish  bilan  talab  tarkibi  o’rtasidagi 
mutanosiblikni  ta’minlashda  ifodalanadi.  SHuni  hisobga  olgan  holda  O’zbekistonda 
olib  borilgan  islohotlar  davomida  iqtisodiyotda  chuqur  tarkibiy  o’zgarishlarni  amalga 
oshirishga  alohida  e’tibor  berildi.  Ayniqsa,  iqtisodiyotning  bazaviy  tarmoqlarini 
rivojlantirish, 
real 
sektor 
korxonalarini 
qo’llab-quvvatlash, 
iqtisodiyotni 
modernizatsiya  qilish,  texnik  va  texnologik  yangilash  kabi  masalalar  birinchi 
navbatda hal  etiladigan  vazifalar  qatoridan o’rin oldi. 
Mamlakatda  investitsion  va  innovatsion  faollikning  susayishi  ham  jiddiy 
tahdidlardan  bo’lib  hisoblanadi.  Respublikada  iqtisodiyotga  bo’ladigan  bunday 
tahdidni  oldini  olish  maqsadida  faol  investitsiya  siyosati  olib  borildi.  Iqtisodiyotni 
modernizatsiya  qilish,  texnik  va  texnologik  yangilash,  uning  raqobatdoshligini  keskin 
oshirish,  eksport  salohiyatini  yuksaltirishga  qaratilgan  muhim  ustuvor  loyihalarni 
amalga  oshirish  bo’yicha  Dastur  ishlab  chiqildi.  Bu  loyihalar  yoqilg’i-energetika, 
kimyo,  neft-gazni  qayta  ishlash,  metallurgiya  tarmoqlariga,  yengil  va  to’qimachilik 
sanoati, qurilish  materiallari  sanoati, mashinasozlik  va boshqa sohalarga tegishlidir.   
Loyihalashtirish  va  qurilish  ishlari  boshlanayotgan  inshootlarni:  kompaniya  va 
korxonalarning  o’z  mablag’lari  –  umumiy  hisobda  8,2  milliard  dollar,  O’zbekiston 
Respublikasi  Tiklanish  va  taraqqiyot  fondi  kreditlari  (2,5  milliard  dollar),  xorijiy 
investitsiya  va  kreditlar  (13,5  milliard  dollar)  hisobidan  amalga  oshirish 
mo’ljallangan
21

Aholining  mulkiy  jihatdan  tabaqalashuvi  ham  iqtisodiy  xavfsizlikka  jiddiy 
tahdidlar  soladi.  Mana  shunday  tahdidlarni  oldini  olish  maqsadida  respublikada 
kuchli  ijtimoiy  siyosat  amalga  oshirilmoqda.  Ish  haqi,  pensiya,  nafaqalar  miqdori 
muntazam  ravishda  oshirib  borilmoqda.  Daromadlarni  oshirishning  ishonchli  manbai 
sifatida  aholini  ish  bilan  bandligini  ta’minlashga  qaratilgan  chora-  tadbirlar  ishlab 
chiqilmoqda  va  amalga  oshirilmoqda.  Natijada  mamlakatda  ijtimoiy  va  iqtisodiy 
barqarorlikni  va iqtisodiy xavfsizlikni  ta’minlashga  erishilmoqda. 
 
Qisqacha xulosalar 
                                                                 
21
 I.Karimov  «Jahon moliyaviy-iqtisodiy  inqirozi,  O’zbеkiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari  va choralari». 
Toshkеnt, «O’zbеkiston»,  2009.  38  bet. 

 
23 
 Tahdid  jamiyat,  davlat  va  ularning  sub’yektlari,  alohida  shaxsning  normal 
hayot  faoliyatiga,  ular  manfaatlarini  ro’yobga  chiqarishga  to’sqinlik  qiladigan,  ziyon-
zahmat  keltiradigan,  xavf- xatar tug’diradigan  omillar  va shart-sharoitlarni  anglatadi. 
 Iqtisodiy  tahdidlar  mamlakat  iqtisodiyoti  rivojiga,  jamiyat,  davlat,  xo’jalik 
yurituvchi  sub’yektlar,  fuqarolarning  iqtisodiy  manfaatlariga  bevosita  xavf  tug’diradi. 
Bu  tahdidlar  ijtimoiy  takror  ishlab  chiqarishni  izdan  chiqarib,  aholining  turmush 
darajasini  pasayib  ketishiga  olib  keladi,  jamiyat  hayotida  tanglik  holatlarini  keltirib 
chiqaradi, ijtimoiy  barqarorlikka  putur yetkazadi.   
 
Nazorat savollari 
1.Tahdid deganda nimani  tushunasiz? 
2.Tahdidlarning  qanday turlari  mavjud? 
3. Ichki va tashqi tahdidlar  iqtisodiy xavfsizlikka  qanday ta’sir ko’rsatadi? 
4.O’zbekistonda  iqtisodiy  xavfsizlikka  bo’ladigan  tahdidlarning  oldini  olish 
borasida qanday chora-tadbirlar amalga  oshirildi? 
 
Foydalaniladigan adabiyotlar 
1. Karimov  I.A. YUksak ma’naviyat  – yengilmas  kuch. T.: “Ma’naviyat”,  2009 
2.  Karimov  I.A.  Jahon  moliyaviy-iqtisodiy  inqirozi,  O’zbekiston  sharoitida  uni 
barataf etishning  yo’llari  va choralari. T.: “O’zbekiston” , 2009 
3.  Vechkanov  G.S.  ekonomicheskaya  bezopasnost:  Uchebnik  dlya  vuzov.  – 
SPb. Piter 2007.  
4.  Mejdunarodnыe  strategii  ekonomicheskogo  razvitiya:  Ucheb.posobie  /  Pod 
red. YU.V.Mokogona. – K.: Znannya,  2007 
5.  Ivanov  YU.  O  globalnom  mejdunarodnom  sopostavlenii  VVP  po  146 
stranam mira. // Voprosы ekonomiki,  №5, 2008, s. 29-35 
6.  Mejdunarodnaya  ekonomika:  teoriya  i  praktika:  Uchebnik  dlya  vuzov:- SPb. 
Piter. 2008. s.18 
7.  YUdaeva  K.,  YAsin  ye.  Strategiya–2050:  Spravitsya  li  Rossiya  s vыzovami 
globalizatsii?  // Voprosы ekonomiki.  №5, 2008. s. 4-21 
8.  Feygin  G.F..  Razvitie  natsionalnыx  ekonomik  v  usloviyax  globalizatsii: 
istoriko-ekonomicheskiy  aspekt./Izvestiya  Sankt-Peterburgskogo  universiteta.  №2, 
2009, s.14-23 
 
 
 
 
 
5-mavzu. Globallashuv jarayonlarining mamlakatlar iqtisodiy 
xavfsizligiga ta’siri 
XX  asrning  oxirgi  choragida  jahon  hamjamiyatining  iqtisodiy,  siyosiy  va 
madaniy  sohalardagi  rivojlanishi  globallashuv  jarayonlari  ta’sirida  amalga  oshdi. 
Globallashuvning  iqtisodiy  mazmuni  va  mohiyati  birinchi  navbatda  xo’jalik 
taraqqiyotining  manbalari,  omillari  va  shakllari  bilan  bog’liqdir.  Bu  yerda  gap 
sarmoyalar,  texnologiyalar,  ishchi  kuchi,  intellektual  va  moliyaviy  resurslar, 

 
24 
boshqaruv  va  boshqalar  to’g’risida  ketmoqda.  Ushbu  jarayonlar  xalqaro  savdo  va 
investitsiya  hajmlarining  o’sishi,  jahon  moliya  bozorlari  va  ishchi  kuchi  bozorlarining 
misli  ko’rilmagan  tarzdagi  diversifikatsiyasi,  jahon  xo’jalik  aloqalarida  transmilliy 
korporatsiyalar  rolining  oshishi,  global  raqobatning  keskinlashuvida  namoyon 
bo’lmoqda. 
Globallashuv  iqtisodiy  taraqqiyotning  industrial  bosqichidan  postindustrial 
bosqichiga  o’tish  davrining  mahsuli  bo’lib  hisoblanadi.  Demak,  globallashuv  jahon 
hamjamiyatining  bugungi  kundagi  taraqqiyoti  bosqichini  ifodalovchi  jarayondir. 
Jahon  banki  ma’lumotlariga  ko’ra,  1995-yildayoq  dunyo  aholisining  90  foizi 
globallashuv  jarayonlariga  tortilgan.   
“Globallashuv”  iborasi  birinchi  marta  1983-yilda  T.  Levitt  tomonidan 
qo’llangan.  U  “ko’pmillatli  yirik  korporatsiyalar  tomonidan  ishlab  chiqarilgan 
alohida  mahsulotlar  bozorlarining  qo’shilib  ketish  hodisasini”  globallashuv  iborasi 
bilan  ifodalagan
22
.   
Globallashuv  –  baynalmilallashuvning  eng  yangi  bosqichi  bo’lib,  unda    dunyo 
xo’jaligi  yagona  iqtisodiy  organizmga  aylana  boshladi.  Mamlakatlararo  tovar  va 
xizmatlar,  kapital  va  axborot  oqimlarining,  xalqaro  miqyosda  mehnat  resurslari 
harakatchanligining  keskin  o’sib  borishi  globallashuvning  xarakterli  xususiyatlaridan  
biridir.  Keyingi  davrlarda  ishlab  chiqarishning    milliy  bozorlarga  emas,  ko’proq 
dunyo  bozorlariga  yo’naltirilganligi  dunyo  iqtisodiyoti  globallashuvining  hozirgi 
bosqichini harakatlantiruvchi  kuchi bo’lib hisoblanadi
23
.   
Globallashuv 
jarayonlarining 
mamlakatlar 
iqtisodiy  xavfsizligiga  ta’siri 
masalalarini  o’rganishda  “iqtisodiy  globallashuv”  muammosiga  ko’proq  ahamiyat 
berish kerak bo’ladi. 
Transmilliy  korporatsiyalarning  o’sib  borishi,  ya’ni  ishlab  chiqarishning 
integratsiyalashuvi, 
xalqaro  miqyoslarda  pul  ko’rinishidagi  kapitalning  turli 
shakllarda  harakat  qilishi  “iqtisodiy    globallashuv”  tushunchasiga    sifat  jihatdan yangi 
mazmun  baxsh etdi.  
2 – jadval 
Globallashuv  jarayonlarining  asosiy xususiyatlari 
 
Rivojlangan 
mamlakatlar 
Rivojlanayotgan 
va o’tish 
iqtisodiyoti 
mamlakatlari 
Barcha 
mamlakatlar 
1990- 
1995 
2000- 
2005 
1990- 
1995 
2000- 
2005 
1990- 
2000 
2000- 
2011 
Tovarlar  savdosi  (YAIMga 
nisbatan %da) 
30,1 
38,4 
35,7 
49,9 
30,9 
40,5 
Xizmatlar  savdosi  (YAIMga 
nisbatan %da) 
7,6 
9,5 
8,4 
9,4 
7,7 
9,5 
To’g’ridan-to’g’ri xorijiy 
investitsiyalar  (YAIMga 
0,8 
2,1 
1,8 
2,7 
0,9 
2,3 
                                                                 
22
  Г.Ф.Фейгин.  Развитие  национальных  экономик  в  условиях  глобализации:  историко -экономический  аспект.  / 
Известия  Санкт-Петербургского  университета.  №2,  2009,  с.14 
23
 Международня  экономика: теория и практика.  Учебник для  вузов. – СПб.  Питер,  2008.  с. 15 

 
25 
nisbatan %da) 
Mobil telefonlardan 
foydalanuvchilar  (aholi 
sonidagi ulushi,  %) 
3,8 
67,6 
0,1 
19,5 
0,9 
29,8 
Internetdan  foydalanuvchilar 
(aholi  sonidagi ulushi,  %) 
0,7 
41,0 
0,01 
4,9 
0,1 
9,1 
Migrantlar  tomonidan 
o’tkazilgan  mablag’lar  hajmi 
(YAIMga  nisbatan %da) 


118 
165 


Manba:  K.YUdaeva,  ye.YAsin.  Strategiya–2050:  Spravitsya  li  Rossiya  s 
vыzovami  globalizatsii?  // Voprosы ekonomiki. №5, 2008. s.8. 
 
Ayni  paytda  “Jahon  bozori,  xalqaro  xo’jalik  munosabatlari  va  institutlari  milliy 
xo’jalik  tizimlarining  oddiy  davomi,  ularning  yig’indisi  emas,  balki  ulardan  tubdan 
farq qiluvchi  tashkiliy  tuzilma  bo’lib hisoblanadi”
24
.  
Iqtisodiy globallashuv  bir qator xususiyatlarga  ega:   
birinchidan,  keyingi  yillarda  dunyoda  sodir  bo’lgan  siyosiy  o’zgarishlar 
natijasida  jahon  xo’jaligining  universallashuvi,  bozor  iqtisodiyoti  tamoyillariga 
asoslangan iqtisodiy makonning  kengayishi.   
Iqtisodiy 
globallashuvning 
ikkinchi 
hususiyati 
–  kapital  harakatining 
erkinlashuvi  hamda  moliya  tizimlari  va  valyuta  nazoratini  tartibga  solishning 
qiyinlashuvi.  Ushbu  jarayonlarning  ta’siri  natijasida  xalqaro  savdo  hajmlari, 
mamlakatlar  o’rtasida  moliyaviy  va  sarmoya  oqimlari    bir  necha  barobar  oshib 
bormoqda. 
Globallashuv 
jarayonining 
uchinchi 
xarakterli 
xususiyati 
– 
milliy 
xo’jaliklarning  iqtisodiy  jihatdan  ochiqligining  ortib  borishi.  Milliy  iqtisodiyotlarning 
ochiqligini,  masalan,  tashqi  savdo  kvotasi  bilan  o’lchanadigan  bo’lsa,  XX  asrning 
o’rtalarida bu ko’rsatkich o’rtacha 16 %ga teng bo’lgan bo’lsa, 2004- yilda 36 foizga 
yetdi, 2006- yilda  esa 49 foizdan oshib ketdi
25
.  
Bunday  holat  dunyoda  iste’mol  qilinayotgan  tovar  va  xizmatlarning  o’rta 
hisobda  deyarli  yarmi  to’la  yoki  qisman  ular  iste’mol  qilinayotgan  mamlakatlardan 
tashqarida  ishlab chiqarilishini  ko’rsatadi. 
Globallashuvning  to’rtinchi  hususiyati  uning  ishsizlikka  va  mamlakatlarning 
ish  bilan  bandlikning  barqaror  yuqori  darajasini  ta’minlash  qobiliyatiga  ta’siri  bilan 
bog’liqdir.  Hozirgi  kunda  ilm  talab  qiladigan  va  yuqori  texnologiyali  tarmoqlar 
yuqori  malakali,  lekin  kam  miqdorda  ishchi  kuchi  talab  etadi.  Keyingi  yillarda 
mehnat,  material  va  energiya  talab  etadigan  tarmoqlarda  band  bo’lgan  past  va 
o’rtacha  malakaga  ega  bo’lgan  xodimlar  soni  qisqarib  bormoqda.  Ularning  bir  qismi 
xizmat  ko’rsatish  sektorlariga  o’tmoqda,  lekin  katta  qismi  ishsizlar  qatoridan  joy 
olmoqda. 
Beshinchi  xususiyati  –  iqtisodiy  jarayonlarning  global  muammolar,  jumladan, 
resurslarning  cheklanganligi,  demografik  vaziyatning  va  oziq-ovqat  muammolarining  
                                                                 
24
 Богомолов О.Т.  Анатомия глобальной экономики.  –М.: 2004-с 
25
 Международная  экономика: теория и практика:  Учебник для  вузов:-  СПб.  Питер. 2008,с.18 

 
26 
keskinlashuvi,  rivojlangan  mamlakatlar  bilan  qoloq  mamlakatlar  orasidagi  texnologik 
va  intellektual  salohiyatdagi  tafovutning  chuqurlashuvi,  daromadlar  bo’yicha 
differensiatsiyaning  kuchayishi,  ekologik  muammolarning  keskinlashuvi  bilan 
bog’liqligidir. 
Globallashuv 
tarafdorlari 
ushbu 
jarayonda 
ishtirok 
etadigan 
barcha 
mamlakatlar  undan  foyda  ko’radi,  degan  fikrni  bildiradilar.  Lekin  real  hayotda  global 
munosabatlarning 
ustunliklaridan 
asosan 
rivojlangan 
mamlakatlar 
manfaat 
ko’rmoqdalar, degan fikrlar  ham mavjud. 
Globallashuv  ma’lum  ma’noda  iqtisodiyotning  qutblashuvini  kuchaytiradi. 
Mashhur  venger  iqtisodchisi  M.SHimaining  hisob-kitoblariga  ko’ra,  1995  yilda  jahon 
YAIMning  80  foizi  dunyo  aholisining  14,5  foizi  yashaydigan  24  mamlakat 
tomonidan,  15  foizi  dunyo  aholisining  31,5  foizi  to’g’ri  keladigan  63  mamlakat 
tomonidan  o’zlashtirilgan.  Jahon  YAIMning  bor  yo’g’i  5  foizi  dunyo  aholisining 
yarmidan  ko’pi,  ya’ni  55,5  foizi  istiqomat  qiladigan  45  mamlakat  tomonidan 
o’zlashtirilgan
26
.   
2005-yilda  dunyo  bo’yicha  olingan  daromadning  bor  yo’g’i  39  foizi  dunyo 
aholisining  84  foizi  yashaydigan  jon  boshiga  eng  past  va  o’rtacha  daromadli 
mamlakatlar  ulushiga  to’g’ri kelgan.   
MDH  hissasiga  jahon  yalpi  ichki  mahsulotning  bor-yo’g’i  4,1%  to’g’ri  keladi, 
yeI mamlakatlarining  ulushi  esa 24%ni tashkil  etadi
27
.  
3-jadval 
Butun dunyoda yaratilgan  daromadning mamlakatlarning  alohida  guruhlari 
o’rtasida taqsimlanishi,  %* 
Mamlakatlar  guruhlari 
Dunyo daromadidagi 
ulushi 
Dunyo aholisi 
sonidagi ulushi 
Jon  boshiga  eng  past  daromadli 
mamlakatlar 

36 
Jon  boshiga  o’rtacha  daromadli 
mamlakatlar 
32 
48 
Jon 
boshiga 
eng 
yuqori 
daromadli mamlakatlar 
61 
16 
 
*Manba:  YU.Ivanov.  O  globalnom mejdunarodnom sopostavlenii VVP po 146 
stranam mira. / Voprosы ekonomiki.  №5, 2008, s.22. 
 
Globallashuv  sharoitida  mamlakatlar  iqtisodiy  xavfsizligi  –  ko’p  qirrali 
tushuncha  bo’lib,  hozircha  uning  yagona  talqini  qabul  qilinmagan.  Taraqqiyotning 
hozirgi  bosqichida  ishlab  chiqarish  va  tashqi  iqtisodiy  aloqalar  jadallik  bilan 
chuqurlashib,  milliy  iqtisodiyotlarning  baynalmilallashuvi  kuchayib  bormoqda. 
Bunday  sharoitda  iqtisodiy  xavfsizlikni  ta’minlash  nafaqat  mamlakat  darajasida,  balki 
mintaqa  darajasida ham eng muhim  masalalardan  biriga  aylanib  boradi. 
                                                                 
26
 Intеrnеt ma'lumotlari 
27
 Иванов  Ю. О глобальном международном сопоставлении ВВП  по 146  странам мира. / Вопрос ы экономики, 
№5,  2008,  с. 29 

 
27 
Globallashuv  dunyo  hamjamiyati  ishtirokchilari  uchun  yangi  imkoniyatlar 
yaratish  bilan  bir  vaqtda,  milliy  iqtisodiyotlar  faoliyatiga  salbiy  ta’sir  ko’rsatadigan 
xavf-xatar  va  tahdidlarni  ham  vujudga  keltiradi.  Globallashuv  jarayonlari  kuchayib 
borgan  sari  bunday  tahdidlar  miqyosi  kengayib,  ularni  bashorat  qilish  va  bartaraf 
etish  qiyinlashib  boradi.  Bir  paytning  o’zida  ham  dunyo  hamjamiyatiga,  ham  alohida 
olingan  konkret  mamlakatga  tahdid  soladigan  yangi  global  xavf-xatarlar  vujudga 
keladi. 
Globallashuv  jarayoniga  umumiy  nuqtai  nazardan  qaraladigan  bo’lsa,  ushbu 
jarayon    O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.Karimovning  iborasi  bilan  aytganda, 
“mutlaqo  yangicha  ma’no  –  mazmundagi  xo’jalik,  ijtimoiy-siyosiy,  tabiiy-biologik 
global  muhitning  shakllanishini  va  shu  bilan  birga,  mavjud  milliy  va  mintaqaviy 
muammolarning 
jahon 
miqyosidagi 
muammolarga 
aylanib 
borishini 
ifoda 
etmoqda”
28

SHuning  uchun  ham  mamlakat  iqtisodiy  xavfsizligini  keng  xalqaro 
hamkorliksiz  ta’minlash  mumkin  emas.  CHunki  yuzaga  kelayotgan  muammolarni 
faqat  milliy  vosita  va  mexanizmlar  yordamida  hal  etib  bo’lmaydi.  SHu  bois  “milliy 
iqtisodiy  xavfsizlik”  va    “xalqaro  iqtisodiy  xavfsizlik”  kabi  tushunchalar  o’rtasida 
aloqadorlik  kuchayib  bormoqda.  Xalqaro  iqtisodiy  xavfsizlikni  ta’minlash  milliy 
iqtisodiy xavfsizlikni  ta’minlashning  muhim  sharti sifatida  qaraladi. 
Globallashuv  mamlakatlar  iqtisodiyotini  tashqi  omillar  ta’siriga  ochiq  qilib 
qo’yadi.  Masalan,  XX  asr  70–  yillarining  o’rtalarida  OPEK  a’zolarining  xatti- 
harakatlari  natijasida  neft  mahsulotlariga  jahon  narxlari  oshib  ketdi.  Jahon  miqyosida 
energiya  iste’molining  muntazam  o’sib  borganligi  va  energiya  resurslarining 
cheklanganligi  sharoitida  ko’p  mamlakatlar  oldida  energetika  xavfsizligini  ta’minlash 
muammosi  dolzarb bo’lib qoldi. 
XX  asr  70  –  yillarining  boshlarida  Bretton  –  Vud  xalqaro  valyuta  tizimining 
parokandalikka  yuz  tutganligi  va  1976–yilda  YAmayka  kelishuvlari  asosida 
“suzuvchi”  valyuta  kurslariga  o’tilganligi,  rivojlangan  mamlakatlar  tomonidan  kapital 
harakatlari  ustidan nazoratni  sekin–asta susaytirilganligidan  dalolat beradi.  
Keyinchalik  o’tgan  asrning  80  –  90  –  yillarida  Lotin  Amerikasi  va  Janubi-
sharqiy  Osiyoning  bir  qator  mamlakatlarida  sodir  bo’lgan  va  jahon  moliya 
bozorlarida  halokatga  olib  kelgan  inqirozlar  natijasida  moliyaviy  xavfsizlikni 
ta’minlash  zaruriyati  paydo bo’ldi. 
Yer  yuzi  aholisi  sonining  ko’payib  borishi,  buning  natijasida  xom  ashyo  va 
mahsulotlarga  bo’lgan  talabning  oshishi  va  oqibatda  chiqindilarning  katta  miqdorda 
to’planib  borishi  atrof-muhitga  salbiy  ta’sir  ko’rsata  boshladi.  Bu  jarayonlar  global 
xarakterga  ega  bo’lganligi  bois,  dunyo  miqyosida  tahdidga  aylanib,  ekologik 
xavfsizlikni  ta’minlash  zaruriyatini  keltirib  chiqardi.  
2008-yilda  boshlangan  jahon  moliyaviy-iqtisodiy  inqirozi  dunyoning  deyarli 
barcha  mamlakatlari  iqtisodiyotiga  ta’sir  etuvchi  tahdidlarni  keltirib  chiqardi.  Inqiroz 
AQSH  ipotekali  kreditlash  tizimida  ro’y  bergan  tanglik  natijasida  kelib  chiqdi. 
Keyinchalik  uning  miqyosi  kengayib,  yirik  banklar  va  moliyaviy  tuzilmalarning 
to’lov  qobiliyati  zaiflashib  qolganligi  oqibatida  moliyaviy  inqirozga  aylanib  ketdi. 
                                                                 
28
 Каримов И.А. Юксак  маънавият  – енгилмас куч. Тошкент.  “Маънавият”,  2009,  111-бет. 

 
28 
Inqiroz  ta’sirida  yirik  kompaniyalar  indekslari  va  aksiyalarining  bozor  qiymati 
halokatli  darajada  tushib  ketdi.  Bu  esa  dunyoning  ko’plab  mamlakatlarida  ishlab 
chiqarish  sur’atlarining  pasayib  ketishiga  olib  keldi.  Natijada  iqtisodiy  o’sish 
sur’atlari  sekinlashib,  buning  oqibatida  ishsizlik  miqyoslari  osha  boshladi. 
Jarayonlarning  bunday  kechishi  mamlakatlarning  milliy  va  uning  tarkibiy  qismi 
bo’lgan iqtisodiy xavfsizligiga  o’z ta’sirini  ko’rsatmasdan qolmaydi. 
 
Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin