Termiz davlat universiteti



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/12
tarix06.06.2020
ölçüsü1,46 Mb.
#31769
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
iqtisodiy xavfsizlik


Qisqacha xulosalar 
 
 Globallashuv  iqtisodiy  taraqqiyotning  industrial  bosqichidan  postindustrial 
bosqichiga  o’tish  davrining  mahsuli  bo’lib  hisoblanadi.  Globallashuv  jahon 
hamjamiyatining  bugungi  kundagi  taraqqiyoti  bosqichini ifodalovchi  jarayondir.   
Taraqqiyotning  hozirgi  bosqichida  ishlab  chiqarish  va  tashqi  iqtisodiy  aloqalar 
jadallik  bilan  chuqurlashib,  milliy  iqtisodiyotlarning  baynalmilallashuvi  kuchayib 
bormoqda.  Bunday  sharoitda  iqtisodiy  xavfsizlikni  ta’minlash  nafaqat  mamlakat 
darajasida,  balki  mintaqa  darajasida  ham  eng  muhim  masalalardan  biriga  aylanib 
boradi. 
Globallashuv  dunyo  hamjamiyati  ishtirokchilari  uchun  yangi  imkoniyatlar 
yaratish  bilan  bir  vaqtda,  milliy  iqtisodiyotlar  faoliyatiga  salbiy  ta’sir  ko’rsatadigan 
xavf-xatar  va  tahdidlarni  ham  vujudga  keltiradi.  Globallashuv  jarayonlari  kuchayib 
borgan  sari  bunday  tahdidlar  miqyosi  kengayib,  ularni  bartaraf  etish  va  prognozlash 
qiyinlashib  boradi.  Bir  paytning  o’zida  ham  dunyo  hamjamiyatiga,  ham  alohida 
olingan  konkret  mamlakatga  tahdid  soladigan    yangi  global  xavf-  xatarlar  vujudga 
keladi. 
 
Nazorat savollari 
1.Globallashuv  deganda nimani  tushunasiz? 
2.Qanday omillar  ta’sirida globallashuv  jarayonlari  kuchayib bormoqda? 
3.“Iqtisodiy globallashuv”ning  xususiyatlari  nimalardan  iborat? 
4.Globallashuv  jarayonlari  mamlakatlar  iqtisodiy  xavfsizligiga  qanday  ta’sir 
ko’rsatadi? 
5.Globallashuv  sharoitida  qanday  qilib  iqtisodiy  xavfsizlikni  ta’minlash  kerak 
bo’ladi? 
 
Foydalaniladigan adabiyotlar 
1. Karimov  I.A. YUksak ma’naviyat  – yengilmas  kuch. T.: “Ma’naviyat”,  2009 
2.  Karimov  I.A.  Jahon  moliyaviy-iqtisodiy  inqirozi,  O’zbekiston  sharoitida  uni 
barataf etishning  yo’llari  va choralari. T.: “O’zbekiston” , 2009 
3.  Vechkanov  G.S.  ekonomicheskaya  bezopasnost:  Uchebnik  dlya  vuzov.  – 
SPb. Piter 2007.  
4.  Mejdunarodnыe  strategii  ekonomicheskogo  razvitiya:  Ucheb.posobie  /  Pod 
red. YU.V.Mokogona. – K.: Znannya,  2007 
5.  Ivanov  YU.  O  globalnom  mejdunarodnom  sopostavlenii  VVP  po  146 
stranam mira. // Voprosы ekonomiki,  №5, 2008, s. 29-35 

 
29 
6.  Mejdunarodnaya  ekonomika:  teoriya  i  praktika:  Uchebnik  dlya  vuzov:- SPb. 
Piter. 2008. s.18 
7.  YUdaeva  K.,  YAsin  ye.  Strategiya–2050:  Spravitsya  li  Rossiya  s vыzovami 
globalizatsii?  // Voprosы ekonomiki.  №5, 2008. s. 4-21 
8.  Feygin  G.F..  Razvitie  natsionalnыx  ekonomik  v  usloviyax  globalizatsii: 
istoriko-ekonomicheskiy  aspekt./Izvestiya  Sankt-Peterburgskogo  universiteta.  №2, 
2009, s.14-23 

 
30 
6-mavzu. Terrorizm va uning iqtisodiy xavfsizlikka ta’siri 
 
Xalqaro  miqyosda  barqarorlik  va  xavfsizlikka  jiddiy  tahdid  soladigan  hodisa 
sifatida  terrorizm  o’tgan  asrning  oxirlaridan  boshlab  jahon  hamjamiyatining  e’tiborini 
torta  boshladi.  Lekin,  faqat  2001-yil  sentabr  voqealaridan  keyin  siyosatchi  va 
ekspertlar ushbu muammoga jiddiy  qaray boshladilar.  
Terrorizmning  tarixiga  nazar  solinadigan  bo’lsa,  u  o’rta  asrlardan  boshlab 
dunyoning  barcha  mintaqa  va  mamlakatlarida  uchrab  turgan.  Ayni  paytda  uning 
ko’rinishlari  va amalga  oshirish usullari  turlicha  bo’lgan. 
Terrorizm  qanday  shaklda  namoyon  bo’lishidan  qat’iy  nazar  miqyoslari  va 
oqibatlari  nuqtai  nazaridan  eng  xavfli  ijtimoiy-siyosiy  va  ma’naviy  muammolardan 
biriga  aylanib  qoldi.  Terrorizm  va  ekstremizm    dunyoning  deyarli  barcha 
mamlakatlari  va  ularning  fuqarolari  xavfsizligiga  tahdid  solmoqda  va  juda  katta 
siyosiy, iqtisodiy va  ma’naviy  yo’qotishlarga olib kelmoqda.  
Terrorizmni  jamiyat  hayot  faoliyatiga  tahdid  sifatida  o’rganishda,    birinchi 
navbatda,  uning  eng  tuban,  eng  qabih  maqsadlarga  xizmat  qiladigan hodisa ekanligini 
ko’zda tutish  kerak bo’ladi.  
“Terror”  va  “terrorizm”  iboralarining  yuzga  yaqin  talqini  bo’lib,  ularning 
hammasi ham mukammal emas. Lotincha “terror” degan so’z “qo’rqinch”, “daxshat” 
ma’nosini  anglatadi.  “Terrorizm”  esa  terrorni  amalga  oshirishdir.  Ushbu  iboraning 
kengroq  ma’noda  siyosiy  raqiblarni,  muxoliflarni  yo’qotish  yoki  qo’rqitish,  aholi 
o’rtasida  vahima  va  tartibsizliklarni  keltirib  chiqarish  maqsadida  zo’ravonlik 
harakatlarini  amalga  oshirish, deb talqin  qilish  mumkin.   
Terroristik  harakatlar  turlicha  bo’lib, ular qatoriga quyidagilar  kiradi: 
-  ta’qib qilish; 
-  buzg’unchilik  qilish; 
-  garovga olish; 
-  qotillik; 
-  qo’rqitish; 
-  portlatish va b. 
Terrorchilarning  xatti-harakatlari  har  doim  ham  qotillik  bilan  bog’liq 
bo’lmasada,  doimo  zo’ravonlik,  majburlash  va  tahdidni  ko’zda  tutadi.  Ayni  paytda 
ko’zlangan  maqsadlar turlicha  bo’lishi mumkin:  siyosiy, iqtisodiy, qasd olish va b. 
Terrorizm  va  undan  aholini  himoya  qilishga  bag’ishlangan  Amerika  qit’asi 
davlatlarining    Inson  huquqlari  bo’yicha  bo’lib  o’tgan  konferensiyasida    (1970-y.) 
terrorizmning  uchta – ijtimoiy,  siyosiy va g’oyaviy turi  aytib o’tilgan. 
 
 
 
 
 
 
 
4- rasm. Terrorizmning  turlari 
 
Tеrrorizmning  turlari 
siyosiy 
axborot 
iqtisodiy 
ijtimoiy 

 
31 
Terrorizm  ikki  xil  toifada  namoyon  bo’lishi  mumkin.  Birinchisi  yakka  tartibda 
amalga  oshiriladigan,  ikkinchisi  esa  guruh  bo’lib  amalga  oshiriladigan  terrorizm. 
Siyosatshunoslikda  davlat  terrorizmi  tushunchasi  ham  qo’llaniladi.  Bunga  diktatorlik 
va totalitar  rejimlarning  repressiyalari  misol bo’la oladi. 
Terrorizm  davlat  xavfsizligini  ta’minlash  bilan  bevosita  bog’liqdir.  Ushbu 
hodisa  ijtimoiy,  etnik,  diniy  radikalizm  va  ekstremizmni  ifodalashning  eng  yomon 
usuli  bo’lib,  bunday  harakatni  amalga  oshiradigan  kishilar  guruhi  o’z  maqsadlariga 
erishish  uchun hech narsadan qaytmaydilar.   
Xalqaro  miqyosda  terrorizm  daxshatli  epidemiya  sifatida  tarqalib  bormoqda. 
Terrorizm  ayniqsa  XX  asrning  60-yillaridan  kuchayib boshladi. Bu davrda dunyoning 
bir  qancha  mintaqalarida  turli  terroristik  tashkilotlar  va  guruhlar  faolligi  oshib  bordi. 
Ba’zi  manbalarga  ko’ra,  dunyoda  500  dan  ortiq  yashirin  terroristik  tashkilotlar 
mavjud.  1968  –  1980  yillar  davomida  ular  tomonidan  7000  mingga  yaqin  terroristik 
harakatlar  amalga  oshirilgan.  Terrorizm  miqyoslari  butun  dunyoda  kengayib 
bormoqda:  agar  80-yillarda  500  dan  800  tagacha  katta  terroristik  harakatlar  amalga 
oshirilgan  bo’lsa, 90 – yillarda  900 va undan ortiq harakatlar  amalga  oshirildi. 
Rossiyalik  siyosatchi  D.V.  Olshanskiy
29
  terrorizmning  to’rtta,  4-rasmda 
keltirilgan  turlarini  ajratib  ko’rsatadi.  
Siyosiy  terrorizm  –  siyosiy  arboblarga,  ular  o’tkazayotgan  siyosatga, 
hukumatlarga  ta’sir o’tkazish maqsadida amalga  oshiriladigan  harakatlar. 
Axborot  sohasida  terrorizm  –  jamiyat  a’zolarining  ruhiyatiga,  xulq-atvoriga 
ta’sir ko’rsatish. 
 Iqtisodiy  sohadagi  terrorizm  –  terroristlarning  iqtisodiy  manfaatga  erishish 
maqsadida  raqiblariga,  aholining  turli  qatlamlari  va  guruhlariga,  davlatlar  va  ularning 
boshliqlariga  ta’sir o’tkazishi. 
Ijtimoiy 
terrorizm  –  jinoyatchilik  miqyoslarining  kengayishi,  kriminal 
vaziyatning  keskinlashuvi,  umumiy  ijtimoiy  beqarorlikning  vujudga  kelishi. 
Xalqaro  tashkilotlar  va  olimlar  terrorizmning  kelib  chiqish  sabablariga  alohida  
e’tibor  qaratib  keladilar.  Bunday  sabablarni  aniqlash  terrorizmga  qarshi  kurash 
choralarini  ishlab  chiqish  va  takomillashtirishda    asosiy  e’tibor  qaratiladigan 
muammolardan  biri bo’lib hisoblanadi. 
BMTning  1990-yilda  Gavanada  bo’lib  o’tgan  jinoyatchilikni  oldini  olish  va 
ularga  nisbatan  munosabat  masalalariga  bag’ishlangan  VIII  Xalqaro  kongressida 
terrorizmning  quyidagi  asosiy  sabablari  ko’rsatib  o’tilgan:  qashshoqlik,  ishsizlik, 
savodsizlik,  uy-joyning  yetishmasligi,  ta’lim  va  kadrlar  tayyorlash  tizimining 
takomillashmaganligi,  kelajakka  ishonchning  yo’qligi,  aholining  marginallashuvi 
(lot.Marginalis  so’zidan  –  ijtimoiy  hayotning  eng  past  qatlamidagilar  –  daydilar, 
qashshoqlar),  ijtimoiy  tengsizlikning  kuchayishi,  oilaviy  va  ijtimoiy  aloqalarning 
susayishi,  tarbiyadagi  nuqsonlar,  migratsiyaning  salbiy  oqibatlari,  madaniy  o’ziga 
xoslikni 
yo’qotish,  madaniy-ma’naviy  hordiq  chiqaradigan  maskanlarning 
yetishmasligi,  ommaviy  axborot  vositalari  tomonidan  zo’ravonlik,  tengsizlikni 
kuchayishiga  olib kelishi  mumkin  bo’lgan g’oya va qarashlarni  tarqatish.  
                                                                 
29
 Internet ma’lumoti 

 
32 
Globallashuv  davrida  terrorizm  shunday  bir  hodisaga  aylandiki,  unga  qarshi 
kurashishda  butun  jahon  hamjamiyati  ishtirok  etishi  kerak.  Faqat  shundagina 
kurashning  samaradorligiga  erishish  mumkin.  Terrorizmga  qarshi  kuchlarni 
birlashtirish  zaruriyati  uning  transmilliy  xarakterga  ega  ekanligi  kabi  xususiyati  bilan 
belgilanadi.  SHu  bilan  birga  xalqaro  terrorizm  bilan  kurash  bo’yicha  davlatlarning 
o’zaro  hamkorligini  tartibga  solish  bir  qator  universal  va  mintaqaviy  xalqaro 
konvensiyalarning  predmeti    sifatida  belgilangan.  Terrorizmga  qarshilik  ko’rsatish 
bo’yicha  Jeneva  Konvensiyasi  (1937-y),  Terroristik  aktlarni  oldini  olish  va  jazolash 
to’g’risidagi  Vashington  Konvensiyasi  (1971-y.),  Terrorizmga  yo’l  qo’ymaslik 
bo’yicha Yevropa Konvensiyasi  (1977-y)  shular  jumlasidandir. 
Hozirga  kelib  dunyo  hamjamiyatida  terrorizmga  qarshi  kurash  borasida 
ma’lum  tajriba  orttirilgan:   
-  XX  asrning  70  –  yillari  o’rtalaridan  boshlab,  BMTning    jinoyatchilikni  oldini 
olish  va u bilan kurash bo’yicha Qo’mitasining har bir sessiyasida u yoki bu darajada 
umuman  terrorizm  va shu jumladan  xalqaro terrorizm  masalalari  ko’rib chiqilgan; 
-  1970  –  yillardan  boshlab,  BMT  o’ndan  ortiq  antiterroristik  hujjatlar  qabul 
qildi; 
-  funksiyalari  to’liq  yoki  qisman  terrorizmga  qarshi  kurash  bo’lgan  xalqaro 
tuzilmalar  tashkil  etilgan  va  ular  faoliyat  olib  bormoqda  (masalan,  INTERPOL, 
yeVROPOL, MDHning  Antiterrorga  qarshi markazi  va b.); 
-  arab  davlatlari  Ligasining  ichki  ishlar  vazirlari  Kengashining  13  –  sessiyasida 
terrorizmga  qarshi  kurashda  “Xulq-atvor  Kodeksi”  loyihasi  qabul  qilindi.  Unga ko’ra 
terrorchilik  harakatlarini  rejalashtirish  va  amalga  oshirish  uchun  mamlakat  hududidan 
joy  berish,  terroristik  tashkilotlarga  moliyaviy,  moddiy  va  boshqa  yordam  berish 
taqiqlanadi. 
 
Qisqacha xulosalar 
Terrorizm  jahondagi  barcha    mamlakatlar  barqarorligi  va  milliy  xavfsizligiga 
jiddiy  tahdid  bo’lib  hisoblanadi.  Terrorizm  va  ekstremizm  dunyoning  deyarli  barcha 
mamlakatlari  va  ularning  fuqarolari  xavfsizligiga  tahdid  solmoqda  va  juda  katta 
siyosiy,  iqtisodiy  va    ma’naviy  yo’qotishlarga  olib  kelmoqda.  Terrorizmni  jamiyat 
hayot  faoliyatiga  tahdid  bo’lib,  u  eng  tuban,  eng  qabih  maqsadlarga  xizmat qiladigan 
hodisadir.  
Globallashuv  davrida  terrorizm    qarshi  kurashishda    butun  jahon  hamjamiyati 
ishtirok  etishi  kerak. Faqat shundagina  kurashning  samaradorligiga  erishish  mumkin. 
 
Nazorat savollari 
 
1. Terrorizm qachon paydo bo’lgan? 
2. Terrorizmning  ijtimoiy  va iqtisodiy oqibatlari  nimalardan  iborat? 
3. Terrorizm iqtisodiy xavfsizlikka  qanday ta’sir ko’rsatadi? 
4. Jahon hamjamiyati  terrorizmga  qarshi qanday kurash olib boradi? 
 
Asosiy adabiyotlar 

 
33 
1.  Karimov  I.A.  O’zbekiston  XX1  asr  bo’sag’asida:  xavfsizlikka  tahdid, 
barqarorlik  shartlari  va taraqqiyot kafolatlari.  – T.: O’zbekiston, 1997 
2.Vechkanov  G.S.  ekonomicheskaya  bezopasnost:  Uchebnik  dlya  vuzov.  – 
SPb. Piter 2007.  
3.S.Seybol.  Mejdunarodnыy  terrorizm  i  stranы  TSentralnoy  Azii:  pospeshnыe 
vыvodы // TSentralnaya  Aziya  i Kavkaz. №5, 2008, s.161-168 
4.  Nosenko  V.  Borba  s  mejdunarodnыm  terrorizmom  i  musulmanskiy  mir  // 
Mirovaya  ekonomika  i mejdunarodnыe  otnosheniya. №3, 2007, s. 29 -  36 
5.  Puzыrev  D.  Terrorizm  v  sovremennыx  mejdunarodnыx  otnosheniyax  // 
Mirovaya  ekonomika  i mejdunarodnыe  otnosheniya. №8, 2008, s. 63 -  67 
6.  Abaturov  V.  K  Tashkentskomu  sammitu  SHanxayskoy  organizatsii 
sotrudnichestva. «Ekonomicheskoe obozrenie».  May. 2004. s. 4-9.  
7.  TSentralnaya  Aziya.  SHanxayskaya  ekonomicheskaya  organizatsiya. 
«Ekonomicheskoe obozrenie». Iyun. 2004. s. 23-27.  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
7-mavzu. Iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashda regional tashkilotlarning 
o’rni va roli 

 
34 
Respublika  Prezidenti  I.Karimovning  O’zbekiston  mustaqilligining    16 
yilligiga 
bag’ishlangan  tantanada  so’zlagan  ma’ruzasida  mamlakatimiz  olib 
borayotgan  tashqi  siyosatning  tag-tomirida  hech  kimga  sir  bo’lmagan  bir  maqsad, 
ya’ni O’zbekiston manfaati  turganligi  alohida   ta’kidlab o’tildi
30
.  
Hozirgi 
kunda 
O’zbekiston  Birlashgan  Millatlar  Tashkiloti,  Islom 
Konferensiyasi  tashkiloti,  Yevropada  xavfsizlik  va  hamkorlik  tashkiloti,  SHanxay 
hamkorlik  tashkiloti,  Kollektiv  xavfsizlik  shartnomasi    tashkiloti,  Mustaqil  Davlatlar 
hamdo’stligi  kabi  nufuzli  xalqaro  tashkilotlar  va  qator  ixtisoslashgan  xalqaro 
tuzilmalar  ishida  faol  ishtirok  etib,  mintaqaviy  xavfsizlikni  ta’minlash,  Markaziy 
Osiyoda  yadro  qurolidan  xoli  hudud  barpo  etish,  narkotik  moddalarning  noqonuniy 
aylanishi  bilan  bog’liq,  shuningdek,  xalqaro  hamjamiyat  oldida  turgan  boshqa 
dolzarb muammolarni  hal  etish ishiga  salmoqli  hissa qo’shmoqda
31

Hozirgi  paytda  tashqi  siyosiy  va  iqtisodiy  aloqalarni  rivojlantirishda 
O’zbekiston  o’z  mustaqilligining  dastlabki  yillaridayoq  ishlab  chiqilgan  quyidagi 
asosiy tamoyillarga  amal  qilmoqda: 
birinchidan,  o’zaro  manfaatlarni  har  tomonlama  hisobga  olgan  holda  davlat 
milliy  manfaatlarining  ustunligi; 
ikkinchidan,  teng  huquqlilik  va  o’zaro  manfaatdorlik,  boshqa  davlatlarning 
ichki  ishlariga  aralashmaslik; 
uchinchidan,  mafkuraviy  qarashlardan  qat’iy  nazar  hamkorlik  uchun  ochiqlik, 
umuminsoniy  qadriyatlarga,  tinchlik  va xavfsizlikni  saqlashga sodiqlik; 
to’rtinchidan,  xalqaro  huquq  normalarining  davlat  ichki  normalaridan 
ustuvorligi; 
beshinchidan,  tashqi  aloqalarni  ham  ikki  tomonlama,  ham  ko’p  tomonlama 
kelishuvlar  asosida rivojlantirish”
32

Keyingi  yillarda  dunyo  iqtisodiyoti  va  siyosatida  Osiyoning  roli  juda  tez  o’sib 
bormoqda  va  ekspertlarning  fikricha,  u  bundan    ham  o’sib  boradi.  Markaziy  Osiyo 
faol  geosiyosiy  raqobat  mintaqasiga  aylanib  bormoqda.  Mintaqaning  markazida 
joylashgan  O’zbekiston  Respublikasi  esa  strategik  jihatdan  muhim  hududda 
joylashgan  bo’lib,  u  Markaziy  Osiyo  mamlakatlarining  barchasi  bilan  chegaradosh 
hisoblanadi.  Aytish  mumkinki,  2005-yilda  Markaziy  Osiyo  hududida  sodir  bo’lgan 
(Qirg’iziston,  O’zbekiston)  voqealar  mintaqaning  asosiy  «nerv  tomiri»  O’zbekiston 
orqali  o’tishligini  ko’rsatdi.  SHuning  uchun  ham  ta’kidlash  kerakki,  mintaqada 
joylashgan  barcha  mamlakatlar  u  yoki  bu  darajada  ekstremizm  va  xalqaro  terrorizm 
muammolariga  duch keladilar. 
Bundan  tashhari  Afg’onistonga  aksilterror  koalitsiya  kuchlarining  kirib  kelishi 
natijasida  bu  mamlakatdan  narkotrafik  hajmining  oshganligi  bilan  bog’liq  tahdidning 
kuchayib  borayotganligi  ko’rina  boshladi.  Tojikiston  va  Qirg’izistonning  janubiy 
hududlari  narkotik  moddalar  biznesi  bilan  shug’ullanuvchi  guruhlar  tazyiqi  ostida 
qolmoqda. 
                                                                 
30
 Karimov  I.A. O’zbеkistonning 16  yillik  mustaqil taraqqiyot yo’li.  ГГ Xalq so’zi.  2007  yil 31  avgust 
31
 Shu manba. 
32
 Karimov  I.A. O’zbеkiston  XXI  asr bo’sag’asida: xavfsizlikka  tahdid, barqarorlik  shartlari va taraqqiyot kafolatlari.  – 
T.:  O’zbеkiston, 1997,  296-297 

 
35 
Bundan  tashqari  Markaziy  Osiyo  mintaqasida  AQSH  faolligining  oshib 
borayotganligi  ham  siyosatdonlarning  fikricha,  tahdid  bo’lmagan  taqdirda, 
muammoga  aylanib  bormoqda.  CHunki  Qo’shma  SHtatlar  rejalarida  nafaqat  ushbu 
mintaqaga  harbiy  kuchlarini  joylashtirish,  balki  demokratiya  shiorlari  ostida  mavjud 
rejimlarni  almashtirish  maqsadlari  ham  mavjud.  YUgoslaviya  va  Iroq  tajribasi  shuni 
ko’rsatadiki,  bunday  «demokratlashtirish»  aksariyat  hollarda  mamlakatdagi 
barqarorlikni  buzilishiga  olib keladi. 
Markaziy  Osiyo  mintaqasida  mavjud  bo’lgan  turli  tahdidlar  yangi  xarakterga 
va  shaklga  ega  bo’lib  bormoqda.  Bunday  sharoitda  vujudga  kelayotgan  tahdidlarga, 
ya’ni  terrorizm,  ekstremizm,  separatizm,  qurol  va  narkotik  moddalar  savdosi, 
uyushgan  transmilliy  jinoyatchilikka  qarshi  kuchlarni  birlashtirish  mintaqada  tinchlik 
va barqarorlikni  saqlashning  muhim  sharti bo’lib hisoblanadi.   
Markaziy  Osiyo  mintaqasida  barqarorlikni  mustahkamlash,  ijtimoiy-  iqtisodiy 
muammolarni  hal  etish,  xavfsizlikni  ta’minlash,  terrorizm,  ayirmachilik  va 
ektremizm,  giyohvandlik  moddalarining  noqonuniy  aylanishi  hamda  transmilliy 
uyushgan 
jinoyatchilik 
tahdidlariga 
qarshi 
kurashda 
SHanxay 
Hamkorlik 
Tashkilotiga  a’zo mamlakatlar,  shu jumladan  O’zbekiston muhim  rol o’ynamoqda. 
SHanxay  Hamkorlik  tashkiloti  2001-yilning  14–15-  iyunida  bo’lib  o’tgan 
«SHanxay  beshligi»ning  SHanxay  shahrida  bo’lib  o’tgan  oltinchi  sammitida  tashkil 
etildi.  Bu  unga  yangi  mazmun  baxsh  etdi  va  Xitoy  shahrining  nomini  saqlab  qoldi. 
Tashkilot  tuzilganidan  beri  o’tgan  vaqt  davomida  o’zining  samaradorligini  ko’rsatdi 
va dunyo hamjamiyati  e’tiborini  o’ziga tortdi. 
2002-yilda  Sankt-Peterburgda  tashkilotning  asosiy  ta’sis  hujjati  – Xartiya qabul 
qilindi.  Mintaqaviy  va  xalqaro  xavfsizlikka  tahdid  soluvchi  terrorizm,  ekstremizm, 
ayirmachilik,  narkotrafik  va  qurol-yaroqning  noqonuniy  savdosi  kabi  xatarlarga 
qarshi kurashish  Xartiyaning  eng muhim  masalalari  sifatida  belgilangan.   
2004-yildan  boshlab  Pekinda  SHHTning  Sekretariati,  Toshkentda  esa 
Mintaqaviy  aksilterror  tuzilmasi  doimiy  faoliyatini  boshladi. 
SHHT  hozirga  kelib  o’z  faoliyat  doirasini  kengaytirib  borayotgan  to’laqonli 
xalqaro  tashkilotga  aylandi.  Ushbu  tashkilot  katta  mintaqaning  juda  ko’p 
muammolarini  hal  qila  olish  qobiliyati  bilan  jahon  jamoatchiligining  e’tiborini 
tortmoqda.  2004-yilda  SHHT  Birlashgan  millatlar  tashkilot  Bosh  Assambleyasida 
kuzatuvchi  maqomini  oldi.  2005-yilning  aprel  oyida  SHHT-ASEAN  va  SHHT-MDH 
memorandumlari  imzolandi.  Bularning  barchasi  xalqaro  maydonda  tashkilotning 
faolligi  oshib  borayotganligidan  va  bu  tashkilot  bilan  hamkorlik  qilishga  bo’lgan 
intilishlarning  mavjudligidan  dalolat  beradi. 
2010-yilning  5-aprelida  Toshkentda  O’zbekiston  Respublikasi  tashabbusi  bilan 
SHHT  va BMT kotibiyatlari o’rtasidagi hamkorlikka oid qo’shma bayonot imzolandi. 
Ushbu  hujjatda  Birlashgan  Millatlar  Tashkiloti  Bosh  Assambleyasi  tomonidan  2009-
yil  18-dekabrda  qabul  qilingan  rezolyutsiyada  belgilangan  ikki  tashkilot  o’rtasidagi 
hamkorlikning  asosiy tamoyillari  va yo’nalishlari  aks ettirilgan. 
Markaziy  Osiyo  SHanxay  Hamkorlik  Tashkilotining  asosiy  e’tibor  doirasiga 
kiradi.  Lekin  Markaziy  Osiyodagi  xavfsizlik  nafaqat  SHHT  ishtirokchilari,  balki 
barcha  Osiyo  mamlakatlari  uchun  ham  o’ta  muhimdir.  Tashkilotning    Astona 
shahrida  bo’lib  o’tgan    sammitida  uchta  yirik  mamlakat  –  Hindiston,  Pokiston,  Eron 

 
36 
davlatlarining  vakillarini  kuzatuvchi  sifatida  ishtirok  etganligiga  buning  isboti 
sifatida  qarash  mumkin.  Bunday  holat  SHHT  xalqaro  siyosatning  muhim  markaziga 
aylanib  borayotganligini  ko’rsatadi.  Hozirning  o’zida  kuzatuvchi  mamlakatlar  bilan 
qo’shib  hisoblaganda  SHHT  ulushiga  yer  yuzi  aholisining  yarmi,  ekspertlarning 
fikricha  yana 20 yildan  so’ng dunyo iqtisodiyotining  yarmi  to’g’ri keladi. 
Ishtirokchi  tashkilotlar  o’rtasida  o’zaro  ishonch,  do’stlik  va  qo’shnichilik 
munosabatlarini  mustahkamlash;  ular  o’rtasida  siyosiy,  savdo  va  iqtisodiy,  ilmiy-
texnikaviy,  madaniy,  ta’lim,  energetika,  transport,  ekologik  va  boshqa  sohalarda 
samarali  hamkorlikni  rag’batlantirish;  mintaqada  tinchlik,  xavfsizlik  va  barqarorlikni 
saqlash  va  ta’minlash,  yangi  demokratik,  adolatli  va  oqilona  siyosiy  va  iqtisodiy 
xalqaro  tartibotni  yaratish  bo’yicha  birgalikda  harakatlarni  amalga  oshirish  SHanxay 
hamkorlik  tashkilotining  maqsadlari bo’lib hisoblanadi. 
 
Qisqacha xulosalar 
O’zbekiston  xalqaro  hamjamiyatning  teng  huquqli  a’zosi  sifatida  tashqi 
siyosatini  olib  borishda  respublikaning  manfaatlaridan  kelib  chiqadi.  XXI  asrning 
boshlarida  Markaziy  Osiyo  faol  geosiyosiy  raqobat  mintaqasiga  aylanib  bormoqda. 
O’zbekiston  Respublikasining  mintaqa  markazida  joylashganligi  uning  geostrategik 
jihatdan  o’rnini  belgilaydi.  SHuning  uchun  ham  Markaziy  Osiyo  hududida  sodir 
bo’ladigan  voqealar  u  yoki  bu  darajada  O’zbekistondagi  vaziyatga  ta’sir  ko’rsatishi 
mumkin. 
O’zbekiston  Osiyo  qit’asidagi  eng  nufuzli  tashkilotga  aylangan  SHHTda 
muhim  o’rinni  egallaydi  va  uning  maqsadlarini  amalga  oshirishda,  mintaqada 
tinchlik,  xavfsizlik  va  barqarorlikni  saqlash  va  ta’minlash  borasidagi  faoliyatida    faol 
ishtirok  etadi. 
Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin